Qayd etish usuli muayyan h’odisalar, buyumlar va h’arakatlarni kuzatish va
miqdorini sanashga asoslangan. Uni buyumlarni sinashda rad qilishlarni qayd
etish, turkumdagi nuqsonli buyumlar miqdorini sanash uchun ishlatadilar.
Hisoblash usuli qo’llanilganda, mah’sulot sifat ko’rsatkichlari va parametrlari
nazariy va empirik ifodalarga asosan h’isoblanadi.
Mazkur usul asosan bo’lajak mah’sulotni loyih’alashda, yani u h’ali
eksperimental tadqiqod obekti bo’lmagan paytda ishlatiladi. Hisoblash usulida
mah’sulotning ayrim sifat ko’rsatkichlari o’rtasida o’zaro bog’lanishlar
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |