1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Shtamplangan detallar sifatini nazorat qilish usullari va vositalari



Download 5,29 Mb.
bet15/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

2. Shtamplangan detallar sifatini nazorat qilish usullari va vositalari
Sifatni nazorat qilish usulini ishlab chiqish uchun detal chizmasi, mastermodel va nazorat kartasi xizmat qiladi. Bundan tashqari, detalning xizmat vazifasi aniqlanadi (qaysi detallar bilan va qanday birikishi, yig’ish paytida qaysi sirti baza vazifasini o’tashi va b.). Nazorat usulini ishlab chiqishda detal geometriyasini tekshirish tartibi va nazorat jihozlari nomenklaturasi aniqlanadi (nazorat moslamalari, andazalar, teshiklar guruhining o’zaro joylashuvini tekshirish uchun kalibrlar, probkalar va b.). Shtampni loyihalashga topshiriq berish bilan bir vaqtda nazorat jihozlarini loyihalashga ham topshiriq beriladi.
Nazorat moslamalari va boshqa nazorat jihozlarini mos shtamplar komplektlaridan oldin tayyorlanadi, chunki yangi shtamplarni sozlash olinadigan detal sifati bo’yicha va uning nazorat jihozlariga muvofiqligi bo’yicha amalga oshiriladi.
Nazorat moslamalari kuzov yoki kabina detalini ishlash va o’rnatish sharoitini ta’minlashi kerak. Nazorat moslamasida detalni o’rnatish uchun baza sifatida detalning asosiy sirtlari, ya’ni, uning kuzovda boshqa detallar bilan birikish sirtlari, shuningdek, o’lchamlari va shakli tayyorlash jarayonida stabil ta’minlanadigan sirtlar xizmat qiladi.
Birikish zonasidan tashqarida bo’lgan, erkin sirtlar, odatda, nazorat moslamalari bilan tekshirilmaydi.
Shtamplangan detallar sifatini nazorat qilish ishlab chiqarishni tayyorlash vaqtida, etalonni tasdiqlash va detallarni ishlab chiqarish paytida amalga oshiriladi.
Kuzov detali uchun yangi shtamplar komplektini sozlash maxsus presslar qatorida tajribali va yuqori malakali chilangar-asbobsozlar tomonidan bajariladi.
Dastlab bo’rttirish shtampi sozlanadi. Bunda shtampni tayyorlashdagi noaniqliklar, uning konstruktiv kamchiliklari texnologik jarayonda yo’l qo’yilgan kamchiliklar va shtamplanayotgan detalning notexnologikligi kabilar yuzaga chiqishi mumkin. Zarur o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng zagotovkaning kerakli o’lchamlari va konturini sozlash uchun sinov shtamplash amalga oshiriladi. Qoniqarli bo’rttirish o’tishidan keyin geometrik o’lchamlar tekshiriladi va sirt sifatini tekshirish uchun uni qora lak bilan bo’yaydilar. Agar o’tish yaroqli deb topilsa, u holda detalda sinab ko’rish uchun tayyorlangan, yakuniy operatsiyalar shtamplarini sozlashga o’tiladi.
Odatda, barcha otbortovka va flansovka shtamplari bo’laklash shtamplaridan oldin sozlanadi. Ushbu shtamplarni sozlash vaqtida tajriba usuli bilan bo’laklash shtamplarining konturlari ishlanadi. Sifatli detal olinganidan so’ng, uning nazorat moslamasiga muvofiqligi tekshiriladi. Keyin esa, detalning nazorat kartasi o’lchamlarning joiz og’ishlari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Nazorat kartasi rasmiylashtirilganidan va tasdiqlanganidan so’ng, presslarga shtamplar komplekti o’rnatiladi va 50 donadan kam bo’lmagan miqdorda detallarning sinov partiyasi shtamplanadi. Shtamplar yaroqliligi, detallar sifati doimiyligi va texnika xavfsizligi qoidalari va sharoiti bajarilishi tekshirilganidan so’ng, etalon qilish uchun bitta detal tanlanadi. Etalon ko’rib chiqiladi va korxonada o’rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Detal etaloni uning tashqi ko’rinishini, deformatsiyalanish darajasini, alohida elementlarining o’zaro mos kelishi (flanets, qirralar, teshiklar va b.) va nazorat moslamasi sirtiga tekis yotishini tavsiflash uchun xizmat qiladi va detalga qo’yiladigan talablar mezoni hisoblanadi.
Detal uchun shtamplarni dastlabki sozlash paytida ishlab chiqarishda kelib chiqishi mumkin bo’lgan deyarli barcha omillarning ta’siri bartaraf qilinadi, shuning uchun, etalon detal aniqligi erishish mumkin bo’lgan eng yuqori aniqlikdagi detal bo’ladi. Keyinchalik ishlab chiqarishda shtamplarni sozlash paytida olingan detal aniqligiga erishishga intilish kerak bo’ladi.
Partiyani shtamplash vaqtida, kuzov detallari sifatini nazorat qilish quyidagi usullardan biriga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
Qopqoq, qanot, eshiklarning tashqi panellari kabi yengil avtomobil kuzovi asosiy detallarining yuza sirtlariga nisbatan yuzfoizlik nazorat qilish qo’llaniladi. Yuzfoizlik nazorat, ba’zan vaqtincha o’rnatiladi, buning sababi esa ishlab chiqarishda umumiy oqimdan ajratib olish zarur bo’lgan yaroqsiz detallar uchrab turadi.
Tanlab nazorat qilish ham ba’zan vaqtincha o’rnatiladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda shtamplangan detallar partiyasidan bir nechta detal tekshiriladi va nojoiz og’ishlar aniqlansa butun partiya yaroqsiz deb topiladi. Bunday holat, odatda, yig’ish paytida nojoiz og’ishlar aniqlanganda ro’y beradi.
Kuzov detallarini shtamplash sexlarida qo’llaniladigan asosiy nazorat usuli – davriy nazoratdir. Bunda shtamplanayotgan detal sifati davriy tekshiriladi, masalan, har ikki yoki uch soatda. Shtamplangan detal nazorat moslamasiga o’rnatiladi va nazorat kartasi bo’yicha geometrik parametrlar, shuningdek, tasdiqlangan etalon bo’yicha detalning shakli va tashqi ko’rinishi bo’yicha muvofiqligi tekshiriladi. Qandaydir nojoiz og’ishlar aniqlanganda, uning sabablarini bartaraf qilish choralari ko’riladi.
Kuzov shtamplashda shunday nazorat usuli keng qo’llanilmoqdaki, bunga ko’ra ishlab chiqilgan kartalar va o’rnatilgan davriylikka muvofiq tarzda, nazorat moslamalaridan foydalangan holda, shtamplangan har bir partiya detallardan bir nechtasi o’lchab olinadi va natijalar o’lchov kartalariga kiritiladi.
Joiz chegaraviy og’ishlarga yaqin nojoiz og’ishlar aniqlangan hollarda, texnologlar o’lchovlar kartalaridagi ma’lumotlar asosida ushbu og’ishlarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqadilar.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish