1-ma’ruza. Kolloid kimyo zamonaviy kimyoning nazariy asosi reja



Download 15,74 Kb.
bet2/4
Sana03.09.2021
Hajmi15,74 Kb.
#163096
1   2   3   4
Bog'liq
1 MARUZA

Moddaning kolloid holati

Ko`pchilik olimlar kolloid eritmalarni o`rganish natijasida kolloid eritmalar odatdagi xaqiqiy eritmalarga o`xshaydi, lekin ulardan faqat o`z zarrachalari o`lchamining katta bo`lishi bilangina farq qiladi, degan xulosa chiqarishgan.

1861 yilda ingiliz olimi Tomas Grem bunday eritmalarni chuqur o‘rganib ularni kolloidlar deb atagan. Kolloidlar qator xususiyatlarga ega bo‘lgan:

1. Ular intensiv ravishda o‘zidan yorug‘lik tarqatgan, ayniqsa eritma solingan kyuveta bilan unga tushayotgan yorug‘lik o‘rtasiga linza qo‘yib, sistemaga yorug‘lik yo‘nalishiga nisbatan biror burchak bilan kuzatganda sistema ichida yorug‘ konus ko‘rinadi.

Bu xodisani birinchi bo‘lib kuzatgan olim nomi bilan Tindal konusi deb atalgan.

2. Kolloid eritmalar sekinlik bilan diffuziyalangan.

3. Ularni dializ usulida tozalash mumkin, ya’ni eritmani yarim o‘tkazgich parda orqali o‘tkazilganda parda orqali erigan kristall moddalar o‘tib, kolloid zarracha esa o‘tmaydi, parda ichida tozalangan eritma qoladi.

4. Kolloid eritmalar chin eritmalardan farqli o‘laroq, agregativ jixatdan beqarorlik xossalarini namoyon qiladi, ya’ni tashqi ta’sirlar: elektrolit qo‘shish, isitish, sovitish, mexanik chayqatish ta’sirida zarrachalarning yiriklashishi (koagullanish).

5. Ularda elektroforez xodisasini kuzatish mumkin, ya’ni zarrachalar ma’lum zaryadga ega bo‘lganligi uchun eritmaga tashqaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrod tomon xarakat qiladi, manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha manfiy elektrod tomon xarakat qiladi.

Shuni aytib o‘tish lozimki, elektroforez elektroliz xodisasidan farq qiladi, bunda elektroliz maxsulotlari ekvivalent miqdorda elektrodlarda ajraladi.

Kolloid sistemalar na faqat suyuq, eritma xolida bo‘ladi, balki ular gaz va qattiq xolatda ham bo‘ladi. Biz siz bilan xozirda juda ko‘p o‘rganilgan va katta ahamiyatga ega bo‘lgan kolloid eritmalar xaqida tanishamiz.

Gremning ta’limotiga ko‘ra kolloidlar o‘z tabiati jixatidan oddiy (kristalloidlar) moddalardan katta farq qiladi. Lekin Borshchov va Veymarnlar kolloid moddalar kristall xolida ham bo‘lishi mumkinligini isbotlab berdilar va xar qanday modda sharoitga qarab ham kolloid, ham kristalloid xolida bo‘la olishini ko‘rsatib berdilar natriy xlor suvda chin eritma, benzolda esa kolloid eritma xosil qiladi, sovunesa spirtda chin eritma, benzolda kolloid eritma xosil qiladi. Shu sababli kolloid modda emas, balki moddaning kolloid xolati xaqida gapirish to‘g‘riroq bo‘ladi, ya’ni modda juda kichik zarrachalarga qadar maydalangan xolda bo‘lib molekulalarning agregatlaridan tashkil topgan. Kolloid sistemaning dispers fazalari dispersion muhitdan ma’lum sirtlar bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi.

Kolloid kimyoda tekshiriladigan sistemalar professor N.N.Peskov tomonidan ta`riflangan ikki belgi bilan xarakterlanadi. Ulardan biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir.

Demak kolloid kimyo - yuqori disperslikka ega bo‘lgan geterogen sistemalar, bu sistemalardagi sirt xodisalari va ularning fizik-kimyoviy xossalari xaqidagi fandir.

Dispers sistemalar tabiatda juda ko‘p tarqalgan, ular ishlab chiqarishning turli-tuman jarayonlarida keng qo‘llaniladi. Atrof muhitda mavjud materiallar tuproq gilmayo, tabiiy suv, turli tuman oziq ovqat maxsulotlari, rezina, buyoq va boshqalar hammasi dispers sistemalarga misol bo‘la oladi.


Download 15,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish