§9.3.Sertifikatlashtirish.
Sanoat korxonalari, jumladan qurilish ishlab chiqarishi korxonalarining
turli xil mah’sulotlari muayyan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha belgilangan
talablarga javob berishi, muvofiq kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida
malum standartga yoki boshqa meyoriy xujjatlarga moslikni talab etadi.
Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mah’sulotning
muayyan standartga yoki texnikaviy xujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan
faoliyat tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish
tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi
tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov
laboratoriyalarini akkreditlash soh’alari bo’yicha asosiy atamalar va qoidalar"
qo’llanmasiga kiritilgan.
Muvofiqlik bayonoti deb etkazib beruvchining mah’sulot, jarayon va
xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa meyoriy xujjatga to’la-to’kis
muvofiqlik xaqida butun masuliyatni o’z ustiga olganligini bayon etishiga
aytiladi. Bu atamani so’nggi vaqtlarda "o’z o’zini sertifikatlashtirish"
tushunchasi bilan almashilayotgan h’ollar h’am qayd etilmoqda. O’z-o’zini
sertifikatlashtirish deganda mah’sulot ishlab chiqaruvchi tomon butun
masouliyatni o’zi zimmasiga olgan h’olda sertifikatlashtirishni o’zini o’tkazadi
va mah’sulotning kerakli darajada sifatliligi h’aqida kafolat beradi. Bunday
sertifikatlashtirish faoliyati o’z-o’zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
Muvofiqlikni attestatlash deganda uchunchi tomon tarafidan "sinov
laboratoriyasining bayonoti" tushunilib, malum namuna yoki mah’sulotga
qo’yilgan talablarning belgilangan malum standartlar yoki boshqa meyoriy
xujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishga aytiladi.
Sertifikatlashtirish jarayonida mah’sulot (buyum, mol) yoki xizmat
turining muayyan standartlarga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishi
tasdiqlanadi va mah’sulot sifati h’aqida istemolchini ishontiradigan tegishli
daliliy xujjat - sertifikat beriladi.
İshlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (taminlovchi) yoki istemolchi
tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan sertifikatlashtirish ixtiyoriy
sertifikatlashtirish deyiladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdo, xalqaro iqtisodiy
aloqalar, ilmiy va texnikaviy h’amkorlikni rivojlantirish uchun barcha ishlab
chiqarilayotgan mah’sulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshlik qobiliyatini
oshirish, ularni muntazam ravishda sinovlardan o’tkazish eh’tiyoji ortib
bormoqda. Sinovlarni ko’pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki
tashkilot amalga oshiradi. U ko’riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar
odatda taminlovchining (birinchi tomon) va xaridorning (ikkinchi tomon)
manfaatlarini h’imoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko’radilar.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng manoda mah’sulot yoki jarayonning
texnikaviy meyorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiqligini uchinchi tomon
vositasida o’tkaziladigan h’ar qanday tekshiruvdir. Shuning uchun
sertifikatlashtirishni tekshiruv deb h’isoblab, bosim ostidagi idishlar, portlash
h’avfidan h’imoyalangan qurilmalar, kemalar, suzish vositalari, aviatsiya
vositalari, atom reaktorlari va tog’ texnikasini ishlatishda h’avfsizlikni taminlash
uchun texnikaviy nazorat o’rnatuvchi idoralar tomonidan amalga oshiriladigan
shartli tekshiruvni tushunish kerak.
Sertifikatlashtirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatda faol qatnashuvchi subekt bu
ekspert - auditordir. U odatda sifat tizimlarini, ishlab chiqarish jarayonlari va
mah’sulotlarni sertifikatlashtirish, shuningdek, sinov laboratoriyalarini
akkreditlashda qatnashishi mumkin.
Ekspert - auditor deb, sertifikatlashtirish soh’asida muassasa va
korxonalar faoliyatini bah’olash va nazorat qilish xuquqiga ega bo’lgan
attestatlangan shaxsga aytiladi.
Ekspert-auditor sifatida «O’zdavstandart» tomonidan belgilangan tartibda
attestatlangan tajriba-ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy, o’quv va loyih’alash
muassasalari h’amda belgilangan meyoriy xujjatlar h’amda tajriba-sinov
vositalari bilan ishlashda etarli chuqur bilim va tajribaga ega bo’lgan xususiy
shaxs h’am bo’lishi mumkin.
Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:
-mah’sulotlar, jarayonlar, xizmatlar, sifat tizimlari va ishlab chiqarishni
sertifikatlashtirish;
-sertifikatlashtirilgan mah’sulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini
h’amda sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishning barqarorligini
nazorat qilish;
-sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalari
faoliyatini nazorat qilish;
-sertifikatlashtirish bo’yicha tavsiyalar berish.
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan masoul vazifalari bo’yicha muayyan
h’uquq va majburiyatlarga egadirlar.
Hozirgi davrda 9000 seriyadagi ISO xalqaro standartlarga keng amal
qilinmoqda.
Bu seriyadagi standartlar sifat tizimlarini jah’on miqyosida joriy etishga
mo’ljallangan sifat nazorati va taminoti bo’yicha asosiy standartlar – xalqaro
modellar bo’lib h’isoblanadi h’amda quyidagi yo’nalishlardagi faoliyatni
muvofiqlashtirishga xizmat qiladi:
ISO 9000 - "Sifatni umumiy boshqarish va sifatni taminlash bo’yicha
standartlar. Tanlash va qo’llash bo’yicha raxbariy ko’rsatmalar";
ISO 9001 - "Sifat tizimlari. Loyih’alash, ishlab chiqarish, yig’ish va
foydalanishda sifatni taminlaydigan model";
ISO 9002 - "Sifat tizimlari. İshlab chiqarish va yig’ishda sifatni taminlaydigan
model";
ISO 9003 - "Sifat tizimlari. Kompleks nazorat va sinovlarda sifatni
taminlaydigan model";
ISO 9004 - "Sifatni umumiy boshqarish tizimlarining elementlari. Raxbariy
ko’rsatmalar";
ISO 10011 - "Sifat tizimlarini tekshirish bo’yicha rah’bariy ko’rsatmalar";
ISO 10012 - "O’lchash vositalarining sifatini taminlaydigan talablar".
Do'stlaringiz bilan baham: |