XIX asrning birinchi yarimlariga kelib nazariy va amaliy elektrotexnika birmuncha rivojlana boshladi. Ana shu davrlarda tokning issiqlik ta‘siri, elektr va magnit maydonlari orasidagi bog’lanish, elektrodinamik hodisalar kashf etildi. XIX asrning 50-60 yillarida esa o’zgarmas tok dvigatellarini yasash ustida izlanishlar qizib ketdi. Shuningdek, katta quvvatli o’zgaruvchan tok manbalarini yaratish va elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish borasidagi injenerlik ishlari avj olib ketdi. Bu davr elektrotexnika taraqqiyoti ikkinchi bosqichining boshlanishi bo’lib, bunda sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan elektrotexnikaga asos solindi. Bu davrda elektrotexnika bilan bir qatorda elektroavtomatika, telegrafiya, telefoniya ham rivojlana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |