Kabel tarmoqlarida zararlanish joylarini aniqlash Kabel tarmoqlari ishlatish eng murakkab masalalardan biri. Kabel tarmoqida zaralanish (uzilgan, qisqa tutashuv va hokazo) joylarini to’g’ri topishdir. Kabel tarmoqlari ko’pchilik hollarda yopiq o’rnatilgan bo’ladi (er ostida, tunnellarda, shaxtalarda, bino-inshootlarining konstruktsiyalari orasida) va zararlangan yoki zaralanish xavfi bo’lgan joyni oddiy kuz bilan ko’rib bo’lmaydi. Amalda kabel tarmoqlaridagi nuqsonlar maxsus asbob-jixozlardan foydalanib topiladi.
Kabelning zaralanish joyini topishda qo’llaniladigan uslub zaralanish xarakteriga qarab aniqlaniladi. Zaralanishlarning quyidagi xillari bo’lishi mumkin: bir fazaning yerga ulanib qolishi; ikki yoki uch fazani yerga qisqa tutashuvi; fazalarning o’zaro qisqa tutashuvi; bir, ikki va uch faza simlarining uzilishi; (erga ulanib yoki ulanmay), izolyatsiyaning yonib ketib teshilishi; murakkab zaralanishlar va boshqalar.
Nosozlik yuzaga chiqqan kabel elektr uzatish tarmoqi manbadan ajratiladi, iste’molchilar va ularning ulanish simlari ajratilib, ikki tomonidan megaommetr bilan izolyatsiya qarshiligi o’lchab ko’riladi. Kabel simlarining xar ikki tomonidan fazalar izolyatsiyasi qarshiligi o’lchab ko’riladi. O’lchovlar natijasida nosozlik faqat kabeldaligi aniqlanadi, nosozlik joyini topish uslubi tanlanadi. Dastlab 10-50 m aniqlikda zaralanish zonasi belgilanadi. Keyin bevosita trassaga chiqib, aniq uslublar va asboblarda nosozlik joyi topiladi.
Zararlanish zonasini aniqlash uchun impuls sig’im, sirtmoq, tebranish razryadi uslublari qo’llaniladi. Akustik va induktsion uslublar bilan kabel trassasi bo’ylab harakatlanib nosozlik joyi topiladi.
Impuls uslubida zararlangan tarmoq bo’ylab zondlovchi elektr impuls yuboriladi va impuls yuborilgan vaqt bilan u zararlangan joydan qaytib kelgan vaqtlar oralig’i qayd qilinadi. Agar kabeldagi impuls harakatlanish tezligi V bo’lsa va impuls berilgan joydan zararlanish joyigacha bo’lgan masofa bo’lsa impulsni kabeldan o’tish vaqti: bo’ladi. Kuch kabellaridagi elektr impuls tezligi V = 160 m/sek bo’lsa masofa quyidagicha topiladi:
(5.7)
Bu printspda IKL-5 va R5-1A asboblari ishlaydi. Impuls uslubi kabel tarmoqidagi zararlanish joyi bilan birgalikda zararlanish xarakterini ham topish imkonini beradi. O’lchovlarda defekt joylashgan masofa 1,5 % dan ko’p bo’lmagan xatolik bilan aniqlash imkonini beradi.
Tebranuvchi razryad uslubi kabel izolyatsiyasida siljuvchi teshilish bo’lganda qo’llaniladi. Bu xolda kabel tarmoqiga sinash qurilmasi yordamida sekin asta ortib boruvchi doimiy kuchlanish beriladi. Izolyatsiyasi kuchsizlashgan joyda yetarli kuchlanish bo’lganda izolyatsiya teshiladi. Izolyatsiyasi ketgan joyda uchqun chiqadi, va bunda kabelda tebranish xarakteriga ega bo’lgan razryad bo’ladi. Bu razryadning tebranish davri tebranish to’lqinining zararlanish joyigacha borib qaytishi vaqtining ikkilanganiga mos keladi, ya’ni:
yoki (5.8)
Bu yerda V – tebranish to’lqinining tarqalish tezligi.
Tebranuvchi razryad davomiyligini bir marta razvertkali OJO tipli ostsillograf bilan o’lchanadi (5.8-rasm). Sxemada elektron millisekundomer (EMKS-58M) kuchlanish bo’lgichi orqali ulanadi. O’lchov xatoligi 5% dan kam bo’ladi.
Sirtmoq uslubi biror fazada izolyatsiya ketib, yerga ulanib qolgan, lekin kabel tolasi butun bo’lsa va xech bo’lmasa kabelning bitta tolasida izolyatsiya soz bo’lganda ishlatiladi. Bu uslubda kabelning zararlangan joyilacha bo’lgan qismining oddiy o’lchov «mosti» bilan doimiy tokdagi qarshiligi o’lchab ko’riladi. O’lchov mostining bir tomoniga kabelning oxirlari tutashtirilgan va zararlangan tolalari ulanadi, ikkinchi tomoniga esa rostlanuvchi ikkita qarshiliklar l magazini ulanadi (5.9-rasm).
Mostda muvozanat bo’lishi uchun qarshiliklar: tenglikni qanoatlantirishi kerak. Bu tenglikda nosozlik joyigacha bo’lgan masofa: ifodadan aniqlanadi.
Bu yerda R1, R2 –soz va zararlangan kabel tolalariga ulangan muvozanatlovchi qarshiliklar.
solishtirma qarshilik
l-kabelning to’la uzunligi.
Ulanish joylari qarshiligining o’lchov natijalariga ta’siri xatoliklarini yo’qotish uchun kabel tolalarining o’rni almashtirib ulanadi va sinov-o’lchovlar takrorlanadi. Bunda: bo’ladi. Agar 0, shart bajarilsa o’lchovlar to’g’ri bajarilgan deb qabul qilinadi. Sirtmoq uslubi kabel tarmoqida zararlanish joyi 100-200 m masofada bo’lganda qo’llaniladi. O’tish qarshiligi 1000u<5000 Om bo’lganda o’lchov xatoliklari 0, 1-0,3% dan ortmaydi.
Sig’im uslubi kabel tarmog’i tolalarining bittasi yoki bir nechtasi uzilgan hollarda samarali bo’ladi. Bunda olingan natijalar xatoligi minimal bo’lishi zararlangan simlarda izolyatsiya qarshiligi 5000 Om dan kam bo’lmasligi zarur.
Sig’im uslubi har bir kabel tolalari orasida ma’lum bir sig’im borligiga asoslanib qo’llanadi. YA’ni nosoz kabel tolalari uzulgan bo’lsa, kabel tarmoqdan ajratib olib uning tolalari orasidagi simlar o’lchab ko’riladi. Birlik uzunlikdagi kabelning solishtirma sig’imini bilgan xolda yoki soz tolalar bilan nosoz tolalar orasidagi sigimni o’lchab olib kabelning uzilgan joyi aniqlanishi mumkin. Kabel tolalari orasidagi sig’im uzgaruvchan yoki doimiy tok tarmoqida o’lchanishi mumkin. Kabelning uzilgan joyini aniqlashda sig’im uslubida quyidagi holatlar bo’lishi mumkin.
Birinchi holat – kabelning bitta tolasi uzilgan (5.10-rasm). Bunda kabelning uzilgan tolasi bilan butun tolasi orasidagi sig’im S1 va S2 kabelning ikkala tomonidan ham o’lchab olinadi. Uzilgan joygacha bo’lgan masofa bunda: ko’rinishda aniqlanadi. Bu yerda l- kabel tormoqi uchastkasining uzunligi.
Ikkinchi holat – kabelning bitta tolasi uzilib yerga tegib qolgan, ya’ni S2=0 (5.11-rasm). Uzilgan tola sig’imi S1 o’lchanadi va butun tolalar orasida sig’im S aniqlanadi. Uzilgan joygacha bo’lgan masofa: bo’ladi.
5.11-rasm. Kabelda nosozlik joyini induktsiya usuli bilan aniqlash sxemasi. 1-tovush generatori, 2-telefon, 3-kuchaytirgich, 4-qabul qilish relementi, 5-kabel tolalari, 6-zaralanish joyi, 7-trassa bo’ylab tovushning tarqalish grafigi.
Uchinchi holat – kabelning barcha tolalari yopiq yerga ulanishga ega, jumladan uzilgan tolasi ham, bunda ma’lumotlar to’plamidan shu marka–o’lchamli kabelning solishtirma sig’imi olinib o’lchab olingan nosoz kabel sig’imi bilan solishtiriladi:
bu yerda -kabel tolasining solishtirma sig’imi mkF/km.
Sig’im uslubida 0,2-0,5 % aniqlikda kabelning uzilgan joyini aniqlash mumkin.
Akustik uslub nosoz kabelda elektr razryad hosil qilish mumkin bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Kabel tolalari orasida elektr razryad hosil qilinsa, razryad joyida elektromagnit to’lqinlar bilan birga tovush to’lqinlari ham yuzaga keladi. SHu tovush to’lqinlari yer ustida yoki suv ustida yetarli sezgirlikga ega bo’lgan akustik vositalar yordamida qayd qilinadi. Bunda tovush to’lqinlari kelayotgan tomonga harakatlanib zarlangan joyni yetarli aniqlikda topish mumkin. Kabelda impulslar hosil qilish uchun yuqori kuchlanishli doimiy tokda sinash qurilmalarining impuls generatorlari ishlatiladi. Kabel tarmoqiga yuqori kuchlanish to’g’irlagichidan yuqori kuchlanish impulsi beriladi. Bu impuls kabelni zararlangan joyida izolyatsiyani teshib o’tib, kabel tolalidan kabel metall qoplamasiga razryad ketadi. Razryad shovqini yer ustidan turib eshitilib ko’riladi. Razryad tovushlari AIP -3 yoki shunga o’xshash akustik induktsion asbobda eshitib ko’riladi. AIP-3 akustik induktsion asbob p’ezoakustik datchikdan, kuchaytirgichdan, telefon (boshga kiyiladigan) dan, alohida olib yuriladigan induktsion ramkadan iborat bo’ladi. Odatda sinash qurilmasi kuchma transport vositasiga o’rnatiladi va operativ guruhni texnik ishlatish tadbirlarini bajarishda ishlatiladi. Bu uslubning noqulayligi shundaki, kabel uzilish joyini aniqlash uchun mahsus sinash vositasi bilan operativ guruh (kamida uch kishi) kabel trassasida yurishi zarur.
Kabel tarmoqlarida nosozlik joylarini aniq topish uchun ko’pincha induktsion usul ishlatiladi. Bunda xuddi akustik uslubdagidek operativ guruh kabel trassasi bo’ylab yurib, magnit maydoni chastotasiga qarab zararlanish xarakteri va joyi aniqlanadi. Bunda kabel tarmoqi bo’lab yuboriladigan magnit maydonining ma’lum bir chostatasi tovushlari ushlanadi. Odatda nosozlik bo’lgan kabeldan chastotasi 800-2000 Gts bo’lgan tonal chastotali tok utkaziladi. Kabel atrofida magnit maydon kuchlanganligi tok kuchiga kabelni qo’shilish chuqurligiga va o’qidan bo’lgan masofaga bog’liq bo’ladi. Tovush genaratori bu holda operator bilan yurish shart emas. U kabel trassasining boshida boshqarish pultidan kabelga ulanadi. Operator telefonli naushnik bilan sinov zondi yordamida kuchaytirilgan to’lqinlarni qayd qiladi. SHu yo’l bilan elektr magnit maydoni tarqalayotgan joy, ulanish joylari, zararlanish zonasi aniqlanadi. qidiruv ishlarini tezlashtirish kam vaqt va mablag’lar sarflanishi uchun odatda kabel tarmoqidagi zararlanish zonasi bir uslublarda aniqlanib (sig’im, sirtmoq uslubi), keyin boshqa uslub bilan nosozlik joyi aniq topiladi. Nosozlik joyi olib ko’riladi va tegishli ta’mirlash ishlari bajariladi. Anik uslublar yordamida nosozlik joyi 0,5 mgacha aniqlikda topiladi.
Kabel tarmoqlari zararlangan bo’lsada, uning izolyatsiyasi qarshiligi yuqori bo’lib qoladi va nosozlik joyini aniqlashda tegishli uslubni topish qiyin bo’ladi. Nosozlik joyini aniqlashda kabel izolyatsiyasi kuydirilib qarshiligi 10-100 Om gacha pasaytiriladi. Kuydirish qurilmalarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish uchun uning qarshiligi zararlanish joyining o’tish qarshiligi atrofida bo’lishi kerak. Amalda yuqori kuchlanish bilan sinov ishlarini bajarish qiyinroq va sinov qurilmalarining ichki qarshiligi kam yoki o’zgaruvchan emas. SHuning uchun kabelni kuydirishda yuqori kuchlanish olish va sinov qurilmasining ichki qarshiligini yetarli darajada katta bo’lishini ta’minlash uchun kombinatsiyali uslublar qo’llaniladi. Kabelni kuydirishning boshlang’ich stadiyasi kuchlanishi 15 kV va undan ko’proq va toki 5 A gacha bo’lgan to’g’irlash qurilmalari ishlatiladi. Sinovning yakuniy stadiyalarida mahsus transformatorlar yordamida tok miqdorining yetarli miqdorini ta’minlanadi, bu yerda kuchlanish miqdori ancha pasayadi.
Kabelni kuydirishda rezenans usuli ko’pincha ishlatiladi. Uslub o’zgaruvchan tokda sodda qurilmada tez va oddiy o’tkaziladi. Kuydirish samarali bo’lish uchun yetarli kuchlanish beriladi. Bu uslubda ishlatiladigan transformatorlarning ikkilamchi cho’lg’ami o’ramlari o’zgartirilishi mumkin. Kuydirishda transformatorning ikkilamchi cho’lg’ami kabelga ulanadi. Kabelning sig’imi transformatorning ikkilamchi cho’lg’ami induktivligi bilan rezonans kontur hosil qiladi (tok chastotasi 50 Gts). Konturda tebranish transformatorning birlamchi cho’lg’amidan o’tadi. U 380 V sanoat tarmoqiga ulangan bo’ladi. Kabeldagi kuchlanish transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidagi o’ramlar soni o’zgartirib rostlanadi. Tarmoqdan olinayotgan quvvat konturning ichki qarshiligi hisobiga bir necha kVt bo’lishi mumkin, lekin konturda bir necha yuz kVt gacha reaktiv quvvat yuzaga kelishi mumkin. Kabel orqali to’liq quvvat o’tadi. Kabel izolyatsiyali kuchlanishning har ikkala qutblarida (amplitudaviy qiymatlarida) teshilishi mumkin. Kabelni teshilish chastotasi sekunddagi 100 gacha yetishi mumkin. SHuning uchun bu uslubda kabel izolyatsiyasi boshqa uslublarga nisbatan tezroq va samaraliroq teshilishi mumkin. Demak, kabel ishlab turganida, unda tabiiy eskirish oqibatida izolyatsiyasi susayib zararlanish holatiga yaqinlashganida kuydirish undagi nosozlikni aniqlash va avariyani oldini olish imkonini beradi.
5.8. Kabel elektr tarmoqlarini ta’mirlash Kabellar yerga yotqizilganligidan tashqi ta’sirlardan himoya qilingan-ligidan u uzoq vaqt xizmat qiladi, ishonchli ishlab turadi. Ishlatish davomida kabel izolyatsiyasi va kabelning metal qoplamalari ta’mir qilinadi.
Kabelning metal qoplamasi yer ishlari bajarilishida yoki korroziya natijasida zararlanishi mumkin. Agar kabel qoplamasi zararlansa uning ichki izolyatsiyasiga namlik o’tmasdan kabel soz holda ishdaligida tuzatiladi. Kabelning metal qobig’i zararlangan bo’lsa, uning ta’miri quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
- zararlangan kabelning metall qobig’i ikki tomonidan kesib ajratib olinadi.
- ustki ikkinchi qatlam lentasi nam bo’lmaganligi tekshirib ko’riladi.
- zavodda kabelga qilingan qoplamasini chetlari ochilib razbortovka qilinadi (ochib chegarasi qo’yiladi ).
- kabelni germetikligi tiklanadi. Kabelni har ikki tomonida ochilgan kabel tolalariga qo’rg’oshin trubka qo’yib kundalang ulanish joylari va bo’yinlari kovsharlanadi. Quyish teshigidan kabell massasi quyilgach teshiklari ham yopiladi. YAngi quyilgan qoplama kabel bronyasi bilan ulanadi, kabelni himoya qiluvchi cho’yan qobig’ichiga mahkamlanadi va yerga yotqiziladi, agar kabel ochiq o’rnatiladigan bo’lsa ustidan po’lat truba kiydiriladi.
Agar kabel qobig’i yemirilishi uning ichki qismi ham nosoz holga kelgan bo’lsa, izolyatsiya nam tortib qolgan yoki mexanik zararlangan bo’lsa, kabelning shu qismi kesib olib tashlanadi (kamida 3 metr) va shu markali kabel bo’lagi ulanadi. Kabel ikki tomonidan ikkita mufta yordamida ulanadi. Kabel ulanish joyi ilon izi qilib, uzunligiga zapas qoldirib yotkiziladi. Kabel izolyatsiyasining ta’miri agar kabel tolalarida izolyatsiya nosozligi topilsa va u bir joyda bo’lsa, kabel tarmog’i kesilmasdan tuzatilishi mumkin. Buning uchun kabel izolyatsiyasi ochib tolalari orasi ochilishi uchun shu joyda kabel uzunligida zapas bo’lishi kerak, yani kabel izolyatsiyasida namlik bo’lmasligi zarur. Kabel ochilgach unga yangi izolyatsiyalovchi lenta o’raladi ustiga qo’rg’oshin trubka kiydirilib teshigidan kabel massasi quyiladi. Keyin ta’mir jarayoni kabel qobig’ini ta’miriday mahkamlanadi. Kapital ta’mirda kabel tarmoqlaridagi oxirigi o’rnatilgan muftalarni yangisiga almashtiriladi va germetiklanadi. Kabelni muftalarini germetiklash uchun epoksid kompaudidan foydalaniladi. Izolyatsiyasi tiklangan kabel tolalari epoksid kompaudi bilan quyilgach ustidan qalay yoki alyuminiy trubka kiydiriladi. Ustidan 15-20 mm masofada x.b. lenta bilan o’raladi. Unga ham epoksid kompaundi surtilgan bo’ladi. Agar epoksid kompaud ikki tomonidan oqib chiqsa, u tozalab artiladi (benzin yoki atsetonga botirilgan latta bilan).
Kabelli tarmoqlar elektr jixozlarini o’rnatish qoidalariga, shu bilan birga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda bajarilgan bo’lishi kerak, shundagina u foydalanishga qabul qilinadi. Ularga ishlatishdan oldin albatta pasport qilinadi. Pasportda kabelli elektr uzatish tarmoqlari haqida ma’lumotlar, uni sinov xujjatlari, ishlatish davridagi ko’rilgan chora tadbirlar ko’rsatiladi.
5000>