§13.2. Gruntlarda kovak bosimini aniqlash
Gruntdagi to’liq kuchlanish grunt skeleti kuchlanishi, kovaklardagi suyuqlik va
gaz bosimi yig’indisidan tashkil topadi. Bu miqdorlarning qiymati grunt
tarkibida qattiq , suyuq va gazsimon unsurlarning nisbiy ulushiga bog’liq.
Gruntdagi kuchlanish h’olatini bilish uchun kovaklardagi bosimni aniqlash talab
etiladi. Kovak bosimi pezometrlar yordamida o’lchanadi.
13.8 – rasm , a da g’ovak zichlamali 4 pezometr tasvirlangan. Atrofi o’ralgan
quvur 3 ning pastki uchi yog’och qopqoq bilan yopilgan. Quvur atrofi qum bilan
zichlangan 4. Quvurning pastki qismi ℓ uzunlikda perfolangan. Quvurning
yuqori uchida qopqog’i 1 bor va uning atrofi betonlangan. Suv o’tkazmaydigan
zichlamali pezometr (13.8 – rasm, b) h’am yuqoridagiga o’xshaydi, faqat uning
perfolangan qismidan pastki va ustki qismlari malum masofada suv o’tmas grunt
bilan zichlanadi 6.
13.8 – rasm. Pezometr sxemasi.
Filtrdan sizib o’tgan suyuqlik bo’shliqda bosim
uyg’otadi, bu bosimni gidrostatik, pnevmatik
yoki
elektrik
o’zgartirgichlar
yordamida
o’lchash mumkin. Pezometrlar h’am musbat,
h’am manfiy bosimni o’lchashi, tekshirilayotgan
zonada gruntning fizik-mexanik xossalariga
kamroq
tasir
etishi,
kovak
bosimidagi
o’zgarishlarni tez ilg’ashi h’amda barqaror
ko’rsatkichlar berishi lozim. Kovak bosimini
o’lchashda
asosiy
xatoliklar
o’lchash
sxemasining inertsionligi evaziga sodir bo’ladi. Xatolikka olib keladigan ko’p
uchraydigan manba pezometr filtri zonasida yoki quvurda to’planib qoladigan
h’avo puffakchalaridir. Shuning uchun h’avoni yo’q qiladigan maxsus istema
qo’llaniladi. Kovak bosimini o’lchashda sistemadan suyuqlik oqib chiqishiga
h’amda h’aroratning tasir etishiga (ayniqsa qishda) yo’l qo’yilmaslik kerak.
Bundan tashqari, filtrlar toza, filtratsiya koeffitsientlari to’g’ri tanlangan h’amda
pezometrlarning ishchi suyuqliklariga begona unsurlar aralashmagan bo’lishi
lozim.
Laboratoriya va naturaviy distantsion o’lchov ishlarida keyingi paytlarda
elektrik pezometrlar keng qo’llana boshladi (13.9 – rasm). Mazkur asbobning
ishlash printsipi ishchi bo’shliqdagi suvning diafragma 3 ga beradigan bosimiga
asoslanadi. Diafragmaning ko’chishlari bosimga proportsional ravishda induktiv
yoki simli o’zgartirgich 4 va 5 yordamida elektr signallariga aylantiriladi ( 1 –
korpus, 2 – filtr, 6 – izolyatsiya, 7 – sim). Bu asboblar kam inertsiyali bo’lib,
dinamik o’lchovlar olib borish imkonini beradi.
13.9 – rasm. Elektr simli pezometr.
Do'stlaringiz bilan baham: |