1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Presslash sexlarida ishni tashkil qilish



Download 5,29 Mb.
bet16/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

3. Presslash sexlarida ishni tashkil qilish
Shtamplash qatorlarida ish tashkil qilishning asosiy turlari sifatida oqim bo’ylab shtamplash va yakkalab shtamplashdan foydalaniladi.
Agar presslarda detalni shtamplash texnologik jarayonining barcha shtamplari o’rnatilgan va sozlangan, ishchilarning ko’zda tutilgan miqdori taqsimlangan va shtamplash barcha presslarda birinchi operatsiyadan ikkinchisiga va h.k. tartibda detalning uzluksiz harakatlanishi bilan, operatsiyalararo to’xtashlarsiz, yagona takt bilan kechayotgan bo’lsa, u holda, detalni shtamplashni tashkil qilishning bunday shakliga oqimli shtamplash deyiladi. Agar presslarda texnologik jarayon operatsiyalarining faqat bir qismi shtamplari o’rnatilgan va qolgan operatsiyalar biroz muddat keyin bajarilsa, u holda bu – yakkalab shtamplash deyiladi.
Juda yirik, yirik va o’rta o’lchamli kuzov detallari oqimli shtamplash usulida tayyorlanadi, chunki faqat shu yo’l bilan ularning berilgan sifatini ta’minlash mumkin. Ushbu tiplardagi kuzov detallarini shtamplash sexlarini rejalashda, odatda, tugallanmagan detallarni joylashtirish uchun maydonlar ajratilmaydi.
Mayda detallar, odatda, yakkalab shtamplanadi. Bu hol shu bilan izohlanadiki, ularni tayyorlashning amaldagi dasturlarida yuqori samaradorlikli mayda presslardan ratsional foydalanish uchun katta nomenklaturadagi detallarni qabul qilishga to’g’ri keladi. Shuning uchun, hattoki mayda detallarni texnologik o’xshashlik alomati bo’yicha juda batafsil tanlash bilan ham, presslar guruhiga berkitilgan detallarni qat’iy bir ketma-ketlikda yagona oqim ko’rinishiga keltirish juda qiyin bo’ladi. Bajarilayotgan texnologik operatsiyalar soni, odatda, o’rnatilgan mayda presslar sonidan ancha ko’p bo’ladi. Shunday qilib, faqat kam sonli mayda detallar oqimli shtamplash usulida olinadi. Murakkab detallar uchun (ularni tayyorlashning texnologik jarayoniga muvofiq holda) qatorlar tuziladi, mayda detallarning asosiy qismi esa yakkalab shtamplanadi. Tugallanmagan mayda detallarni saqlash uchun maxsus maydonchalar ajratiladi.
Oqimli shtamplashda vaqt me’yori va samaradorlik eng kam samarali operatsiya bo’yicha aniqlanadi va oqimning barcha operatsiyalari uchun teng deb qabul qilinadi.
Turli detallarni shtamplash uchun jihoz imkoniyatlaridan kengroq foydalanishda mexanizatsiyalashmagan oqimli qatorlar ko’proq universallikka ega bo’lsa, avtomatik qatorlar aksincha eng kam universallik xususiyatiga ega bo’ladi. Chunki, qo’llaniladigan avtomatlashtirish vositalari detallar texnologik xarakteristikalariga ma’lum cheklovlar qo’yadi, o’z o’rnida ushbu detallar qatorlarda bemalol shtamplanishi mumkin. Masalan, avtomatik listtaxlagich zagotovkalar qalinliklari diapazonini cheklaydi, qatorning tashish qurilmasi eng katta va eng kichik o’lchamli detallarni aniqlaydi va h.k. Shu bilan birga avtomatik oqimli qatorlar yuqori moslanuvchanlikka ega bo’ladi (qator texnologik imkoniyatlari chegarasida), bitta detalni shtamplashdan boshqasiga o’tish elektron boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan zamonaviy avtomatik qatorlarda mexanizatsiyalashmagan oqimli qatorlarga nisbatan o’n martalab tezroq amalga
oshiriladi.
Oqimli qatorlarda ishni tashkil qilishda, yuqorida ko’rib chiqilgan, shtampga detallarni yetkazish, ularni shtampdan olish va operatsiyalararo tashish masalalaridan tashqari, quyidagi masalalar hal qilinishi lozim:

  • qatorning bosh pressiga zagotovkalarni uzatish;

  • shtamplarni qayta o’rnatish;

  • detallar va shtamplarni tashish hamda saqlash;

  • chiqindilarni yig’ishtirish;

  • texnika xavfsizligi.

