1-maruza. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fani tushunchasi va mohiyati. O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari



Download 34,75 Kb.
bet1/5
Sana11.06.2022
Hajmi34,75 Kb.
#655134
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 maruza Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fani tushunchasi


1-maruza. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fani tushunchasi va mohiyati. O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari

1. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanining maqsadi, vazifasi boshqa fanlar bilan bog’liqligi.


2. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanining rivojlanish tarixi
3. Bolalar o’sishi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari


Tayanch tushuncha va iboralar: anatomiya, akseleratsiya, geteroxroniya, fiziologiya, ontogenez, reterdatsiya, prenatal, postnatal,


1-savolning bayoni. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fani bola organizmining har qaysi to’qima va a’zolarining tuzilishi, faoliyati, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, uning yashashi, sog’lom bo’lishi, uzoq umr ko’rishi uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish va sog’lom turmush tarziga rioya qilish kabi masalalar bo’yicha batafsil bilim beradi.
Anatomiya – oranizmning tuzilishi; organlarning hajmi, kattaligi va joylashish o’rnini o’rganadi.
Fiziologiya esa – organlar sistemasi, organlar, to’qimalar va hujayralarning faoliyati hamda funktsiyalarini o’rganadi.
Fanning maqsadi odam organizmining o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to’qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini to molekulyar darajasida turli yoshga aloqador davrlarda aniqlashdir.
Fanning vazifasi bola organizmining moddiy tabiatini va uning rivojlanishini ochib berishdir.
Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi bir qancha fanlar: odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, ekologiya, tibbiyot, pedagogika, psixologiya fanlari bilan chambarchas bog’langan. Masalan, Bolalar anatomiyasi fani jigarning qaerda joylashgani, uning og’irligini o’lchaydi. Fiziologiya esa jigar to’qimasi va hujayralarida ketadigan hayotiy jarayonlarni aniqlaydi. Yosh fiziologiyasi va maktab gigienasi fani esa jigarning turli yosh davrlaridagi og’irligini, bajaradigan ishining o’zgarishini, uning kasallanmaslik chora-tadbirlarini ko’rish bilan shug’ullanadi, tavsiyalar beradi. Yoki ekologiya faniga oid ma’lumotlardan, maslan, atrof-muhitning sog’lomlik darajasi haqidagi ma’lumotlardan gigiena ham foydalanadi, deylik bog’cha va maktab binosini qaerga va qanday qurish lozimligini tavsiya qiladi va h.k.
Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi pedagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Pedagoglar ta’lim-tarbiya ishlarini Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi ma’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan hamda yoshga aloqador xususiyatlarini nazar-e’tiborga olmasdan turib ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin emas. Bolalarni to’g’ri o’stirib tarbiyalash mamlakatni yuksaltirish va taraqqiy ettirish garovidir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrdan boshlaboq yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan qarorlarni qabul qildi, bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Masalan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 3 dekabrdagi 589- qarori bilan “Yosh avlodni sog’lomlashtirish muammolarini kompleks hal etishning kengaytirilgan dasturi” ni tasdiqladi. Mazkur dasturda odam sog’ligini mustahkamlash va umrini uzaytirishda jamiyatimizning har bir a’zosi sog’lom turmish tarziga amal qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000 yil 15 fevraldagi 46-sonli qarori bilan “Sog’lom avlod” davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu davlat dasturi asosida mustaqil O’zbekiston oldida turgan asosiy masalalardan biri bu ta’limg’tarbiya tizimini tubdan o’zgartirib, uni hozirgi zamon talablari darajasiga ko’tarishdir.
Pedagog bilib olishi shart bo’lgan birinchi narsa, bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola tanasining anatomiyasi va fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan turib, yoshga aloqador hususiyatlarini nazar — e’tiborga olmasdan turib ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin emas. Bolalarni to’g’ri o’stirib tarbiyalash mamlakatni yuksaltirish va taraqqiy ettirish garovidir.



Download 34,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish