IXKTRning afzalliklari quyidagilardir:
-raqamli abonent liniyalaridan (RAL) foydalanishning universalligi, ya’ni bitta liniyalar bo‘yicha xam telefon so‘zlashishilar va ma’lumotlar uzatishni amalga oshirish mumkinligi;
-xizmatlarni moslashtirish, teletekst, teleks yoki telefaksni mos qurilma bilan ulanishini tashkil etish imkoniyati (signalizatsiya kanali bo‘yicha nafaqat port adresi uzatilishi sababli, shuningdek, ko‘rsatilgan portga ulangan, qurilmalardan birontasiga ulanish uchun, oxirlanma nuqtaning identifikatorining qo‘shimcha adres axborotlarini uzatilishi);
-signalizatsiya umumiy kanalidan foydalanish xisobiga ulanish o‘rnatilish vaqtining qisqarishi va unda paket ko‘rinishida o‘zaro bog‘lanish va boshqarish signallarini (liniya bandligi, nomer terish, javob, ulanishni uzish va boshqalar) uzatish imkoniyati;
-qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish, jumladan, chaqirayotgan abonentni nomeri yoki ismi bo‘yicha identifikatsiyalash, adresni o‘zgartirish va chaqiriqni uzatish, gaplashish vaqtida yangi chaqiriqni tushganligi xaqida xabar qilish, kirish chaqiriqlarini blokirovkalash, gaplashishga ulanish va boshqalar.
11.2-rasm. “Foydalanuvchi - tarmoq” stek konfiguratsiyalarining variantlari.
Tarmoqda aloqa xizmatlari foydalanuvchiga faqat elektraloqaning ayrim xizmatlari yordamida taqdim etiladi. Elektraloqa xizmatlari – bu aloqa tarmog‘i (yoki tarmoqlar jamlanmasi) bazasidagi tashkiliy-texnik strukturadir, ular elektraloqa xizmatining ayrim to‘plamiga talablarini qondirish maqsadida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydilar.
ITU-T tavsiyalariga asosan elektraloqaning ikki turini ajratishadi.
uzatish xizmati (yoki ko‘chirish xizmati);
telexizmatlar (aloqani taqdim etuvchi xizmatlar).
Uzatish xizmati – abonent oxirlanma qurilmalari bilan tarmoq stiklari orasida faqat signallarni uzatishni ta’minlaydigan elektraloqa xizmati, masalan, ma’lumotlarni uzatish xizmati (11.3)-rasm).
11.3-rasm. Uzatish xizmatlari
Telexizmat – foydalanuvchilar orasida aloqaning aniqlangan turining barcha imkoniyatlarini (terminallar funksiyalarini xam xisobga olgan xolda) amalga oshirilishini ta’minlovchi elektraloqa xizmatidir (11.4-rasm). Telexizmat ko‘chirish xizmati (telefon tarmog‘i, teleks tarmog‘i va boshqalar) va terminallar bazasida tashkil etiladi. Telematn, telefaks, byurofaks va boshqa xizmatlar telexizmatga misol bo‘la oladi.
Telexizmat protokollari mos xizmatlar oxirlanma qurilmalarini moslashishini ta’minlaydi, xususan, uzatilishi lozim bo‘lgan foydali axborotni kodlash (belgilar to‘plami) va formatlashga nisbatan ta’minlaydi.
Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanishining etalon modeli asosida bajarilgan xizmatlar klassifikatsiyasiga qo‘shimcha qilib, ITU-T klassifikatsiyani yanada kengaytirdi, unda uzatish tezligi 64 kbit/s gacha IXKRT xizmatlari va istiqbolli yuqori tezlikdagi xizmatlar qamrab olindi.
3.4-rasm. Telexizmatlar
Interaktiv xizmatlar quyidagi xizmatlar sinfini o‘z ichiga oladi: dialog xizmatlari, jamg‘arishli xizmatlar, so‘rov bo‘yicha xizmatlar. Interaktiv xizmatlar va tarmoqlangan ishlash rejimli xizmatlar ham telexizmatlar, ham uzatish xizmatlari bo‘lishlari mumkin.
11.3-jadvalda IXKRTda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim xizmatlar keltirilgan, shu bilan birga, xizmatlar quyidagi sxema bo‘yicha klassifikatsiyalangan: V-kanallar bo‘yicha, D-kanal bo‘yicha tashkil qilinuvchi xizmatlar va telefon tarmog‘ining mavjud bo‘lgan xizmatlari.
IXKRTda mumkin bo‘lgan xizmatlar
11.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |