1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


tom; 3 – oldingi qanotlar; 4 – asos



Download 5,29 Mb.
bet24/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

tom; 3 – oldingi qanotlar; 4 – asos

2-rasm. Yuk avtomobili kabinasining yig’ma birliklari: 1 – yonlari;
2 – oldingi qism; 3 – asos; 4 – orqa qism; 5 - tom
osma yig’ma birliklar (eshiklar, yukxona qopqog’i, kapot va b.) ulanadiki, ushbu birikmalar katta hajmdagi yig’ish va payvandlash ishlarini talab qiladi.
Kuzovni yig’ish-payvandlash jarayonlarini yengillashtirish uchun va uni ishlab chiqarish siklining minimal davomiylikka ega bo’lishini, yig’ma birliklarni yig’ish va payvandlash parallelligini ta’minlash uchun, shuningdek, kuzovlar va kabinalarni bo’laklashning optimal variantini tanlashda ushbu jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun quyidagi shart-sharoitlar hisobga olinishi lozim:

  1. detallar va yig’ma birliklar soni minimal bo’lishi kerak;

  2. yig’ma birliklar payvandlash mashinalari qurilmalarini yetkazish uchun ochiq va qulay bo’lishi kerak;

  3. kontaktli nuqtali payvandlash hajmi maksimal, yoyli va gazli payvandlash hajmi minimal bo’lishi kerak;

  4. yig’ma birliklarni yig’ish va payvandlash uchun butun texnologik zanjir bo’yicha bazalar yagonaligi saqlanishi kerak;

  5. kuzovlarni, yig’ma birliklarni yakuniy payvandlashda geometrik o’lchamlar buzilmasligi kerak.

Kuzovni bo’laklashning tanlangan varianti to’g’riligini tekshirish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash davrida yig’ma birliklar modellari tayyorlanadi va ulardan kuzov yig’iladi.
Kuzov modeli bo’yicha tanlangan bo’laklash sxemasini tahlil qilish bilan, yig’ma birlikka kiruvchi, shtamplangan detallar sonining minimalligi to’g’ri tanlanganiga ishonch hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, payvandlash qurilmalarining normal yetkazilishini ta’minlash maqsadida, payvand birikmalar tiplari va ularni kuzov konstruksiyasida joylashtirishning to’g’ri tanlanganini tasdiqlash mumkin.
  1. Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonining tarkibi


Odatda, yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalardan tarkib topadi.

  1. Shtamplashdan keyingi detallarni tayyorlash, payvandlash sirtlarini iflosliklardan, moylash qoldiqlari va boshqalardan tozalashdan iborat bo’ladi. Tozalash uchun ishqalash, yuvish va boshqalardan foydalaniladi. Yuvishni maxsus jihoz – yuvish-quritish agregatlarini qo’llash bilan amalga oshiradilar. Payvandlash uchun tayyorlangan sirtlar sifati razm solish bilan tekshiriladi. Payvandlash uchun tayyorlangan detallarni omborlarda, changdan to’silgan holda saqlash tavsiya qilinadi.

  2. Yig’ish-payvandlash moslamalarida detallar va yig’ma birliklarni qayd qilish va mahkamlash yig’iladigan mahsulotlar aniqligini ta’minlash uchun muhim hisoblanadi. Payvandlashda nomurakkab detallarni qayd qilish yig’ishpayvandlash moslamalarisiz, payvandlash mashinasining bevosita o’zida amalga oshiriladi. Bu operatsiya uchun yig’ish-payvandlash moslamasi yoki

payvandlash jihozi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

  1. Prixvatka qilish, yig’ilayotgan mahsulotni payvandlash hajmi katta bo’lganida bitta yig’ish-payvandlash moslamasida bajariladigan mehnat sarfini kamaytirish uchun qo’llaniladi.

  2. Yakuniy payvandlash chizmadagi texnik talablarga muvofiq tarzda aniq parametrlar bilan xarakterlanadi (payvand nuqtalar soni, qadami, payvand chok uzunligi va b.) va yig’ish-payvandlash uchun qo’llaniladigan payvandlash mashinasi, asboblari va qurilmalariga muvofiqlashtiriladi.

  3. Yig’ilgan yig’ma birlikni bo’shatish va yechib olish.

  4. Payvandlash sifati va yig’ma birliklar geometrik parametrlarini nazorat qilish texnik hujjatlashtirishda ko’rsatilgan usulga muvofiq amalga oshiriladi. Yig’ma birliklar geometrik parametrlarini nazorat qilish uchun zarurat bo’lganida nazorat moslamasi tayyorlanadi.

Yig’ish payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqish uchun boshlang’ich ma’lumotlar quyidagilardir: barcha texnik talablar, shu jumladan yig’ish aniqligiga talablar ko’rsatilgan yig’ma birlik chizmasi; mahsulotni ishlab chiqarish dasturi; jihozlarni joylashtirish uchun mavjud sharoitlar.
Yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi.

  1. Ishlab chiqarish turiga bog’liq holda yig’ma birlik haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni tahlil qilish, uning konstruksiyasi va kuzovdagi xizmat vazifasi bilan tanishish, chizmalarni va biriktirish usullarini analoglarda o’rganish.

  2. Yig’ma birlikni tayyorlash usulini, ya’ni, payvandlash turi va usulini tanlash. Tanlash bir tipli yig’ma birliklarni yig’ishning zamonaviy uslublarini va payvandlashning ilg’or usullarini o’rganish asosida amalga oshiriladi. Payvandlash usuli yig’ma birlikning konstruktiv o’ziga xosligi, shuningdek, payvandlanadigan detallar qalinligini hisobga olgan holda belgilanadi.

  3. Yig’ma birliklar yig’ish ketma-ketligini va qo’llaniladigan texnologik jihozlash vositalarini dastlabki aniqlash.

  4. Har bir yig’iladigan detallarni qayd qilish uchun texnologik bazalarni belgilash. Geometrik parametrlari bo’yicha aniq va stabil yig’ma birliklarni olishda bazalar yagonaligi prinsipiga, ya’ni, detallarni tayyorlashda tanlangan bazalarni yig’ma birliklar uchun ham qo’llanishga erishish muhimdir.

  5. Analoglarni tahlil qilish asosida tipaviy texnologik jarayonlarni to’plash.

  6. Payvandlashni bajarish, o’lchamlarni tekshirish imkonini ta’minlash va yig’ishning istalgan bosqichida yo’l qo’yilgan og’ishlarni to’g’rilash uchun eng yaxshi shart-sharoitni hosil qiluvchi yig’ish-payvandlash operatsiyalari ketmaketligini tanlash. Yig’ish-payvandlash operatsiyalari ketma-ketligini ishlab chiqishda detallarni aylantirishning minimal sonini tanlashga, birikmalarni payvandlashning eng qulay sharoitlarda bo’lishiga va payvandlashdan hosil bo’luvchi deformatsiyalarni kamaytirishga intilish lozim.

  7. Turli tipdagi jihozlarni tahlil qilish.

  8. Payvandlash ma’romlarini hisoblash.

  9. Texnologik jarayonni me’yorlash.

  10. Zamonaviy jihozlar, qurilmalar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish

vositalarini tanlash.

  1. Bevosita texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish. Har bir texnologik operatsiya uchun jihoz tanlanadi. Payvandlash usulidan va payvandlanadigan detallar qalinligidan kelib chiqib, to’plam jadvallari bo’yicha payvandlash ma’romlari tanlanadi va ularning parametrlari hisoblanadi. Payvandlash jihozi uchun mos qurilma va asbob tanlanadi. Shuningdek, bu bosqichda yig’ilayotgan mahsulotni yig’ish-payvandlash uchun moslamalarning prinsipial sxemalari ishlab chiqiladi. Yig’ish-payvandlashning har bir texnologik operatsiyasi uchun, yig’ish ketma-ketligini xarakterlovchi eskiz chiziladi.

Ishlab chiqilgan texnologik jarayon har bir operatsiya uchun qat’iy ketmaketlikda texnologik kartalarga yoziladi. Kuzovlar va kabinalarni tayyorlashda texnologik jarayonni ishlab chiqish har bir yig’ma birlik uchun olib boriladi.

  1. Download 5,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish