Ekvivalentlar qonuni. 1804-1814 yillardagi Rixter, Dalton va Vollastonlarning tajribalari natijasida ekvivalentlar qonuni aniqlandi. Qonun quyidagicha ta’riflandi:
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga teng, yoki, hamma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta’sirlashadi.
Kimyoviy ekvivalentni quyidagicha ifodalash kiritilgan:
1 o.q. vodorod yoki 8 o.q. kislorod bilan birika oladigan yoki o’rin almashina oladigan modda miqdori shu moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi.
Moddaning kimyoviy ekvivalentini bilish uchun uni tashkil qiluvchi elementning kislorodli yoki vodorodli birikmasini bilish kerak.
bu yerda: E - ekvivalent;
A yoki M - atom yoki molekulyar massa;
n - valentligi yoki asosligi (negizliligi).
Moddaning ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan modda miqdori gramm-ekvivalent deyiladi.
Masalan: H2SO4ning gramm-ekvivalentini hisoblaymiz:
g/ekv.
Kimyoviy ekvivalent tushunchasi amaliy hisoblashlarni bajarishda qo’l keladi (normal eritmalar, elektrokimyoviy jarayonlar va h.).
Do'stlaringiz bilan baham: |