1-ma’ruza. Kirish. Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari. Reja (2-soat)


Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi



Download 232,86 Kb.
bet8/8
Sana28.12.2020
Hajmi232,86 Kb.
#53773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-маъруза

3.Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Har bir buyumda uning sifatini kо‘rsatadigan о‘ziga xos xususiyatlari bо‘ladi. Masalan, avtomobil uchun tezlik, yonilg‘i sarflash, yuk kо‘tarish va boshqalar, gazlama uchun pishiqlik, g‘ijimlanmaslik va hokazolar ana shunday xususiyatlardir. Chidamlilik, mustahkamlik, qulaylik va chiroylilik hamma buyumlar uchun umumiy sifat belgilaridir.

Mahsulot sifatini nazorat qilish ishlab chikarishning har qanday tarmog‘idagi texnologik jarayonning eng muhim va majburiy qismidir.

Ishlab chiqarish mahsulot sifatini nazorat qilishning majmuaviy tizimi joriy etilgan. Bu tizim dastlabki materiallarni tekshirishda, kirish nazoratidan boshlanadi. Ana shu bosqichda materiallar va yarim fabrikatlarning texnologik hujjatlarda ifodalangan texnik talablarga muvofiqligi aniqlanadi.

Mahsulot sifatini nazorat qilishning majmuaviy tizimi asbob – uskunalar, moslamalar, uskunalarning texnologik mustahkamligini tekshirishni ham о‘z ichiga oladi. Texnologik va nazorat–sinov asbob–anjomlari, uskunalar vaqti–vaqti bilan, belgilangan grafik asosida tekshiriladi, ta’mirlanadi va eskirganlari almashtiriladi.

Agar texnologik jarayonlar, buyumlar sifatini nazorat qilish amalga oshirilmasa, sifatli materiallar ham, ishonchli texnika ham mahsulotning sifatli bо‘lishini ta’minlay olmaydi.

Nazorat qilishning asosiy tarkibiy qismi buyumning turli parametrlarini о‘lchashdir. Hozirgi zamon ishlab chiqarishni о‘lchashlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Masalan, aviatsiya dvigatelini tayyorlashda 100000 dan ortiq texnologik operatsiyalar bajariladi va ularni deyarli yarmi о‘lchashlar bilan bog‘liqdir.

Odatda, buyum parametrlarini о‘lchash texnologik jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Korxonada yangi mahsulotni chiqarishda texnologlar uni qanday usul va asbob – uskunalar bilan tayyorlash haqidagina emas, balki tayyorlanayotgan buyumning asosiy parametrlarini nazorat qilish haqida ham jiddiy о‘ylaydilar. О‘lchash detallarni tayyorlash va buyumlarni yig‘ish jarayonini muntazam nazorat qilishni ta’minlaydi. Bunday nazorat alohida detallar va umuman buyumning texnologik hujjatlarda ifodalangan barcha о‘lchamlarini, talab qilingan xarakteristikalarini, fizik va mexanik xossalarini saqlash uchun nihoyatda zarurdir.

Detallarni tayyorlash jarayonida kо‘proq geometrik о‘lchamlar, yuzalarning notekisligi, qattiqligi, shaklining buzilishi, о‘zaro joylashuvi, materialning sifati, xossalari va boshqa parametrlarini nazorat qilinadi. Tayyor buyumlarning davlat standartlarida, chizmalarda va texnik sharoitlarda ifodalangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

Texnologik jihatdan brak mahsulotga yо‘l qо‘ymaydigan nazorat sistemasiga faqatgina о‘lchashlar emas, balki taqqoslash, defektoskopiya va sinash metodlari ham kiradi. Taqqoslashda tekshirilayotgan buyum bilan namuna etalonining parametrlari kо‘rish yoki optik vositalar yordamida qiyoslanadi. Defektoskopiya kо‘z ilg‘amas yoriqlarni, buyum detallari ichidagi g‘ovaklarni, ekspluatatsiya vaqtida avariyalarga sabab bо‘ladigan nuqsonlarni aniqlash imkonini beradi. Buning uchun nazoratning ultratovushli, rentgenli va boshqa moslamalari qо‘llanadi.

О‘lchash, taqqoslash va defektoskopiya metodlari detallarni buzmaydi, shuning uchun ularni zararsiz metodlar deyiladi. Lekin, ba’zan buyum detallarining mexanik va fizik parametrlarini aniqlash, ularning ekspluatatsion xossalarini baholash uchun sinalayotgan namunani buzishga tо‘g‘ri keladi. Nazoratning bunday metodi zararli hisoblanadi. Namunaga mexanik ta’sir kо‘rsatiladi yoki uni ekspluatatsiya sharoitida tekshiriladi. Mahsulotning tajriba namunalari albatta sinaladi.

Buyumlar va detallarning parametrlarini nazorat qilishda turli nazorat о‘lchash vositalari: о‘lchash asboblari va priborlardan foydalaniladi. Sizlar ayrim о‘lchash instrumentlari (lineyka, shtangensirkul, mikrometr va hokazolar) bilan maktab ustaxonalaridayoq tanishgansiz. Kо‘plab mahsulot tayyorlanadigan ishlab chiqarishda maxsus nazorat - о‘lchov instrumentlari ham qо‘llaniladi.

Hozirgi ishlab chiqarishdagi buyumlar sifatini nazorat qilish sistemasida elektron – hisoblash texnikasi keng qо‘llanmoqda. Shuning uchun о‘lchashlarda tegishli natijalarga erishish tezlashdi va о‘lchashlardagi xatolar kamaydi. Avtomatik hamda yarimavtomatik nazorat sistemalari vujudga kelib, ular о‘lchash uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirmoqda va nazoratchining subyektiv baholashini bartaraf qilmoqda.

Yuqorida kо‘rib chiqilgan nazorat-о‘lchashning majmuaviy tizimi mahsulotning sifatli bо‘lishini ta’minlashga qaratilgan. Fan – texnika taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida mahsulot sifatini oshirish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Sifatning pastligi, brak – kishilar mehnatiga hurmatsizlik bilan munosabatda bо‘lish va moddiy resurslarni isrof qilishdir.

Zamonaviy korxonalarda (birlashmalarda) davlat qabulining joriy etilgani buyumlar sifatiga qо‘yiladigan talablarning oshirilishini taqozo qildi. Davlat qabuli organlari faqat tayyor buyumlar sifatini tekshirish bilan cheklanmay, butun ishlab chiqarish jarayonini – xom ashyolar, materiallar va zagotovkalarni tashishdan boshlab tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berishgacha nazorat qilmoqda. Davlat qabuli vakillari har qanday texnologik operatsiyaning tо‘g‘ri bajarilishini, barcha texnologik asbob – usukunalar, jihozlar va nazorat - о‘lchov vositalarining sozligi hamda ishonchililigini tekshirishlari, qandaydir texnik sharoitlarga yoki davlat standarti talablariga rioya qilinmayotgan bо‘lsa, mahsulotning chiqarilishini tо‘xtatishlari mumkin. Mahsulotning davlat qabulini amalga oshiruvchi xodimlar korxonadagi texnika nazorati bо‘limi vakili bilan birga brakning sababini tahlil qiladilar, uni bartaraf etishga yordamlashadilar, hamkorlikda ishlab sifatli buyum va materiallar olinishiga erishadilar.



Mustahkamlash ushun savollar

  • Marshrut va operatsiya kartalarining vazifasi nimalardan iborat?

  • Marshrut kartalarining operatsiya kartalaridan farqi nima?

  • Maxsulotni sanoat kо‘lamida о‘zlashtirish qanday amalga oshadi?

  • Ishlab chiqarishni qisman va tо‘la avtomatlashtirish nimani anglatadi? Aniq misollarga tayanib qо‘shimcha materiallarni model holatiga keltirib izohlang.

  • Avtomatlashtirilgan omborning ishi qanday tashkil etilgan?

Download 232,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish