Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo‘llaniladi? Ayniqsa deduktiv o‘qitishga
talab va e’tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki
deduktiv usullarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum
mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni
anglatadi.
Induktiv usullar texnik qurilmalarni o‘rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda
keng qo‘llaniladi.
Deduktiv usul o‘quv materialini tezroq o‘tishga yordam beradi, tafakkurni bir
muncha faol rivojlantiradi.
Nazariy materialni o‘rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni
aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo‘llash ayniqsa
foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |