1-Ma’ruza. Kirish. Ekologiya fani, uning maqsadi va vazifalari. Ekologik omillar va qonuniyatlar. Biosfera reja



Download 25,01 Kb.
bet2/2
Sana13.12.2022
Hajmi25,01 Kb.
#884955
1   2
Bog'liq
1-maruza

Ekologiyaning rivojlanish tarixi
Qadimgi odamlardan qolgan g’orlar, qoyalardagi turli rasmlarga qaraganda sanoat ekologiyasi juda ham qadimiy fanlardan hisoblanadi. O’sha davrda yashagan har bir kishi ochlikdan, sovuq va issiqdan saqlanish uchun o’zini o’rab turgan muhitning holatidan xabardor bo’lib, kerakli o’simliklarning urug’ini, mevasini terish, hayvonlarni tutish bilan bir qatorda unga xavf to’g’diradigan dushmanlar, tabiiy ofatlardan qochish, bekinish yo’llarini bilgan. Tabiat kuchini, uning qonunlarini o’rganib shu qonunlarga moslashib yashagan.
Qadimgi insonlar olov, o’q-yoy, tosh kabi qurollardan foydalanish, o’zlari yashab turgan joylarni o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lgandan keyin ularda madaniyatning dastlabki elementlari paydo bo’la boshlaydi. Shunday qilib, turli o’simliklar, hayvonlar va ularning ko’payishi, rivojlanishi, qushlarning tuxum qo’yishi, jonzotlarga muhit omillarining ta’siri haqida insonlarda yillar va asrlar davomida ma’lumotlar to’plana bordi.
Qadimgi Yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlaridagi 500 ta o’simlik turi va hayvonlarning 454 ta turi haqidagi ma’lumotlar ekologik xarakterga ega bo’lgan. Masalan, Aristotel o’zining ilmiy asarlarida 500 dan ortiq turli hayvonlar, qushlar, baliqlarning hayoti, tarqalishi, bir yerdan ikkinchi Yerga ko’chishi haqida ma’lumot beradi. Galen, Teofrast kabilar ham turli jonivorlarning hayot, tabiatga moslashishi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar.
XX-asr boshlarida ekologiya fani tez sur’atlar bilan rivojlandi. Avval o’simlik va hayvonlar ekologiyasi ayrim-ayrim o’rganilsa, keyinchalik ular birgalikda bir uyushma sifatida o’rganildi. Ch.Adams (1913), V. Shelfordlar (1913) tomonidan hayvonlar sanoat ekologiyasisiga oid qo’llanmalar yaratildi. S.A. Zernov (1913-1920) suv hayvonlarining gidrobiologiyasini o’rgandi, ekologiyaning rivojlanishida D.N.Kashkarovning « Muhit va organizmlar uyushmasi» (1933), «Hayvonlar ekologiyasining asoslari» (1938), Ovropa olimlaridan Ch.Elton, D.Xatchinson, A.Geksli, G.Odum, Yu.Odum, R.Margallef, M.Bigon kabilarning asarlari muhim rol uynaydi.
Hozirgi davrda ekologiya fani oldida turgan amaliy vazifalar quyidagilardan iborat:

  1. Ilmiy asoslangan sog’lom muhitda hozirgi va kelajak avlodlar sog’lig’ini ta’minlash;

  2. Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bilan bir qatorda chiqindilarsiz texnologiyalarni ishlab chiqish;

  3. Sun’iy qishloq xo’jaligi ekosistemalarining doimiy va yuqori darajada hosildor ishlashini ta’minlash;

  4. Aholining turli tabaqalariga ekologik ta’lim-tarbiya berish yo’li bilan tabiat muhofazasini amalga oshirish;

Ekologiya fanining butun faoliyati, yutuqlari, yo’nalishlari, nazariy asoslari yuqorida ta’kidlangan muammolarni hal qilishga qaratilgan. Hozirgi kunda xalq xo’jaligining turli jabhalarida «Sanoat ekologiyasi», «kimyoviy ekologiya», «biokimyoviy ekologiya», «ijtimoiy ekologiya», «odam ekologiyasi» kabi yo’nalishlar rivojlanmoqda. Ekologiyaning bunday yo’nalishlari shuni ko’rsatadiki, ko’pgina fanlar yangi-yangi masalalarni, yangi usul, ekologik fikrlash yo’li bilan hal qilishga kirishmoqda. Tabiatdagi oddiylikdan turli murakkab muammolarni, ular o’rtasidagi bog’liqliklarni yoritish davomida olgan bilimlar asosida muhitning ertangi kunidagi holatini oldindan ayta bilishga o’rgatmoqda.
Mukammal ekologik bilimga ega bo’lgandagina tabiat muhofazasi mohiyatini va bu ish bir davlat yoki millatning ishi ekanligini tushunishi mumkin.
Ekologiya fani biologiyaning eng yosh, lekin juda ham tez rivojlanayotgan tarmog’i bo’lib, tabiatda uchraydigan tirik organizmlarning bir-birlari va ular yashayotgan muhit bilan bo’layotgan munosabatlarini o’rganadi. Ekologiya tirik organizmlarning rivojlanishi, ko’payishi, tarqalishi, o’zgarishi hamda ular hosil qiladigan murakkab ekologik birliklar qonunlarini o’rganadigan fanga aylandi.
Fan-texnika taraqqiyoti jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishiga olib keladi. Salbiy kuchlar ta’sirida tabiatning holati o’zgarib turishi mumkin. Buning natijasida tabiiy voqyelikni o’rganadigan ekologiya fani turli biologik va nobiologik fanlar bilan tabiiy ravishda bog’lana boshlaydi.
Еkologiya o’simlik va hayvonlarning turli joylarga moslanishi, fasllar bo’yicha o’zgarishi va ayniqsa, ularning turli tabiiy mintaqalarga xosligini aniqlashda jug’rofiya fani bilan qadimdan bog’liqdir.
Organizmlarni o’rganish jarayonida ularga muhitning tabiiy omillari ta’sirini aniqlashda va muhitga organizmlarning nobiologik fanlarga, ya’ni iqlimshunoslik, landshaftshunoslik, metrologiya, geomorfologiya, tuproqshunoslik kabi fanlarga ko’payishi, iqlim yerlarining tuzilishi, tuproqlarning tabiy va kimyoviy holatlari bilan bog’liqdir.
Tabiatda bo’ladigan fizik jarayonlarning atrof-muhitga ko’rsatadigan zararli ta’sirini kamaytirish tirik organizmlarning sog’ligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tiborga olgan holda «Fizikaviy ekologiya» yo’nalishi ham fan sifatida kiritildi.
Shunday qilib, ekologiya tirik organizmlarning eng maydasi-mikro organizmlardan tortib to insongacha, hattoki insonning yashash sharoitini, uning tabiatga va tabiiy holatlarning insonga qiladigan salbiy va ijobiy ta’sirini o’rganadi. Ekologiya atrof-muhit holatini o’rganishning nazariy asoslarini yoritadi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Ekologiya fani, predmeti, bo‘limlari?

  2. O‘zbekiston ekologik muammolari?

  3. Tirik organizmlar xilma-xilligi, okean va quruqlik biomassa­lari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  4. Atrof muhitni muhofaza qilishing xuquqiy asoslari deganda nimani tushunasiz?

Download 25,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish