Hisoblashga misol. IP-telefoniya (VoIP) trafigi, bir necha trafik turlaridan tashkil topgan:
IP-telefoniya protokolining RTP nutqli trafigi;
H.248, MGCP, SIP, H.323, ISUP, TCAP protokollarini quvvatlovchi
signal trafigi;
CDR billing-trafigi;
NMS (Network Management System) trafigi.
IP-telefoniyaning bitta abonenti uchun, nutqli trafik polosasini aniqlaymiz. IP-telefoniyada nutqni paketlarga o‘zgartirish uchun har xil ko‘rinishdagi kodeklar ishlatiladi. UfTTda ITU tomonidan standartlashtirilgan kodeklarning bitta turi G.711 ishlatiladi. G.711 kodekchiqishidagi maksimal tezlik 64 Kbit/s ga teng. Solishtirish uchun G.729, G.723 kodeklarni tanlaymiz. G.729 kodek chiqishida maksimal tezlik 8 Kbit/s ga teng. G.723 kodek chiqishida maksimal tezlik 6.3 Kbit/s ga teng.
Bitta abonentga talab qilinayotgan polosa (Kbit/s da) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
RTP –protokoli sarlavxasi 58 baytni tashkil etadi.U quyidagilardan tashkil topgan: MAC sarlavxasi –18 bayt, IP protokoli sarlavxasi –20 bayt, UDP sarlavxasi -8 bayt, RTP sarlavxasi -12 bayt.
RTP protokoli (RTCP protokoli) uchun boshqarish axboroti RTP oqimi o‘lchamidan 5% ni tashkil etadi.
G.711, G.729, G.723. kodeklari uchun kadr davomiyligigabog‘liq holda bitta IP paketdagi nutqli axborot o‘lchamlarini aniqlaymiz vabitta abonent uchun nutqli trafik polosasinihisoblaymiz. Bitta abonentga talab qilinayotgan polosa (Kbit/s da) (7.1)formula bo‘yicha hisoblanadi.
IAD108-DSLAM uchastkada kanal kengligini aniqlash
IAD108-DSLAM uchastkada abonentlarni ulash uchun kanal kengligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Hisoblash uchun quyidagilarga yo‘l qo‘yiladi:
nutqli trafik, ma’lumotlar trafigi (Internet) ustidan ustinlikka ega;
TA kompaniyada o‘rnatilgan. Ish vaqtida ulardagi yuklanish xonadon sektori yuklanishidan juda ham katta;
Internet -trafigini uzatish, uzun oraliq vaqtni egallaydi, shuning uchun bir vaqtda barcha abonentlar gaplashyapti deb hisoblaymiz. Ovozli abonentlardan (TA) chaqiruv yo‘q vaqtda, yuklanishni Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar hosil qiladi;
ADSL texnologiyasi kompyuterlarni abonentdan tarmoqqa 768 Kbit/s, tarmoqdan abonentga 8 Mbit/s tezliklar bilan, asimmetrik ulashni ta’minlashga yo‘l bersada, tarmoq xizmatlari uchun eng optimal nisbati bilan ADSL portiga kirish tezligi 128 Kbit/s ni tashkil qiladi.
Kodek ishlatilganda IAD ning ovozli trafik polosasi har xil bo‘lishi mumkin va kadr davomiyligiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |