2. Agregatlik printsipi
Mashina uzellarini alohida yigiluvchi, sozlanuvchi, obkatka kilinuvchi, sinaluvchi tugatilgan xolatda mashinaga urnatiluvchi qilib avtonom agregat ko’rinishida loyihalash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday ketma-ketlikda agregatlash mashina uzellarini parallel xolatda yig’ishga imkon berib, montaj ishlarini sodda-lashtiradi, tajriba nusxalarni etiltirishni tezlashtiradi va ishlatish davrida sinovdan utgan detallarni yangi mashinalarda qo’llashda engillik yaratidai. Bundan tashqari agregatlash tamirlash ishlarini engillatib ishdan chikkan uzellarni yangisiga almashtirish ishlarini soddalashtirib, engillatadi.
Agregatlash bazi xolatda konstruktsiyani murakkablashtiradi, ammo natijada har doimo mashinani tayyorlash umumiy narxida, ishonchliligida va ishlatish qulayliligida katta yutuk keltiradi.
31 a-rasmda mashinani etaklovchi vali bilan boglangan chervyakli reduktor tasviri keltirilgan. CHervyakli g’ildirak vali turli korpuslarda joylashgan tayanchlarga montaj qilingan, Bunda mexaniq ishlov berish vaqtida tayanchlar ukdoshligini ta’minlash kiyin. Ularni yig’ish juda noqulaydir, ya’ni dastlab oldindan chervyakli g’ildirakni asosiy valga urnatib olib reduktor korpusiga utkaziladi, shundan sung chervyakli g’ildirak tishlariga burab kiritilib mongtaj kilinadi. Ilashmani tekshirish va yaervyakli g’ildirakni uk buylama xolatini sozlash kiyinchilik tugdiradi.
31 b-rasmdagi agregatlangan konstruktsiyada chervyakli g’ildirak vali biri korpusda, ikkinchisi esa korpus kopkogida joylashgan ikki tayanchda urnatilgan. Ikkala tayanchlarga ham kerakli ukdoshlikni taminlagan xolda birgalikda mexaniq ishlov berish mumkin. Valni uchi esa hlitsali perexodnik 1 bilan boglangan. Reduk-torni yig’ish jarayoni ancha engillagan.
Dastgox staninasiga montaj qilingan tishli uzatmada (31 v-rasm) agregatlanmagan konstruktsiyalar kamchiligidan tashqari yana korpus tayanchiga oralik valni kiritishda kiyinchiliklar kiradi, staninadan korpus olinganida ikkala tayanchdan ayrilgan uzatma sochilib ketadi. Tishli g’ildiraklar ilashmasi to’g’riligini hamda val va tayanchlarni urnatishni iloji yuk.
31-rasm Tishli uzatmani agregatlash.
Agregatlangan konstruktsiyalarda tishli g’ildiraklar tayanchi diafragma 2 dan montaj qilingan (31 g-rasm) yoki kronshteynda (31 d-rasm), oxirgi konstruktsiya mexanizmni yig’ish qulayligini va ko’rinishini taminlaydi. 31 e,j-rasmda staninaga urnatiladigan agregatlangan tishli uzatmaga misol keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |