1-ma’ruza «Elektr jixozlariga texnik xizmat koʻrsatish» faniga kirish. Reja



Download 1,3 Mb.
bet28/38
Sana30.08.2022
Hajmi1,3 Mb.
#847904
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
ELEKTR JIXOZLARI MA\'RUZA

Moyni regeneratsiya qilish. Ishlatish davrida moy oksidlanadi (eskiradi), bunda uning kimyoviy tarkibi o’zgarib boradi, kislota va smolalar hosil bo’ladi, birdaniga yangi moy tarkibida bo’ladigan tabiiy oksidlanishni to’xtatuvchi elementlar parchalanadi. Moy eskirishi natijasida transformator izolyatsiyasining yemirilishi tezlashadi. Ayniqsa organik asosli izolyatsiya yemiriladi. Lekin eskirishda moyning 3-5% qismini tashkil qilgan uglevodorodlar yemiriladi, moyning qolgan qismi (95-97 %) sifatli, o’zgarishsiz bo’lib qoladi. SHuning uchun moyning eskirgan qismidan tozalab u regeneratsiya qilinishi mumkin. Moy dastlabki sifat ko’rsatkichlariga qaytishi mumkin va u 5-7 yil yana ishlatish qilinishi mumkin. Lekin regeneratsiyadan keyin moy barqarorligini qisman yo’qotadi va u profilaktik sinovlardan o’tkazib turilishi zarur. Statistik ma’lumotlar transformatorlarning 30% avariyalari moyi sifatsiz bo’lganligidan ekanligini ko’rsatadi. Moyning va oxir oqibat transformatorning xizmat muddatini oshirish uchun qator chora tadbirlar ko’riladi.


Tekshirish uchun savollar:
1. Transformator ishga qanday tayyorlanadi?
2. Transformatorni yaroqliligi qanday aniqlanadi?
3. Transformator qanday quritiladi?
4. Transformator moyi ishlatish haqida ma’lumot bering?
5. Moy sifati qanday aniqladi?
6. Moy qanday tozalanadi?
7. Moy regeneratsiyasi haqida ma’lumot bering?
8- MAVZU:
Elektr motorlarga texnik xizmat ko’rsatish.
Reja:

  1. Elektr motorlarni ishlatishga qabul qilish.

  2. Motorlarning ish rejimlari va izolyatsiyasi.

  3. Elektr motorning texnik qarovi va joriy ta’miri.



Elektr motorlarni ishlatishga qabul qilish.
Elektr motorlarni ishlatishga qabul qilishda u ko’zdan kechiriladi. Motor bilan texnologik agregat va uzatma bir karkasda bo’lsa, hammasi ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari boshqarish shkafi, ishga tushirish-himoya vositalari ham ko’rib chiqiladi. Valning erkin aylanishi tekshiriladi, motorni aylanish yo’nalishi strelka bilan ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Motorni mahkamlanish boshmoqlari tekshirib ko’riladi, ularda yoriqlar bo’lmasligi zarur. Ularnish qutisi mexanik zararlanmagan bo’lishi zarur. Boshqarish – himoya vositalari motor oldiga o’rnatilishi zarur, agar boshqarish pulti boshqa yerda bo’ladigan bo’lsa, uning ishchi holati va ko’rsatkichlarini ko’rsatib turuvchi signal elementlari bo’lishi zarur.
Elektr motor o’rnatiladigan fundament massiv bo’lishi, kamida elektr motor vaznidan 15-20 barobar massaga ega bo’lishi zarur. Tarmoq kuchlanishini o’lchab turuvchi voltmetr, yuklamasi uchun esa ampermetr va signal lampalari soz bo’lishi zarur.
Elektr motorni eksplutatsiyaga qabul qilishda izolyatsiya qarshiligi o’lchab ko’riladi. Izolyatsiya qarashligi kamida 0,5 MOm bo’lishi kerak. Odatda zavoddan kelib tushgan motorlarda izolyatsiya qarshiligi MOm atrofida bo’ladi. Ishga tushirish, himoya vositalarining izolyatsiyasi ham kamida MOm qarshilikda bo’lishi kerak. O’rnatilganda motorlarni fazalaridan tashqari korpusi yerga ulanish tarmog’iga ulanadi: Om bo’lishi zarur. yerga ulanish konturi zararlanishlardan himoya qilingan bo’lishi zarur.
Elektr motorni ishga tushirishdan oldin fazalarining boshi va oxirlari tekshiriladi. Valning erkin aylanishi ko’riladi, Izolyatsiyasi qarshiligi o’lchab ko’riladi, ishga tushirish - himoya vositalarining sozligi tekshiriladi. Tarmoq kuchlanishi va motor fazalar ulanishi mosligi tekiriladi, fazalar simmetriyasi o’lchab aniqlaniladi.
Uch fazali asinxron elektr motorlar tarmoqqa to’liq kuchlanishga to’g’ridan to’g’ri ulanadi. Motorni ishga tushirishda tarmoq kuchlanishining pasayishi aniqlaniladi, yoki kuchlanish isrofi quyidagicha aniqlaniladi.
(7.1)
bu yerda: – tarmoq qarshiligi, Om
– ta’minlovchi transformator qarshiligi, Om
– motor qarshiligi,
tarmoq nominal kuchlanish, V
– motorni ishga tushirishdagi tok miqdori, A
Agar kuchlanishning pasayishi 15… 20% dan kam bo’lsa, asinxron elektr motorlar tarmoqqa to’liq kuchlanishga to’g’ridan to’g’ri ulanishi ruhsat etiladi. Aks holda maxsus sxemalar yoki vositalar qo’llaniladi. Elektr motorni ishga tushish holati ish mashinasi bilan birga ham tekshirib ko’rilishi zarur. Motorni ishga tushirishda tok miqdori nominal tokga nisbatan 5-7 barobar ko’tarilishi mumkin. Motorning tokini ishga tushirishda chegaralash uchun qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlarda bir necha uslublar qo’llaniladi: agar normal ish rejimida motor stator chulg’amlari uchburchak sxemada ulangan bo’lsa, uni ishga tushirishda yulduz sxemasida ulanadi, ishga tushirib bo’lgach, uchburchak sxemasiga o’tiladi; motor ishga tushirishda avtotransformator yoki reaktor orqali ulanadi, yirik elektr motorlarda; agar rotori faza chulg’amli bo’lsa rotor chulg’amlariga qo’shimcha qarshilik ulanadi.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish