● loyih’a h’ujjatlari, ishchi chizmalar, ko’rinmas ishlar akti bilan
dastlabki tanishuv;
● obektni ko’zdan kechirish, obektni loyih’aga
mosligini aniqlash, ko’zga
ko’rinadigan nuqsonlarni (yoriqlar, chakka o’tadigan joylar, temirbeton
elementlarida h’imoya qatlami ko’chgan joylar, metal elementlar zanglagan
joylar, elektr payvand, parchin mix yoki bolt bilan birikkan joylar h’olatini)
aniqlash, inshootni tekshiruv rejasini tuzish, emi rmaydigan usullar orqali
kompleks tadqiqotlar o’tkazish;
● inshoot h’olatini tah’lil qilish va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish
chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Loyih’a va ijro xujjatlari bilan tanishish, qabul qilingan konstruktiv
echimlarga bah’o berish, inshootning qiyin sharoitda ishlaydigan elementlarini
belgilash, tasir etayotgan yuklar miqdorini aniq bilish imkonini beradi.
İnshootlarni xushyorlik bilan yaxshilab razm solib ko’zdan kechirish
orqali tekshirilayotgan konstruktsiyaning texnik xolati to’g’risida dastlabki
malumotga ega bo’linadi, konstruktsiya elementlarining eskirganlik darajasi
oydinlashadi, sinovlarni davom ettirish muammosi konkretlashadi. Birinchi
galda bu muammo sinov ishlarida emirmaydigan usullarni, yani sinash
jarayonida konstruktsiyalar va ularning aloh’ida elementlarini buzmasdan
sinaydigan usullarni qo’llashga aloqador. Bunday sinovlar yukning statik va
dinamik tasirlari uchun bajarilishi mumkin. Bunday sinovlar tarkibiga
inshootlarning geometrik parametrlari (bo’yi, eni, balandligi, qalinligi va h’.k.),
materialning mustah’kamlik va strukturaviy xossalari, betonning h’imoya
qatlami
qalinligi,
armaturaning
joylashuvi,
elementlarning
salqilikva
deformatsiyalari, aloh’ida nuqtalarning tezlanishlari va boshqalarni aniqlash
kiradi.
İnshootlarni tekshirishda muh’andislik geodeziyasi usullaridan keng
foydalaniladi. Ular yordamida bino va inshootlarning cho’kishi, siljishi, yoriqlar
va deformatsiya choklarining parametrlari, konstruktsiya elementlarining
egilishlari o’lchanadi. Fotogrammetriya usullaridan foydalanib statik va dinamik
tasirlar natijasida konstruktsiya elementlari nuqtalarida h’osil bo’ladigan
ko’chish va deformatsiyalar aniqlanadi. Keyingi paytlarda lazer intenferentsiyasi
usullari keng rivojlanib bormoqda.
Shu kabi usullar qurilish konstruktsiyalari elementlarini tayyorlash va
qurilish maydonchasida montaj qilish jarayoni sifatlarini nazorat qilishda h’am
qo’llanilinadi.
Qurilish konstruktsiyalari elementlarini tayyorlash jarayonidagi sifat
nazorat
sinovlarida
emirmaydigan
(nerazrushayushiy)
va
emiradigan
(razrushayushiy) uslublardan foydalaniladi. Ammo h’ar bir mah’sulotni
buzulgunga qadar sinash to’g’ri bo’lmaydi, chunki bunda
zavod darvozasidan birorta h’am butun buyum chiqmaydi, garchi
mah’sulotning h’aqiqiy ishi to’g’risida to’liq malumotga ega bo’linsa h’am.
Emirmaydigan usul esa tekshirilayotgan obekt xususida to’liq malumot
berolmaydi, shuning uchun h’am h’ar ikkala usuldan birgalikda foydalaniladi.
Agar malum miqdordagi obektlar ustida emirmaydigan va emiradigan sinovlar
o’tkazib, so’ng natijalar taqqoslansa, ular orasidagi malum bog’lanishni aniqlash
imkoniyati paydo bo’ladi.
Shunday qilib, bino va inshootlar konstruktsiyasini sinash tekshirishning
tarkibiy elementlaridan biri h’isoblanadi, biroq o’zining metodologiyasi,
asboblar butligi va qayta ishlash uslubiyatiga ko’ra eksperimental mexanikaning
mustaqil soh’asi sanaladi. Bu soh’aning maqsadi eksperimental tadqiqotlar
asosida konstruktsion materiallarning xossalari, konstruktsiya elementlarining
h’olati va inshootlarning h’aqiqiy ishi to’g’risida obektiv informatsiya beradigan
usul va vositalarni yaratishdan iborat. Hech qanday h’isob, xattoki h’isoblash
texnikasidan foydalanib bajarilgan aniq h’isob h’am, real sistemalarning
h’aqiqiy h’olati to’g’risida obektiv malumot beraolmaydi.
Qurilish mexanikasi, elastiklik va plastiklik nazariyasi, material qarshiligi
fanlarida ideallashtirilgan h’isoblash sxemalariga asoslangan eng zamonaviy
h’isoblash usullari o’rganiladi. Biroq h’ar bir usulning zaminida tajribaga
asoslangan obektiv informatsiya yotmog’i lozim, ularning h’ech biri
eksperimental sinovlarsiz amaliyotga tavsiya etilmasligi darkor.
Mantiqqa zid joyi shundan iboratki, shakllangan h’isoblash sxemalari
bo’yicha eng zamonaviy EHM larni qo’llagan h’olda bajarilgan h’isoblarda yo’l
qo’yiladigan xatolik 10
-8
dan oshmaydi, ammo h’isobga kiritiladigan yuklar,
mustah’kamlik xarakteristikalari, o’lcham parametrlari kabi dastlabki
informatsiyalardagi noaniqliklar tufayli h’isob natijalaridagi xatolik 10-20% ni
tashkil etishi mumkin. Bu xozirgi zamon h’isoblash nazariyalari usullari rolini
pasaytirmaydi, balki h’isoblash usullarining aniqligi bilan, h’isobda foydalanish
uchun oldindan tayyorlanadigan eksperimental informatsiyalar orasidagi o’zaro
bog’lanishga etibo bermoq zarur ekanligini bildiradi.
Qurilish konstruktsiyalari, binolar va inshootlarni sinash uslublari va
vositalari ko’magida h’al etiladigan uchta asosiy masalani aniq ifodalash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: