Reja. 1.Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari . 2. Yarim o‘tazgichli IMSlar Bilimlarni to‘g‘ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika prinsiplari va o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstrukstiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment, texnik vositalardan (shu jumladan trenajyorlar) foydalanib kamchiliklarni tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
Texnik modellashtirish jarayonida asosan qo‘yidagi texnik xujjatlar bo‘lishi shart: Mexanik va gidromexanik uzatmalarni modellashtirishda har bir elementning matematik modeli tuziladi va bu elementlarni bir biri bilan bog‘laydigan chegaraviy shartlar qo‘yiladi.
Gidromexanik uzatmani elementlar va bo‘laklarga bo‘lish
Gidravlik yuritmalarning elementlari va ularning tugun nuqtalari
a-nasos; b-gidromator; v-gidrotsilindr; g-gidroakkumulyator; d i ye- to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qiladigan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qilmaydigan klapanlar; j-truboprovod; z-bo‘shlik (berk truboprovod); i-drossel; k-uchlik (troynik); l-quvvat rostlagichi; m-zolotnikli taqsimlagich; n-gidrozamok; o-markazdan qochma rostlagichli dizel.
Texnik modellashtirish jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribasini qator murakkab vazifalarni qo‘yidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muofiqligini ko‘rsatadi:
Chizmalar eskizlarini o‘qish va tayorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish.
Xisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarining o‘zgartirish, ana shu o‘zgarishlarni chizmaga kiritish va kinematik (prinsipial) sxema tuzish.
Elementlarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash.
Elementlarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish joylariga ko‘ra konstruksiyalash.
Konstruksiyada yetishmaydigan elementlarni loyixalash.
Kinematik va prinsipial sxemalar bo‘yicha modellarni konstruksiyalash.
Texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda modellarni tayorlash.
Modelni yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish.