Modelning modellashtirilgan ob’ektga mosligini modelning adekvatligi deyiladi. "Adekvatlik"so’zi lotinchadan tarjimada teng, tenglashtirilgan degan ma’noni bildiradi.
Bu shartli tushuncha, chunki model real ob‘ektga to‘la mos bo‘lolmaydi,aks holda bu model emas, ob‘ektning o‘zi bo‘lardi. Odatda model qancha adekvat bo‘lsa, u shuncha murakkab bo‘ladi. Shuning uchun modelning soddaligi va adekvatligi talablari qandaydir ma‘noda qarama-qarshidir. Modellashtirishda adekvatlik umuman emas, balki tadqiqot uchun muhim hisoblangan xossalari bo‘yicha nazarda tutiladi.
Nazorat savollari.
1. Modellashtirishning mohiyati nimadan iborat?
2. Model nima?
3. Tizim nima?
4. Tizimga misollar keltiring.
Мавзуни ўрганишда фойдаланиш мумкин бўлган адабиётлар рўйхати:
1. Камилов Х.М., Туракулов Х.А. Системнўй подоход при иследовании зрительной системў. – Тошкент: Фан, 1990. – 104 с.
2. Тўрақулов Х.А. Математика (ўқув қўлланма). – Жиззах: 2004. – 125 б.
3. Тўрақулов Х.А. Илмий ижодиёт методологияси. – Тошкент: Фан, 2006. – 252 б.
2-ma’ruza. Sodda elementlar va jarayonlarni modellashtirishda qo’llaniladigan fizik qonunlar.
Reja.
Sodda elementlar.
Jarayonlarni modellashtirishda qo’llaniladigan fizik qonunlar.
Makroholatlarni statistik modellashtirish.
Fizik modellar eksperimental ishonchliligi, nazariy puxta ishlanganligi tufayli etalon rasional fikrlash namunasi hamda ilmiy bilishning boshqa barcha oblastlarida modellashtirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ularning vazifasi faqat materiya harakati oddiy shakllarini yozishdan ancha chetga chiqadi. “Har qanday nazariya yoki model o’zining fundamentida fizik model hisoblanadi, chunki, faqat fizika o’z arsenalida moddiy olamning obyektiv etalonlariga ega”.
Fanlar namunasi sifatida deterministik qonunlar asosida qurilgan klassik fizika, ilmiylik kriteriyalari, eksperimental aniqlik, gipotezalar isbotlanishligi haqida tushunchalar beradi va matematikani ilmiy bilishning universal tili sifatidagi rolini mustahkamlaydi. Moddiy nuqta va kontinuum modellari fundamental klassik modellar (qolgan barchasi shular asosida qurilgan) hisoblanadi. Moddiy nuqta modeli o’lchamlari berilgan masala sharoitida hisobga olinmaydigan obyektlarga nisbatan qo’llaniladi, kontinuum modeli esa bu fazoning qaysidir oblastini uzluksiz to’ldiruvchi moddiy substansiya (mohiyat) haqidagi tushunchadir. Birinchi model Nyutonning klassik mexanikasi asosida, ikkinchisi Maksvellning elektromagnit nazariyasi asosida yotadi. Bu modellar ilmiy abstraksiyaning yorqin misoli hisoblanadi. Ularni o’rganish talabalarda jiddiy ilmiy fikrlash, tadqiq qilinayotgan predmetlarning belgilarini ajratish, ko’nikma qobiliyatini va bular asosida ongli xulosalashni rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |