1-Maruza Kirish


§10.4.Bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda sifatni uskunaviy



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/152
Sana23.09.2021
Hajmi2,75 Mb.
#182589
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152
Bog'liq
metrologiya standartlashtirish sertifikaciyalashtirish va sifat nazorati

§10.4.Bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda sifatni uskunaviy 
nazorat qilish 
 
Sanoat  va  fuqaro  binolari  va  inshootlarning  tuzilmalari  foydalanishga 
qabul  qilishda  albatta  sifat  nazoratidan  o’tkazilishi  zarur.  Bu  jarayonda  barcha 
qurilish 
jarayonlarining 
bajarilish 
sifati 
buyurtmachi, 
pudratchi, 
moliyalashtiruvchi  va  qurilish  sifati  uchun  masoul  tashkilotlar  vakillari 
ishtirokida  bah’olanadi  va  binoning  foydalanishga  yaroqliligi  to’g’risida 
yakuniy xulosa qabul qilinadi. Bino va inshootlarni foydalanishga topshirishdan 
oldin sifat nazoratidan o’tkazishdan maqsad qurilishning amaldagi meyorlar va 
loyih’a  h’ujjatlariga    qanday  muvofiqlikda  bajarilganligini  tekshirish,  yo’l 
qo’yilgan  nuqson  va  kamchiliklarni  aniqlash,  ularni  bartaraf  etish  choralarini 
belgilash va bajarilishini taminlashdir. 
 
Bunda  bino  zilzilabardoshligini  taminlash  bo’yicha  loyih’a  echimlari  va 
konstruktiv  tadbirlarning  bajarilish  sifatiga  aloh’ida  etibor  berish  zarur.  Agar 
binolar o’ta masouliyatli bo’lsa, sifat nazoratida buzmasdan sinash usullari bilan 
bir  qatorda  statik  va  dinamik  yuklamalar  vositasida  h’am  tekshiruvdan 
o’tkazilishi ko’zda tutiladi. 
Binolarni  foydalanishga  qabul  qilish  ikki  bosqichda  amalga  oshiriladi:  ishchi 
h’ayat tomonidan qabul qilish va davlat h’ayati tomonidan qabul qilish. İshchi 
h’ayat  buyurtmachi  tomonidan  tashkil  etiladi.  Hayat  tarkibiga  buyurtmachi 
vakili  (rais),  bosh  pudratchi  va  subpudratchilar,  kasaba  uyushmalar  kengashi 
texnik  nazorati,  buyurtmachi  kasaba  uyushmasi,  sanitariya  va  yong’in 
xavfsizligi  nazorati  vakillari  kiradi.  İshchi  h’ayat  istiqbolda  davlat  h’ayatiga 
taqdim etiladigan barcha h’ujjatlarni tekshiruvdan o’tkazadi. 
 
Binoni  topshirish  -  qabul  qilish  tadbirlari  barcha  qurilish-montaj  ishlari 
yakunlangandan keyin amalga oshiriladi. İjrochilar barcha qilingan ishlar sifatini 
yana  bir  bor  ko’zdan  kechiradilar  va  yaxlit  inshootni  geodezik  nazoratdan 
o’tkazadilar. Jumladan, rezervuarlar germetikligi, devorlarining mustah’qamligi 
va  zichligi  sinovdan  o’tkaziladi.Mazkur  sinovlar  dasturi  meyoriy  h’ujjatlar  va 
loyih’a talablariga muvofiq belgilanadi. Sinov natijalari esa yopiladigan ishlarni 
qabul qilish dalolatnomalari kabi rasmiylashtiriladi. 
 
Shuningdek,  zilzila  h’avfi  mavjud  tumanlarda  qurilgan  bino  va 
inshootlarni foydalanishga qabul qilishda loyih’ada ko’zda tutilgan antiseysmik 
tadbirlarning  amalga  oshirilish  sifati  aloh’ida    tekshirilishi  kerak.  Jumladan, 
zilzilaga qarshi choklarning bunyod etilish sifati, asosiy yuk ko’taruvchi tuzilma 
va  devorlarning  mustah’kamlik  xususiyatlari,  binodagi  fazoviy  bikrlikni 
taminlovchi bog’lanishlar tizimi amaldagi meyoriy h’ujjatlar va loyih’a asosida 
teshirilish zarur. 


 
İshchi h’ayatga quyidagi h’ujjatlar taqdim etilishi kerak: 
o’rnatilgan  tuzilmalarning  ishchi  chizmalari  (bunda  o’rnatish  jarayonida  yo’l 
qo’yilgan  loyih’adan  chetlanishlar  va  bu  to’g’rida  loyih’a  tashkiloti  bilan 
kelishuvlar aks etgan bo’lishi kerak);  

 
o’rnatilgan po’lat va temirbeton buyumlarning sertifikat yoki pasportlari;  

 
montaj qilishda ishlatilgan ashyolar sifatini tasdiqlovchi h’ujjatlar;  

 
choklarni payvandlash va to’ldirish bo’yicha laboratoriya tah’lili h’ujjatlari;  

 
payvandchilar malakasi to’g’risidagi guvoh’nomalar ro’yxati;  

 
tarx  o’qlarini  o’tkazish  va  tuzilmalarni  o’rnatishda  bajarilgan  geodezik 
o’lchashlar natijalari;  

 
yopilgan ishlar dalolatnomalari;  

 
tuzilmalarda  o’tkazilgan  sinashlar  dalolatnomalari  (agar  bunday  sinovlar 
ko’zda tutilgan bo’lsa); 

 
montaj va payvand ishlari, shuningdek, yuqori mustah’kamlikdagi boltlarni 
o’rnatish va choklarni to’ldirish jurnallari;  

 
machtalar  tortqilari  va  minoralar  h’ovonlarida  o’lchangan  oldindan 
zo’riqtirish qaydnomalari va h’okazolar. 
 
İshchi h’ayat lozim topsa, h’ujjatlar aks ettirilgan malumotlarning amalda 
bajarilgan  ishlarga  muvofiqligini  aniqlaydi;  ko’shimcha  sinashlar  o’tkazadi; 
ayrim yopilgan ishlarning tuzilgan dalolatnomalarga mosligini tekshiradi. İshchi 
h’ayat  tomonidan  aniqlangan  barcha  kamchiliklar  bartaraf  etilgandan  so’ng, 
buyurtmachi  qurib  bitkazilgan  inshootni  davlat  h’ayatiga  topshirishni  tashkil 
etadi. 
 
Davlat  arxitektura  -  qurilish  nazorati  idorasi  barcha  texnik  va  yuridik 
h’ujjatlarning to’liqligi va to’g’riligini tekshiradi, binoni dastlabki tekshiruvdan 
o’tkazadi,  shu  asosda  davlat  qabul  h’ayatini  belgilash  mumkinligi  to’g’risida 
h’ujjat tuzadi. 
 
Bino  va  inshootlarni  foydalanishga  qabul  qilishda  sifatni  uskunaviy 
tekshirish tartibi va h’ajmi binoning turi va o’lchamlariga bog’liqdir. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish