1 MA’RUZA. GAZ TA’MINOTI TIZIMLARI FANIGA KIRISH
1. Fanning maqsadi
2. Fanning vazifasi va istiqbollari
Bizga ma’lumki axolining turmush tarzini yaxshilashda gaz taьminoti tizimining rivojlanishi, gazlashtirishning ahamiyati juda beqiyosdir. Gaz taьminoti tizimida asosiy yoqilg’i sifatida tabiiy gaz yoqilg’isidan keng miqiyosida foydanilinadi. Jahon energetika majmuasida yonuvchi gazlar, tabiiy gaz yoqilg’isining salohiyati juda kattadir. Xalqaro energetika tahlili institutining maьlumotlariga haraganda tabiiy gaz yoqilg’isi salohiyati oshib bormoqda yaьni 1975-yilda 18 foizni; 1985-yilda 20 foizni; 2000-yilda 25 foizni, kelajak 2020-yilda 30 foizni tashkil etishi qutilayotgan bo’lsa, neftning salohiyati aksincha kamayib bormoqda, yaьni; 1975-yilda 48 foizni; 1985-yilda 39 foizni; 2000-yilda 28 foizni; kelajaq 2020-yilda 16 foizni neft yoqilg’isi hisobiga to’g’ri kelishi kutilmoqda. Jahon energitika majmuasida tahlil energitika ishlab chiharish mikdori ; 1965 yilda-5,7 mlrd.t.sh.e; 2000 yilda – 14,5mlrd t.sh.e tashkil etgan . Ammo axoli jon boshiga tugri keladigan shartli tahlil miqdori 1985-yilda – 2.3 tonna sh.yo bo’lib, 2000-yilda ham bu ko’rsatkich deyarli o’zgarmay qolgan. YOqilg’i energetik resurslarining iste’moli jahon mamlakatlarida nihoyatda notekis sarflanmoqda. Texnalogiyasi rivojlangan mamlakatlarda hozirgi paytda aholi jon boshiga 5.5 tonna sh.yo sarflana- yotgan bo’lsa, iqtisodi nochor, qashshoq mamalakatlarda aholi jon boshiga 0.8 tonna sh.yo sarflanmoqda. Hozirgi paytda va yaqin 30-50 yil kelajakda ham, jahon energiya taьminoti asosan organik yoqilg’ilar (toshko’mir, tabiiy gaz, neft) hisobiga to’g’ri kelishi kuzatilmoqda.
Hozirgi paytda er kurrasida tabiiy gaz yoqilg’isi zaxirasining uchdan bir qismidan ko’prog’i topilgan, qolgan uchdan ikki qismi esa yaqin 30-40 yilda topilishi qutilmoqda. Qattiq yoqilg’iga nisbatan neft va gaz yoqilg’isining xom-ashyo zaxirasi juda kam miqdorni tashkil etadi, yaьni hozirgacha topilgan organiq yoqilg’i zaxirasining 89 foizi toshko’mir yoqilg’isiga; 6 foizi neft va tabiiy gaz yoqilg’isiga; 5 foizi neft hatlami hum va slanesli yoqilg’ilariga to’g’ri keladi. Kelajaqda energiya istemolini taьminlashda suniy yoqilg’ilardan – ko’mir, slanes, bitum aralashmali qumlar va hokozolar tarkibidan ishlab chiharilishi mumkindir. Dunyo yoqilg’i energetika majmuasida tabiiy gaz yoqilg’isi salohiyatining oshib borishiga yana bir sabab, jahon bozorida suyultirilgan gazlarnig tashqi eksportga katta miqdorda chiqarilishidir. Bizga O’zbekiston Respublikasida gaz sanoatining rivojlanishi 1960-yillaridan boshlangan bo’lib, bugungi kunda tabiiy gaz zaxirasi 2.5 trillion kub metrni tashkil qilmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach mamlakatimiz aholisini turmush tarzini tabiiy gaz bilan taьminlashga katta eьtibor qaratildi.
O’zbekiston Respublikasi gaz sanoatining vujudga kelishida hamda tez suratlar bilan rivojlanishida Qashqadaryo viloyatidan topilgan tabiiy gaz konlari katta ahamiyatga egadir. Keyingi yillarda Respublikamiz janubiy g’arbiy qismidan ayniqsa, Qashqadaryo viloyatidan bir qator tabiiy gaz konlari topilib, ulardan foydalanishni yo’lga qo’yilishi O’zbekistonning asosiy yoqilg’i bazasiga aylanishga sabab bo’ldi. Hozirgi qunda Qashqadaryo viloyati hududidan topilgan gaz va neft konlari 52 tadan ko’proqdir. Mavjud konlardan eng yiriklari ulkan gaz kondensati zaxirasiga ega bo’lgan SHo’rtan va Muborakdagi Ko’kdumaloq konlari bo’lib hisoblanadi. Bu konlar Respublikamizda emas, balqi Markaziy Osiyo regionida ham eng ulkan konlar hisoblanadi. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati hududiga Respublikamizda qazib olinayotgan tabiiy gazning hariyb 86 foizi, gaz kondensatining deyarli 96 foizi va neftning 46.3 foizi to’g’ri keladi. Kelajakda ham Qashqadaryoning gaz sanoati O’zbekiston Respublikasi yoqilg’i – energetika kompleksida etakchi mavqei saqlanib qoladi.
YOnuvchi gazlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar qadimiy yodgorliklarda va tarixiy qo’lyozmalarda uchraydi. Qadimiy yunon tarixchisi Xerodot eramizdan bir yarim ming yil ilgari Kichik Osiyo hududida joylashgan Himar toglarida «o’chmas olovlar» bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Hozirgi Ozarbayjon, Eron Iroq, Xindiston davlatlari hududlarida qadimdan yonuvchi gazlarning manbalari borligi etirof etilgan va keng hududlarda yonuv alangalarining paydo bulganligi, bu mamlakatlar xalklarining olovga sig’inishini olib kelgan.
Hozirgi paytgacha ham Apsheron yarim orolidagi Suraxanaxda, Xindiston Respublikasi Panjob viloyatida «olovga sig’inish» ibodatxonalari sag’lanib qolgan.
YOnuvchi gazlarning amalda keng mikiyosda ishlatiluvi XVIII- asr oxiri XIX asr boshlarida yuzaga keldi. Ayniqsa XIX – asrning ikkinchi yarmida nemis ximigi Robert Bunzen (1811-1899 y.) tomonidan 1850 yili gaz gorelkasining ixtiro qilinganligi, gazdan foydalanish miqdorining tezlik bilan ko’payishiga olib keldi. Bu esa dastlabki paytda yonuvchi gazlardan yirik shaxarlada ko’chalarni yoritish uchun foydalanildi.
Hozirgi paytda gaz yoqilg’isi aholi turmushida, turli xil istemolchilarga, kommunal maishiy korxonalarga va sanoat korxonalarida keng miqyosda ishlatilmoqda.
Gaz yoqilg’isini hech bir mubolag’asiz i d e a l yoqilg’i deb aytish ham mumkin, bunga sabab boshqa ko’rinishdagi yoqilg’ilarga nisbatan bir qancha qulayliklarga egadir; gaz yokilgisini iste’molchilarga uzoq masofalarga ham etkazib berish osondir, gaz yoqilg’isi yordamida ishlaydigan uskunalarni ishga tushirish osondir. Gaz gorelkalari konstruktiv tuzilishiga qarab, turli xil talablarga javob beradi, yonuv jarayonini avtomatlashtirish mumkin va h. k z.
Bizga ma’lumki, mustaqil davlatlar hamdustligi (MDH) davlatlari jaxon mamlakatlari orasida gaz qazib olish bo’yicha birinchi o’rinni egallab kelmoqda. 1950 yilda umumiy yoqilg’i tengligining 2,3% gaz yoqilg’isiga tug’ri kelgan bo’lsa, bu qiymat 1983 yilda 2,7%, 1990 yilda esa qariyib 33% tashkil etgan. Ilmiy izlanishlar va taxlillar shuni ko’rsatayapdiki dunyo energiyasi ta’minoti kelajak 30-50 yillar ichida asosan organik yoqilg’ilar (tabiiy gaz, toshko’mir va neftь mahsulotlari) hisobidan ta’minlanadi.
O’zbekiston Respublikasida tabiiy gazni qazib chiqarish va undan foydalanish 1950 yillarning ohiri 1960 yillardan boshlandi.
1960 yillar boshida sobiq Ittifoqning qariyib 40 foiz tabiiy gaz yoqilg’isi O’zbekiston hududidan olingan. 1960 yillarda boshlangan O’zbekiston Respublikasi shaxar, qishloqlarni tabiiy gaz bilan ta’minlanish rejasi to’lig’icha amalga oshmadi. Respublika hududidan qazib olingan gaz asosan Rossiyaning markaziy sanoat rayonlarini (Ural sanoat rayonini, Ekatrenburg, CHelyabinsk, Magnitagorsk va boshka shaharlarni) gaz bilan ta’minlash uchun etkazib berildi. Bu esa shu paytlarda Ural sanoati rayonida har yili minglab gektar kesilib yoqilayotgan o’rmon daraxtining yoqilishini bartaraf etdi va u erdagi ekologik ahvolni yaxshiladi. Sifatli gaz yoqilg’isi hisobidan shu paytdagi harbiy sanoat komplekslarning ishlab chiqarish quvvati tezkorlik bilan oshib bordi.
O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun qolgan tabiiy gazning asosiy qismi ham, sanoat korxonalarni ta’minlash uchungina ishlatildi. Gaz sanoatining bunday rivojlanishi, Respublikada aholisini gaz bilan ta’minlanishida sosial muammalar keltirib chiqardi. Bu muammolarni to’g’ri va tezkorlik bilan hal qilish uchun 1990 yilga kelib Respublika hukumati tomonidan aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suv bilan ta’minlashning mukammal loyihasi ishlab chikildi va amalga oshirilmoqda.
«YAngilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish-asosiy vazifamizdir» deb nomlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzada ta’kidlaganlaridek, «Bizning doimiy e’tiborimizni talab qiladigan ettinchi ustuvor yo’nalish – bu kommunal xo’jalik sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilan bog’liq». SHu maqsadda uy-joy kommunal xo’jalagida ro’y berayotgan jarayonlarni tanqidiy baholab, jamiyatimiz uchun muhim hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan ushbu sohada hamon saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarning ildiziga etish va ularni bartaraf qilishimiz zarur.
Hozirgi paytda mamlakatimiz shaharsozligini rivojlantirish bilan bir qatorda qishloq hududlarida ham zarur infratuzilma - gaz va boshqa kommunikasiya tarmoqlarining zamonaviy turlarini yaratib berish, ularni modernizasiya qilish soha oldida turgan eng muhim vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |