6.3. Nazorat savollar
Istiqbolli telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish xususiyatlari nimadan iborat?
Telekommunikatsiyatarmoqlaridagi zamonaviy uskunaga qanday talablar qo‘yiladi?
Kirish tarmog‘ida axborat uzatishni paketli usulini ishlatishning afzalligi nimada?
Paketli kommutatsiya bilan kirish tarmoqlarida qanday uskuna qo‘llaniladi?
Telefon va paketli tarmoq abonentlarini o‘zarohamkorlik tamoyili nimadan iborat?
Qanday maqsadlarda MSAN ni qo‘llash mumkin?
An’anaviy ATSlardan MSANning farqi nimada?
MSAN asosidagi tarmoq qanday tuziladi?
MSAN va mini-MSAN qurilmalari nimasi bilan farqlanadi?
6.4. Adabiyotlar ro‘yxati
Р.Н. Раджапова. Кейинги авлоднинг конвергент тармоқлари: ўқув қўлланма. - ТАТУ, 2016.
ToniJanevski. NGNArchitectures, protocols and services. , First Edition.
John Wiley & Sons, Ltd. Published 2014 by John Wiley & Sons, Ltd. 2014.
А.В. Росляков, С.В. Ваняшин, М.Ю. Самсонов. И.В. Шибаева, И.А. Чечнёва С28. Сети следующего поколения NGN /под ред. А.В. Рослякова. - М.: Эко-Трендз, 2008.
Бакланов И.Г. NGN: принципы построения и организации/под.ред. Ю.Н. Чернышова.- М.: Эко-Трендз, 2008.
6.5. Nazariy ma’lumotlar
MSAN uskunasi bazasida kirish tarmog‘ining rivojlanishi (FTTC). Huawei firmasining MSAN uskunasi bazasida kirish tarmog‘ini tashkil qilish sxemasini ko‘ramiz, u 6.1 – rasmda keltirilgan.
6.1 - rasm. MSAN uskunasi bazasida kirish tarmog‘ini
tashkil qilish sxemasi
Ushbu sxemaning texnik xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
abonentgacha qisqa masofa – past chastotali telefoniyani yuqori sifatliligi;
tezlik ADSL2+ 10-15 Mbit/s;
SHDSL, VDSL2, FE bo‘yicha keng polosali ulanishni (KPK) boshqarish imkoniyati;
FTTC sinf echimi. GPON, FTTB ga migratsiya imkoniyati.
Bu sxema yordamida Internetga va Triple-Play xizmatlariga yuqori tezlikli ulanishni taqdim etish imkoniyati bor. NGN taqdim etadigan hamma qo‘shimcha xizmatlarni quvvatlash. Korporativ mijozlar uchun MSAN dan FE, E1, ISDN BRI PR interfeyslarini taqdim etish imkoniyati.
Moliyaviy ko‘rsatgichlar nuqtai nazaridan, KPKni tadbiq etishning o‘rta qiymatliligini va magistral mis kabel yo‘qligi tufayli vositalarni tejashni belgilash kerak. Yuqori tezlik va xizmatlar sifati yangi foyda olish imkoniyatini beradi.
MSAN texnologiyasi OPEX kamaytirishni va ovozli xizmatlarga mo‘ljallangan, operator uchun Triple-Playni ishga tushirishni optimal usuli hisoblanadi.
6.2 - rasm. mini-MSAN uskunasi bazasida kirish tarmog‘ini rivojlanishi (FTTB-xDSL)
Do'stlaringiz bilan baham: |