Bir detalni shtamplashdan boshqasiga o’tishda shtamplarni qayta o’rnatish (qayta sozlash) ko’p vaqt oladi. Masalan, o’ntagacha nomdagi detallarni ishlab chiqarishga berkitilgan presslar qatorida shtamplarni qayta sozlash jihozning samarali yillik ish vaqti fondining 20 % ini tashkil qiladi.
Vaqt isrofi qatorlarga berkitilgan detallar soni ortishi bilan keskin ko’payadi, shu sababli, shtamplarni qayta sozlash vaqti davomiyligini qisqartirish katta ahamiyatga egadir.
Chiqariladigan stolli zamonaviy list shtamplash presslarida shtamplarni almashtirish mexanizatsiyalanadi, bunda press shtamplarni tezda mahkamlashga mo’ljallangan, maxsus tezkor gidravlik qisqichlar bilan jihozlanadi.
Qo’llaniladigan presslar konstruksiyasiga ko’ra yirik shtamplarni almashtirishning turli sxemalari mavjud.
Pressning yon tomonidan chiqariluvchi stollar orqali shtamplarni almashtirish yuqori samarali usullardan biri hisoblanadi. Pressning shtamp o’rnatilgan bitta stoli ish holatida bo’lganida, ish zonasidan tashqarida joylashgan boshqa stolga yangi shtamp o’rnatiladi va ishga tayyorlanadi. Elektrodvigatellar yordamida stollar g’ildiraklari orqali rel’slarda yurgiziladi. Shtamplarni almashtirishda bitta stol pressdan chiqariladi, yangi shtamp o’rnatilgan ikkinchi stol esa press ish zonasiga kiritiladi, avtomatik tarzda kerakli holatga keltiriladi, pressning qo’zg’almas asosigacha tushiriladi va gidroqisqishlar bilan mahkamlanadi. Shundan so’ng, shtampning yuqori qismi ham avtomatik tarzda press sirg’algichiga gidroqisqichlar bilan mahkamlanadi.
Avtomatik ma’romda shtamplarni almashtirish 10-15 daqiqa vaqt davomida yakunlanadi.
Kuzov detallarini shtamplash sexlarida detallarni tashish elektryuklagichlar, tirkamali shataklagichlar va osma konveyerlar (oddiy va itaruvchi) yordamida amalga oshiriladi. Javobgarlikni talab qiluvchi kuzov detallari osma konveyerlar bilan tashiladi va oraliq omborlarga uzatiladi. Universallik bo’yicha davriy harakatlanuvchi (itaruvchi) konveyerlar maqsadga muvofiqdir. Ular osmalarda va qaytma bo’sh osmalarda detallarni avtomatik tashishni ta’minlaydi, shuningdek, detallarning osma omborlarini sozlash imkonini beradi.
Juda yirik va yirik detallar ehtiyotkorlik bilan tashiladi va omborlarda maxsus konteynerlarda bir nechta yarusli ko’rinishda o’rnatilib yoki stellajlarga qo’yilib saqlanadi. Unifikatsiyalangan tarani yoki konteynerlarni yarus ko’rinishida o’rnatish uchun, odatda, avtoyuklagichlar, elektryuklagichlar yoki kran-shtabeler (taxlagich) qo’llaniladi. Mayda va o’rta kuzov detallari ham ko’pyarusli omborlarga tashiladi va saqlanadi.
Kuzov detallarini shtamplashning zamonaviy sexlari kompyuterlar orqali boshqariladigan avtomatik ko’pyarusli omborlar bilan jihozlanadiki, bu esa o’z navbatida, shtabelerlarning optimal harakatlanishi hisobiga avtomatik shtamplash qatorlaridan detallar taralarini bevosita qabul qilish uchun zarur tempni (sur’atni) ta’minlashga imkon beradi.
Avtomatik qatorlardan detallar taralarini an’anaviy usullarda yuklash, ushbu qatorlar yuqori samaradorligi bilan bog’liq bo’lgan murakkabliklarni keltirib chiqaradi.
Yirik va o’rta shtamplar ikki-uch yarus ko’rinishida, sexning shu ish uchun ajratilgan maydonlarida, mayda shtamplar esa stellajlarda saqlanadi.
Shtamplash jarayonida hosil bo’lgan axlatlarni yig’ishtirishni ratsional tashkil qilish presslash sexlari uchun muhim ahamiyatga ega. Avtomobil kuzovlari va kabinalarini tayyorlash sexlarida list axlatlarning o’rtacha miqdori umumiy ishlov berilayotgan list prokatining 25-35 % ini tashkil qiladi.
Bugungi kunda, axlatlarni yig’ishtirishning eng keng tarqalgan usuli yer osti konveyerlarini qo’llashdir. Tonnellar yoki podval xonalarida rezinali, po’latli yoki plastinasimon tasmali tashish konveyerlari joylashtiriladi va ular orqali axlatlar paketlash joyiga yetkaziladi. Presslar qatorlari bo’ylab tonnellarda konveyer lentalari bo’ylama harakatlanadi. Axlatlar bo’ylama konveyerlardan bitta yoki ikkita ko’ndalang konveyerlarga tushadilar va sexda yig’iladigan barcha axlatlar to’planib, paketlash maydoniga tashiladi. Presslar qatori tagiga konveyerni joylashtirishda, axlatlarni tushirish uchun lyuklarni presslar oldi yoki ortidan joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Presslarda ishlash xavfsizligini ta’minlovchi vositalar, odatda, xizmat vazifasiga ko’ra, ishlash xavfsizligiga bevosita ta’sir qiluvchi (turlicha konstruksiyadagi qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas panjaralar, fotoelementli himoya, boshqaruv a’zolari, presslar va shtamplarning harakatlanuvchi mexanizmlari himoya to’sqichlari) va ishlash xavfsizligiga ko’maklashuvchi (pressning normal ishlashini va shikastlanishning oldini olishni ta’minlovchi qurilmalar, shuningdek, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari) vositalarga bo’linadi.
Metallni qirqishni, zagotovkalarni presslarga yuklashni, shtamplardan detallarni va axlatlarni tushirishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish – jarohatlardan saqlanishning va kuzovlar, kabinalar detallarini ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilashning eng samarali usulidir. Jihozlarni mexanizatsiyalashning imkoni bo’lmagan hollarda, jarohat olishdan saqlovchi qurilmalar bilan jihozlash talab qilinadi.


Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish