1-ma’ruza: Elektr mashinalar haqida umumiy ma’lumot Reja: Elektromexanika va ijtimoiy rivojlanish
Elektr mashinalarni rivojlantirishning qisqacha tarixi
Elektr mashinalarining klasifikatsisi Elektromexanika va ijtimoiy rivojlanish
Jamiyatda moddiy madaniyatning rivoj topgani 1-navbatda energiya manbalarini yuritilganligi va ulardan foydalanishiga qarab belgilanadi. Buning qo’llanishi, oxirgi 10 yillikda elektr energiyadan foydalanish sanoatda texnik to’ntarishga olib keldi va ijtimoiy munosabatlar rivojiga katta hissa qo’shdi. Oxirgi 10 yillikda esa elektr energiyasini turli sohalarda qo’llash, ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlarda 1000 martagacha oshdi. Deyarli barcha elektr energiyasini elektr mashinalarining (ximiyaviy manbalarga juda oz miqdorda energiya mos keladi) generator rejimi, motor rejimlarida ishlab elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantiradi. Elektrotexnika sanoati elektr mashinalar qurilmalari va xalq xo’jaligining boshqa sohalarini elektr energiyasi bilan taminlay olishi kerak.Elektr energiyani uzatish, taqsimlash va foydalanish uchun har bir o’rnatilgan quvvatga 5-6 ta transformator yoki elektr motorlar o’rnatish kerak bo’ladi. Elektro texnika sanoati har yili xalq xo’jaligining turli sohalari uchun 10 millionlab elektr mashinalari ishlab chiqaradi. Elektr mashinasozlik kompleksiz ilmiy sistemalar rivojlana olmaydi. Elektr mashinalar kosmosda, chuqur yer osti, okeanlarda atom reaktorlarida, tibbiyot kabinetlarida qo’llaniladi. Elektromexanika ko’plab sohalarning rivojlanganlik darajasini ko’rsatuvchi omil bo’lib hisoblanadi. Elektr energiyasini keng miqyosda ishlab chiqarish faqatgina issiqlik va gidravlik stansiyalar o’rnatilgan turbo va gidrogeneratorlarning quvvatini oshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. IES va AES larda generator sifatida tez aylanuvchi elektr mashinalari turbo generatorlari qo’llanilib, ularning aylanish tezligi 3000 va 1500 ayl/min ega. Gidroelektr stansiyalarida esa sekin aylanuvchi gidrogeneratorlar qo’llaniladi.
1.1-rasm
Elektr mashinalarni qisqacha rivojlanish tarixi.
Har qanday sohani yaxshi tushinish uchun uning rivojlanish tarixini bilish lozim. Elektrmashinalarining rivojlanish tarixi o’ziga xos diqqatga sazovordir. Hammamiz bilamizki elektr mashinalari tarixi 1821-yil M. Faradey kashfiyotidan boshlangan (1.2- rasm). U doimiy magnit 1 va 2, uning atrofida aylanib turuvchi tokli o’tkazgich (simob) kontakt idishi 3 va 4-yuqori tayanchdan iborat. Faradey motorida doimiy tok magnit maydoni ta’sirida hosil bo’lgan elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib bergan.