1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Kontaktli payvandlash turlari uchun konstruktiv parametrlar



Download 5,29 Mb.
bet21/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

5. Kontaktli payvandlash turlari uchun konstruktiv parametrlar
Nuqtali payvandlash uchun payvand birikmalarning quyidagi konstruktiv parametrlari ahamiyatga ega bo’ladi:

  1. payvandlanadigan detallar qalinligi;

  2. payvandlash nuqtasining diametri;

  3. nuqtali chokning minimal qadami;

  4. nuqtali payvandlash qatorlari o’qlari orasidagi minimal masofa;

  5. mingashtirish kengligi;

  6. mahsulot chekkasidan payvand nuqta markazigacha bo’lgan masofa.

Payvand konstruksiyalarni loyihalashda nuqta yadrosining diametri, ularning miqdori va kuzovdagi holati, mingashish kengligi tanlanishi lozim. Bu kattaliklar qiymatlari to’plam (spravochnik) jadvallaridan tanlanadi, ular payvandlanadigan mahsulot materiali va qalinligiga bog’liq bo’ladi. Payvand birikmalar chizmalarida quyidagi parametrlar ko’rsatiladi: nuqta yadrosining minimal diametri, qadami, qo’shni nuqtalar qatorlari o’qlararo masofasi. Ushbu kattaliklar yig’ma birlikning konstruktiv va texnologik o’ziga xosligidan kelib chiqib tanlanadi.
Relyefli payvandlash (4, b-rasmga q.) – kontaktli payvandlashning bir turi bo’lib, bunda issiqlik va qo’yilgan kuch relyefga yo’naltiriladi, chunki tok relyef orqali o’tkaziladi. Relyefli payvandlashni amalga oshirish uchun payvandlanadigan detallarning birida relyef (chiqiq) shtamplangan bo’lishi zarur. Relyefli payvandlash yuqori unumdorlikka ega, chunki uni birdaniga bir nechta relyeflarda bajarish mumkin.
Relyefli payvandlash, ularni tayyorlash usuli va shakliga ko’ra, shuningdek, birikish shakliga ko’ra tasniflanadi. Sovuq shtamplab olingan, turli shakllardagi relyefli, po’lat listlardan tayyorlangan mingashish birikmalarini relyefli payvandlash eng keng tarqalgan usuldir. Odatda, eng yuqori bikrlikni ta’minlovchi doiraviy relyef qo’llaniladi, bu hol isitishdagi payvandlash zo’riqishlarini qabul qilish uchun muhim sanaladi. Nuqta yadrosining qizishi va davomiy shakllanishi bunday birikmada periferiyadan markazga tomon bir tekis kechadi. Bunday relyeflar uchun asbob tayyorlash va ta’mirlab tiklash osondir.
Payvandlash maydonini orttirish uchun, doiraviy relyeflar sonini orttirishning iloji bo’lmaganida, cho’zinchoq shakldagi relyeflar qo’llaniladi. Ba’zi hollarda po’lat listlardan tayyorlangan shtampovkalarni biriktirishda yuqori mustahkamlik va germetiklikni ta’minlovchi xalqasimon relyeflar qo’llaniladi.
Relyefli payvandlash, shuningdek, sovuq hajmiy shtamplash usuli bilan olingan, kuzov detallariga mahkamlash mahsulotlari (vintlar, gaykalar va b.) ni biriktirish uchun qo’llaniladi. Bu holda relyeflar mahkamlash mahsulotlarida, ularni tayyorlash vaqtida shakllantiriladi.
Relyefli payvandlashning konstruktiv elementlariga nuqta yadrosining diametri va relyeflar orasidagi minimal qadam kiradi. Relyeflar nuqtali payvandlashdagiga qaraganda, kichikroq qadam bilan va payvandlanadigan detal qirrasiga yaqinroq joylashtirilishi mumkin. Amaliyotda relyeflar optimal o’lchamlari va shakllari to’plam jadvallaridan tanlanadi va ular uchun mos payvandlash ma’romlari ham tavsiya qilinadi. Relyeflar o’lchamlari va shakli payvandlanadigan metal qalinligi, uning markasi va joylashuv o’rniga bog’liq bo’ladi. Ko’proq doiraviy shakldagi relyef qo’llaniladi. Relyefli payvandlash mustahkamligini ko’rsatuvchi asosiy parametr bo’lib, yadro diametri xizmat qiladi, u esa relyef diametri va balandligiga bog’liq bo’ladi.
Chokli payvandlash (4, v-rasm) – kontaktli payvandlash turi bo’lib, bu holda payvandlash joyida nuqtali payvandlar bir-birini qisman qoplaydigan qilib bajariladi va germetik birikma olishga imkon beradi. Detallarni siqish va tokni uzatish aylanuvchi roliklar (disklar) ko’rinishidagi elektrodlar orqali amalga oshiriladi. Chokli payvandlash tokni yetkazish usuliga, roliklar va birdaniga payvandlanuvchi choklar soniga ko’ra farqlanadi.
Ko’rib chiqilgan kontaktli payvandlash turlarida (nuqtali, relyefli va chokli) payvand birikmalarni hosil qilish sharoiti o’xshash bo’ladi va to’rtta bosqichdan tashkil topadi.
Birinchi bosqichda (tayyorlash) payvandlanadigan sirtlar siqilishi sodir bo’ladi. Sirtlar tutashuvga kiradi, payvandlash joylaridagi mikronotekisliklar deformatsiyalanadi va oksidli plenkalar qisman buziladi. Kontakt qarshiligi pasayadi va stabillashadi.
Ikkinchi bosqich payvandlash tokining berilishi bilan boshlanadi va tutashuv sohasida metallning eriy boshlashi (yadroning hosil bo’la boshlashi) bilan tugallanadi. Bu bosqich davomida metall qiziydi va tutashuv joyi kengayadi. Metallning qizib borishi bilan plastik deformatsiyalar rivojlanadi, buning natijasida metall tirqishga suriladi va yadroni mustahkamlovchi belbog’cha hosil bo’ladi.
Uchinchi bosqich erigan sohaning paydo bo’lishi va uning quyma yadro diametrigacha kattalashishi bilan boshlanadi. Bu bosqichda oksidli plenkalar maydalanadi va yadroning erigan metaliga aralashib ketadi. Bu jarayonning yuzaga kelishiga elektrodinamik kuchlar sabab bo’ladi va buning oqibatida erigan metallning jadal aralashuviga va yadro tarkibidagi metallarning bir jinsli bo’lishiga erishiladi. Bunday aralashuvda oksidli plenkalarning erimaydigan zarrachalari va iflosliklar erigan metall periferiyasida to’planadi.
To’rtinchi bosqich payvandlash tokini o’chirish bilan boshlanadi. Bu bosqich davomida elektrodlarning saqlangan siqish kuchi ta’sirida payvandlash zonasining sovushi va kristallanishi sodir bo’ladi; bunda siqish kuchlarini saqlab turish metallning cho’kishi bilan bog’liq nuqsonlar oldini olishni nazarda tutadi. Sovutish paytida siqish kuchini orttirish materiallarda yoriqlar hosil bo’lishini bartaraf qiladi.
Payvandlash zonasidagi termomexanik jarayonlar natijasida yo’ldosh jarayonlar kuzatiladi: qoldiq kuchlanishlar va deformatsiyalar paydo bo’ladi, chok zonasi atrofida strukturaviy o’zgarishlar sodir bo’ladi, qizish va sovishda metall hajmi o’zgaradi, elektrod-detal va b. tutashuvida metallar oksidlanadi va o’zaro ta’sirlashadi.
Nuqtali, relyefli va chokli payvandlash ma’romlarining asosiy parametrlariga payvandlash toki kuchi , elektrodlarning siqish kuchi va payvandlash toki impulsining o’tish vaqti kiradi. Bundan tashqari, nuqtali va chokli payvandlashda elektrodlar ishchi sirtlarining o’lchamlari va shakli muhim ahamiyat kasb qiladi.
Tok kuchi va siqish kuchi doimiy qilib belgilanadi yoki bitta nuqtani payvandlash sikli davomida muayyan qonun bo’yicha o’zgaradi. Ularni o’zgartirish tabiati (sikl sxemasining) payvandlanadigan detallar shakli va material qalinligiga, shuningdek, qo’llaniladigan jihozga bog’liq bo’ladi.

  1. Download 5,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish