Kabel tarmoqlarining qarovlari
Kabel tarmoqining ishonchli va xavfsiz ishlab turishi uchun uning doimiy qarovlari o’tkazib turilishi zarur. Kabel trassasi bo’ylab aylanib chiqilishi va ko’zdan kechirilishi zarur. Muntazam qarovlar kabel trassalarida quyidagi muddatlarda o’tkaziladi: kuchlanishi 1 kV dan yuqori bo’lgan tarmoqlarda-joylardagi yo’riqnomalarga ko’ra, lekin kamida 3 oyda bir marta. Kabel oxiri muftalari – 6 oyda bir kuchlanishi 1 kV dan past bo’lgan kabellarda – 1 oyda bir marta.
Nazorat qarovlari muddatlari joylardagi sharoitlardan kelib chiqib injener-texnik xodimlar tomonidan aniqlanadi.
Navbatdan tashqari qarovlar kuch kabellarida bahorda kuchli yomg’ir, qor erishidan keyin, qattiq shamol, to’fonlardan keyin yer yumshab ko’chishi xavfi bo’lganda o’tkaziladi. Kabel trassalarini aniqlab kuzatishda quyidagilar bajariladi: kabel trassasi holatini tekshirish, yerni yuvilib ketgan, cho’kkan joylari yo’qligi, ulanishlar zararlanishlari, yo’qligi, turli boshqa kanallar, jarliklardan o’tish joylarida kabel trassasining holati tekshiriladi. Trassa chizig’ida ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlarning borligi va sozligi saqlovchi plakatlar va ko’rsatkichlarni borligiga ishonch hosil qilish va holatini tekshiring.
Kabellarni bino devorlaridan havo elektr uzatish tarmoqlari tayanchlaridan o’tishda ularning mexanik zararlanishlardan himoyalanganini oxiridagi muftalarning sozligi zanglash alomatlari yo’qligi, kabel usti qoplamalarini ezilmaganligi, pachaqlanmaganligi tekshiriladi.
Kabel tarmoqlari yaqinlashgan joylarda elektrlashtirilgan temir yo’l relslarining ulanish joylarining holati (100 metr radiusda).
Kuzatuvlarda, ya’ni ochiq havoda yotqizilgan kabellarga kabel quduqlaridagi ulanishlar muftalar holatiga alohida etibor berish kerak (markirovkasi borligi, antikorrozion qoplamalar holati va hokozo).
Kabel trassasi kuzatuvlari va qarovlaridan ko’ringan barcha defektlar mahsus jurnalga qayd qilib boriladi. Tezda yo’qotilishi zarur bo’lgan nosozliklar haqida xodim rahbariga zudlik bilan xabar yetkazishi zarur. Injener-mexanik xodimlar qayd qilingan nosozliklarni yo’qotish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.
Kuzatuvlar va qarovlar paytida kabel trassasida TXK va TEKga rioya qilinishi nazorat qilinadi. Kabel trassasining qo’riqlangan zonasida ishlatish tashkiloti bilan kelishilmay olib borilayotgan barcha yer kovlash ishlarini to’xtatadi, qoidalar bo’zilganligi to’g’risida dalolatnoma (akt) tuziladi va joylardagi nazoratchilar yoki militsiya xodimi chaqiriladi. Kabel tarmog’i yaqinida olib borilidigan ishlar loyihasi kabelni ishlatish tashkiloti bilan kelishiladi va kabelni soz holda ishlashini taminlovchi tadbirlar ko’zda tutiladi. Texnik ishlatish qoidalari bo’yicha yer kovlash mashinalari kabel trassasidan 1metrdan ortiq masofada ishlashi zarur.
Kabel trassasi ustida esa 0,4 metrgacha chuqurlikda ishlash maxsus ruhsat bilan, yo’l qo’yiladi. yerga qoziq qoqish yoki yer tuprog’ini zichlovchi mashinalar kabeldan 5 metr masofadan ortiq joyda ishlashi ruhsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |