o’lchash malumotlari bo’yicha topiladi.
O’lchashlar o’z navbatida absolyut
va nisbiy o’lchashlarga bo’linadi. Bitta yoki bir necha asosiy kattaliklarni fizik
konstantalar qiymatlaridan foydaanib yoki foydalanmasdan bevosita o’lchash
absolyut o’lchash deb ataladi. Masalan, shtangentsirkul yordamida bajarilgan
o’lchashlar absolyut o’lchashdir, chunki unda o’lchanayotgan kattalik qiymati
bevosita olinadi. Biror kattalikning shu ismli birlik rolini o’ynayotgan
kattalikka nisbatini o’lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik deb qabul
qilingan kattalik bo’yicha o’lchash nisbiy o’lchash deb ataladi. Massani
tortish
usuli bilan, yani massaga proportsional bo’lgan og’irlik kuchidan foydalanish
usuli bilan o’lchash nisbiy o’lchashdir.
O’lchashlarda qo’llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga
ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositasi deyiladi.
O’lchash printsipini va vositasini belgilab beradigan ususllar majmui
o’lchash usuli deyiladi.
O’lchashlarda: - bevosita (to’g’ridan-to’g’ri)
baxolash;
-
differentsial baxolash;
-
o’lchov bilan taqqoslash
-
nol (kompensatsion)
usullar keng qo’llaniladi.
Bevosita baxolash ususli o’lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita
o’lchash asbobning h’isoblash qurilmasi bo’yicha bevosita topish imkonini
beradi.
Masalan, bosimni prujinali manometr bilan, massani tsiferblatli tarozida, tok
kuchini ampermetr bilan o’lchash va h’akazo.
Differentsial usul (ayirmali usul) o’lchanayotgan va
malum kattaliklarning
ayirmasini o’lchashni xarakterlaydi.
Masalan, gaz aralashmasi tarkibini h’avoning issiqlik o’tkazuvchanligiga
taqqoslash yo’li bilan issiqlik o’tkazuvchanlik bo’yicha o’lchash.
G’oyatda aniq o’lchashlarda o’lchov bilan taqqoslash usuli qo’llaniladi.
Bunda o’lchanayotgan kattalik o’lchov yordamida topilgan kattaliklar
bilan taqqoslanadi.
Masalan, o’zgarmas tok kuchlanishni e.yu.k normal element e.yu.k iga teng
bo’lgan taqqoslash kompensatorida o’lchash yoki massani pishangli tarozilarda
muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o’lchash.
Nol (kompensatsion) usul o’lchanayotgan kattalikni qiymati malum
bo’lgan kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma malum
kattalikni o’zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Poientsiometrlar,
muvozanatlashtirilgan ko’priklar va boshqalar nol usulga asoslangan asboblarga
misol bo’la oladi. Nol usuli o’lchashning yuqori aniqligini taminlaydi.
2.2. O’lchash vositalari, ularning elementlari va parametrlari.
O’lchash vositalari o’lchash jarayonida qo’llaniladi va talab darajasidagi
metrologik xossalarga ega bo’lishi lozim.
O’lchash vositalariga o’lchovlar, o’lchash asboblari, o’lchash
o’zgartkichlari va o’lchash qurilmalari kiradi.
O’lchov - berilgan o’lchamdagi biror fizik kattalikni qayta o’lchash
uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi. Masalan, qadoqtosh – massa o’lchovi.
O’lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar h’am kiradi.
Standart namuna – modda va materialning xossalarini yoki tarkibini
xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o’lchov. Masalan,
tarkibidagi ximiyaviy elementlari ko’rsatilgan ferromagnit materiallar
xossalarining standart namunasi.
Namuna modda – tasdiqlangan spetsifikatsiyada ko’rsatilgan tayyorlash
shartlari asosida tiklanadigan malum xossalarga ega bo’lgan moddadan iborat
o’lchov. Masalan, “toza” gazlar, “toza”
metallar, “toza” suv.
Kuzatuvchi idrok qilish uchun qulay shakldagi o’lchov informatsiyasi
signalini ishlab chiqishga xizmat qilinadigan o’lchov vositasi o’lchov asbobi
deyiladi.
O’lchashga doir axborotni uzatish, o’zgartirish, ishlov berish va saqlash
uchun qulay bo’lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilish mumkin
bo’lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladigan
o’lchov vositasi o’lchash o’zgartkichi deb yuritiladi. İnson o’zining sezgi
organlari bilan o’lchash o’zgartkichi signallarini qabul kila olmaydi.
O’zgartiriladigan fizik kattalik kirish kattaligi, uning o’zgartirilgani esa chiqish
kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi kattaliklarni orasidagi
bog’lanishni o’zgartkich funktsiyasi qaror toptiradi. O’lchash o’zgartkichlari
o’lchov asboblarining, turli o’lchov sistemalarining, biror jarayonlarni avtomatik
nazorat qilish yoki boshqarish sistemalarining tarkibiy qismi h’isoblanadi.
o’lchanayotgan kattalik keltirilgan o’lchash o’zgartkichi birlamchi o’zgartkich
deyiladi. Birlamchi o’lchash o’zgartkichlari, ko’pincha datchik deb yuritiladi.
Uning bevosita o’lchanayotgan kattalik tasiridagi qismi sezuvchi element
deyiladi.
Ko’rsatuvchi analog o’lchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va
strelkali ko’rsatkichdan tuzilgan sonli qiymatlar ko’rsatilgan belgilar shkalaning
sonli belgilari deyiladi.
Shkalaning ikki qo’shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning bo’linmasi
deyiladi.
Shkalaning ikki qo’shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi
shkala bo’linmasining qiymati deyiladi. o’zgarmas bo’linmali va o’zgarmas
qiymatli shkala tekis shkala deyiladi.
O’lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlanadigan h’amda
o’lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari
o’lchov asbobining ko’rsatishlari deyiladi. o’lchanayotgan kattalikning shkalada
ko’rsatilgan eng kichik qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning oxirgi qiymati
deyiladi.
Shkalaning uning boshlang’ich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan
qiymatlari oralig’i ko’rsatuv diapozoni deyiladi. o’lchanayotgan kattalikning
o’lchov vositalari uchun yo’l qo’yiladigan xatoliklar normalangan qiymatlari
soh’asi o’lchov asbobi o’lchov diapazoni deyiladi.
Texnik asboblarda, odatda, o’lchov diapazoni bilan ko’rsatuvlar diapazoni
mos keladi. O’lchov diapazonining eng kichik va eng katta qiymatlari o’lchov
chegaralari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: