XXI asr boshlanganiga ko’p bo’lmasada elektrotexnika sohasida bir qancha yutuqlar qo’lga kiritildi. Xususan sayyoramiz energiya zahiralaridan samarali va tejamli foydalanish maqsadida noan‘anaviy energiya manbalari bo’lgan Quyosh, shamol, Geotermal va bioenergiya manbalari rivojlanishiga erishildi. Bu tur energiya manbalari zahirasining tugamasligi va ekologik jihatdan zararsizligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bu sohada Respublikamizda ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Elektrotexnika keng ma‘noda elektr va magnit hodisalaridan amaliy maqsadda foydalanish usullarini o’rganadigan fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |