1-ma'ruza. Kirish. Oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi о‘tmishda, hozir va kelajakda


Oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi hozirgi vaqtda



Download 13,3 Kb.
bet4/5
Sana20.04.2022
Hajmi13,3 Kb.
#566926
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 ma\'ruza Kirish Oziq ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

Oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi hozirgi vaqtda. Hozirgi kunda respublikamizda mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, biologik ilmiy tekshirish institutlar tarkibida mikrobiologiya laboratoriyalari faoliyat kо‘rsatmoqdalar. Ana shu institutlar va laboratoriyalarda tuproq mikroblarining tarqalishi turi, miqdori, oziqlanishi va boshqa xususiyatlarini о‘rganish bilan bir qatorda qishloq xо‘jaligiga zarur bо‘lgan turli moddalarni, preparatlarni ishlab chiqarish ham amalga oshirilmoqda. Mikroorganizmlar olami haqidagi tushunchalar tubdan о‘zgarib, tibbiyot va qishloq xо‘jaligida ishlatiladigan turli xil antibiotiklar, vitaminlar, fiziologik aktiv moddalar, aminokislotalar, stimulyatorlar, ozuqa oqsillari olish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Endilikda vazifa tuproq biotexnologiyasini rivojlantirish. Tuproq mikroblari yashashi, rivojlanishi, kо‘payishi uchun zarur sharoitlarni yoritadigan agrotexnik tadbirlarni samarali amalga oshirishdir. Ana shu biz atrof-muhit ifloslanishini ham, о‘simliklarda yuqori va sifatli hosil olishni ham rо‘yobga chiqara olamiz.
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi kelajakda. Bizga ma’lumki, xamirturushdan vitaminlar, aminokislotalar, ayniqsa, tanqis aminokislotalarni sof holda ajratib olish va ishlatish hozirgi mikrobiologiyaning eng katta yutuqlaridan biridir. Yoki oqsil izolyatlari olish texnologiyasi avvalo xamirturush hujayrasining qobig‘i maxsus qurilma yoki ferment preparatlari orqali buziladi yoki parchalanadi, hujayradan ajralgan oqsil esa tozalanib quyuqlashtiriladi va quritiladi.
Bir tonna xamirturushdan suvda oson eriydigan, rangsiz va hidsiz bо‘lgan 250 kg izolyat olinadi. Uning tarkibida 80% oqsil, 5% uglevod, 2% dan kо‘p bо‘lmagan nuklein kislotalari va 3% lipid bо‘lishi kerak. Bunday izolyatdan bug‘doy, un, non va non mahsulotlari, shuningdek, tarli kolbasa va oziq-ovqat konsentratlari (shо‘rva, bо‘tqa va boshqa) oqsil bilan boyitilib hamda ikra, gо‘sht, baliq, sutga о‘xshash sun’iy oziqalar tayyorlashda foydalanish mumkin. bunday mahsulotlar tarkibi, turi, hidi va boshqa xususiyatlarini faqat ma’lum guruhdagi sog‘lom odamlar uchun emas, balki muayyan kasalliklardan azob tortayotgan, qat’iy parhezga muhtoj bо‘lgan kishilarning alohida talablariga tо‘g‘rilib moslashtirish mumkin.
Dastlabki hisoblashlarning kо‘rsatishicha, 1 t achitqidan olingan oqsil izolyati 1 t suyaksiz oliy navli mol gо‘shtiga yoki 2,9 t tirik vazndagi qoramol gо‘shtiga ekvivalent bо‘lar ekan. Biologik qimmatiga kо‘ra bir xil bu mahsulot gо‘shtga nisbatan ancha arzon va ehtimol qо‘llanish istiqbollariga ega.
Gen muhandisligi yutuqlaridan о‘rinli va oqilona foydalanish mikrobiolog va biotexnologlargabir hujayradan boshqa hujayraga kerakli genlarni kо‘chirib о‘tkazish usullari orqali aminokislotalar, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqa fiziologik faol moddalarni kerakli miqdorda sintez qila oladigan, xossalari avvaldan belgilangan mikroorganizmlar turlarini yaratish imkonini beradi. Biomassani kerakli moslashtirish, masalan, muayyan yoshdagi gо‘dak bola yoki
emizikli ona, dehqon, paxtakor, chorvador, metallurg, shaxtyor, fazogir yoki askarlar uchun yanada foydali va qulay qilib tayyorlash mumkin bо‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasining rivojlanishi faqat kо‘p tonnali qimmatli oziqa ishlab chiqarishni emas, balki turli xildagi fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Mikrobiologiya sanoati imkoniyatlari beqiyosdir. Ularning yana bir tarmog‘i о‘simlik qoldiqlaridan (shox-shabba, g‘о‘zapoya, makkajо‘xori poyasi, somon va h.k.) shakar va uning о‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdir.

Download 13,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish