mini-MSAN uskuna bazasida kirish tarmog‘ini rivojlantirish (FTTB-X.DSL). mini-MSAN uskunasi bazasida kirish tarmog‘i echimi, ko‘proq ilgari surilgan echim hisoblanadi, unda FTTB-xDSL texnologiyalar kombinatsiyasi ishlatiladi (6.2 – rasmga qarang).
Texnik tavsiflari:
abonentgacha qisqa masofa – past chastotali telefoniyani yuqori sifatligi;
80-100M bit/s tezlikli VDSL2 ni ishlatish maqsadga muvofiq;
GPON, FTTBga migratsiya imkoniyati.
Taqdim etiladigan xizmatlar:
Multi-Play;
NGN taqdim etadigan barcha qo‘shimcha xizmatlarni quvvatlash;
korporativ mijozlar uchun MSANdan FE, E1, ISDN BRI PR
interfeyslarini taqdim etish imkoniyati;
Lekin moliyaviy nuqtai nazaridan belgilash kerak:
KPK tadbiq etishning dastlabki qiymatini yuqoriligi;
magistral mis kabel yo‘qligi tufayli vostalarning tejalishi;
Ultra Broadband va Multi play bozori uchun mutloq xizmatlar –
Maksimal foyda.
Texnologiya investitsiyalarini maksimal himoyalash bilan IP xizmatlarining to‘liq spektriga mo‘ljallangan bo‘lib, operatorning taqsimlangan tarmog‘i qurish uchun ishlatiladi.
MSAN ning vazifasi. MSAN –bu tarmoqli kirish va xizmatlarni taqdim etishni ta’minlash uchun, integratsiya qilingan maxsulotdir. MSANda interfeyslarni tanlash imkoniyati mavjud, optik-tolali interfeys, VDSL2, ADSL2+, SHDSL interfeyslar, mobil va statsionar aloqa WiMAX interfeyslar. MSAN taqdim etadigan xizmatlarga quyidagilar kiradi:
ovozli xizmatlar;
ma’lumotlar uzatish xizmatlari;
multimediali xizmatlar;
Centrex;
xavfsizlik xizmatlari va boshqalar.
Bozorda taklif qilinayotgan uskunani ikki sinfga bo‘lish mumkin:
katta sig‘im uchun echim (bir necha ming abonentlargacha) Alcatel, Siemens, NTS «Protey», Huawei, ADC (Teledata Networks) (Isroil), Iskratel, Samsung, Lucent (AQSH) firmalar tomonidan taqdim etiladi;
kichik sig‘im uchun echim (bir necha o‘nlik abonentlargacha) Audio Codes (Isroil), Boscom (Isroil), NTS «Protey» firmalar tomonidan taqdim etiladi.
6.3 – rasmda Huawei kompaniyasi ishlab chiqan HONET xizmatlarini integratsiyasi bilan kirish tarmog‘ining umumiy tuzilmasi berilgan.
6.3 - rasm. HONET xizmatlarini integratsiyasi bilan kirish tarmog‘ining umumiy tuzilmasi
6.4 - rasmda MSAN ishlatish bilan tarmoqni qurish varianti keltirilgan.
HONET – bu optik keng polosali tamoq, uni ba’zi bir texnologiyalar ishlatadilar:
«keng/torpolosali platforma»;
«resurslar bo‘yicha bir necha shinalarni taqsimlash»;
«tarmoqni halqali qurish VP Ring».
6.4 - rasm. MSAN orqali tarmoqni qurish varianti
- rasm. MSAN ONU-F01D1000 ning tashqi ko‘rinishi
HONET optik kirish tarmog‘ining (OLT+ONU) namunaviy ikki satxli tuzilmasiga ega. OLT –optik liniya terminali (tugalanishi), stansiyada joylashgan, u protokollarga ishlov berishni, transportirovkani va axborot oqimlari xizmatlarni taqsimlashni bajaradi. ONU–optik tarmoq bloki kirish tarmog‘i tomonida joylashgan va abonentlarga tarmoqqa kirishni taqdim etish uchun xizmat qiladi. OLT va ONU optik uzatish tizimi orqali ulanadilar va OLT ONU ni boshqaradi. OLTbir necha ONU larga kirishga ega bo‘lishi mumkin.
ONU-F01D1000 ichki va tashqi liniyalar orasidagi o‘xshashlik koeffitsienti 1:1,5 gacha, maksimum 1200 ichki liniyalar bo‘lgan o‘rta sig‘imli va yuqori zichlikli integralli kirish uskunasi, xonadan tashqarida o‘rnatilgan stativdan (6.5 – rasmga qara) iborat.
6.6- rasm. MSAN tizim arxitekturasi
ONU-F01D1000 integralli tor polosali va keng polosali xizmatlarni taqdim etishi mumkin, 1650 mm (balandlik) x 1900 mm (kenglik) x 550 mm (ichkarilik) o‘lchamlarga ega. 6.6 – rasmda MSAN ONU-F01D1000 tashqi ko‘rinishi ko‘rsatilgan, 6.7 - rasmda MSAN ONU-F01D1000 tizimi arxitekturasi keltirilgan.
Konteyner ichiga quyidagilar joylashtirilgan: manba uskunasi (momaqaldiroqdan himoya qurilmasi, manba tizimi, akkumulyator batareyasi); xizmatlar polkasi, uzatish uskunasi; MDF; optik kross ODF; raqamli kross DDF; termomoslashtiruvchi uskuna (konditsioner yoki issiq almashtirgich).
MSAN ONU-F01D1000 quvvatlovchi interfeyslar – UfTT (POTS) interfeysi, ISDN bazaviy kirish(2B+D); ISDN birlamchi kirish (30B+D); E1; ADSL, SHDSL (TDM/ATM), VDSL, IMA E1, E3.
ONU-F01D1000 gibridli uzatish bloki bilan jixozlanadi, u tarmoq qurilishining bir necha usullarini quvvatlovchi–«zanjir»,«daraxt», «yulduz», «halqa» va «shoxobchali halqa», «teguvchi» va «kesib o‘tuvchi halqalar». MSAN xohlagan stansiya bilan V5 standart interfeysi bo‘yicha, yoki xususiy protokol yoki V5 protokoli vositalari orqali optik liniya terminal (OLT) bilan bog‘lanishi, chiqib ketayotgan VP Ring, STM-1 ATM va IMA E1 interfeyslari orqali keng polosali magistral ATM tarmoqqa ulanishi, chiqib ketayotgan Gigabit Ethernet/Fast Ethernet interfeyslar bo‘yicha keng polosali magistral IP tarmoqqa ulanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |