1-Ma`ruza. Kirish. Hayotiy faoliyat havfsizligini ta’minlash asoslari. Reja



Download 37,75 Kb.
bet3/13
Sana27.01.2023
Hajmi37,75 Kb.
#903732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
LEK uzb 1 (1)

Texnosfera - o`tmishda biosferaga taalluqli bo’lgan keyinchalik insonlarning o`zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta`sir etgan hududdir.
Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qo`rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb ataluvchi odamlar bilan ham uzluksiz aloqada buladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan aloqasi
tug’ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish, o`zining ma`naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o`zaro ta`sirda buladi. YA`ni inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz ta`sir etsa, o`z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo’lgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan doimiy ta`sir etadi. YUqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: 1. zamonaviy inson uni o`rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya`ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o`zaro ta`sirda buladi; 2. XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o`zgartirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir; 3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o`zgartirish hisobiga amalga oshmoqda.
Mehnat muhofazasi - ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi qonunlar sistemasi hamda ularga muvofiq keladigan sosial-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigienik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalari.
Mehnat muhofazasi bo`yicha korxonalar va muassasalardagi asosiy qonunchilik aktlari O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, Fuqarolik Kodeksi va Mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi qonunlari hisoblanadi.
O`zbekiston Ruspublikasining 1993-yil 6-maydan kuchga kiritilgan Mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi Qonuni ishchilar va ish beruvchilar o`rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishni huquqiy asoslarini belgilaydi.
O`zbekistonda birinchi marta ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlariga kirishayotgan jismoniy shaxslar mehnatini muhofazasi muammolarini aniq echimiga bog’liq har xil savollar qonunchilik darajasida ko`rilmoqda. Bu qonunlar ish bajaruvchilarga ham ular bilan mehnat munosabatlarida bo`ladigan ishlovchilarga ham, hamda ta`lim muassasalarini, ishlab chiqarish amaliyotlarini o`tayotgan o`quvchi va talabalarga ham bir xilda ta`sirga egadir. Ish beruvchi ishlovchilarni mehnat muhofazasi talablari bilan tanishtirishi va har bir ish joyida mehnat muhofazasi talablariga mos keladigan sharoitni yaratishi, ish joylarini mehnat sharoiti bo`yicha attestatsiyadan o`tkazishga burchlidir.
Ish beruvchi ishlovchi bilan mehnat shartnomasini tuzishda ishchini o`z hisobidan tibbiy ko`rikdan o`tkazishi lozimligi qonunda belgilangan. Ish beruvchi ishchilarni faoliyati davomida ham quyidagi hollarda tibbiy ko`rikdan o`tkazish ishlarini tashkil etishi shart: 18 yoshga to`lmaganlarni; 60 yoshga to`lgan erkaklar, 55 yoshga to`lgan ayollarni; nogironlarni; mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog’liq ishlarda band bo`lganlarni; oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq bo`lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo`lganlarni; umumta`lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bolalarga ta`lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo`lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Tibbiy ko`riklardan o`tishdan bo`yin tovlashga xodim haqli emas. Tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo`yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo`ymaslikka haqlidir.
Agar ishchining sog’ligi ish sharoitining salbiy ta`sirida yomonlashgan bo`lsa u navbatdan tashqari tibbiy ko`rikdan o`tkazishni talab qilishga haqli.
Tibbiy ko`riklardan o`tkazish qayd etilgan hollarda korxona (ish beruvchi) mablag’i hisobiga amalga oshiriladi.

Download 37,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish