1-maruza. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fani tushunchasi va mohiyati. O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari



Download 34,75 Kb.
bet4/5
Sana11.06.2022
Hajmi34,75 Kb.
#655134
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 maruza Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fani tushunchasi

Akseleratsiya. Tashqi muhit sharoiti, irsiy dasturlar va boshqa omillar ta’siri ostida o’sish va rivojlanish jarayonlarining tezlashish akseleratsiya deyilib (lot. acceleratio – tezlashuv), bu atamani ilk bor nemis shifokori R.Kox 1935 yilda biologiya va tibbiyot faniga kiritdi. Akseleratsiya faqat jisminiy o’sishgagina emas, balki aqliy rivojlanishga ham taalluqlidir. Odatda guruh va davr akseleratsiyalari farqlanadi. Ma’lum bir yoshdagi ayrim bolalarning jismonan va aqlan tengdoshlariga nisbatan ustun bo’lishi – guruh akseleratsiyasi misolidir. Hozirgi zamon bolalari va o’smirlarida oldingi avlodlarga nisbatan o’sish va rivojlanish jarayonlarining tezlashuvi, balog’atga etish davrining vaqtidan oldin boshlanishi, sensor va somatik tizimlarning tezroq rivojlanishini davr akseleratsiyasiga misol qilib olish mumkin. Keyingi 30 – 50 yil davomida chaqaloqlarning tana massasi 500 gr, tana uzunligi esa, 2,0 – 2,5 sm oshib ketdi. 15 yoshli o’smirlarda tana uzunligi 6 – 10 santimetrga, tana massasi esa 3 -10 kga ko’payganligi qayd qilingan. Yurak – qon tomirlari, nafas olish va harakat tizimlarining akseleratsiyasi sportning «yosharishiga», ya’ni sport bilan shug’ullanuvchilar orasida yoshlarning ko’payishiga olib keldi.
Jismoniy ko’rsatkichlarning akseleratsiyasi ruhiy rivojlanishning tezlashuviga olib keladi. Ruhiy akseleratsiyaga hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari: radio, televidenie, kompyuter va internet tarmoqlarining keng tarqalishi, axborotlar hajmining ko’payishi tufayli ham sodir bo’lishi mumkin.
Huddi shunigdek, jinsiy etilishda ham akseleratsiya kuzatilmoqda. Masalan: 1900 yillarga nisbatan hozir o’g’il va qiz bolalarning jinsiy etilish o’rtacha 2 – 3 yilga tezlashgan. Chexoslovakiyada 1914 qizlarda hayz ko’rish boshlanishi 14 yoshga to’g’ri kelgan bo’lsa, XX asrning ohirlariga kelib 12 yoshga to’g’ri kelgan. Tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishi bolalar akseleratsiyasiga katta ta’sir qiladi.
Akseleratsiya ko’pincha ijtimoiy, tabiiy sharoit o’zgarishi bilan yuz beradi. Masalan: alimentar omil, yani ovqatlanishning yaxshilanishi, uning oldingi asrlarga nisbatan miqdor va quvvat jihatidan yuqori darajada hamda rang – barang bo’lishi o’sish va rivojlanishni tezlashtirgan omillardan biridir. Yani geterozis – aholining keng megeratsiyasi natijasida turli millat, irq kontinent, davlatlar yoshlari o’rtasida nikohlarning ko’payishi bois tug’ulgan bolalarning jismoniy rivojida nisbatan ustunlik kuzatiladi. Urbanizatsiya tufayli ham, ya’ni shahar aholisining ko’payishi va ushbu sharoitda axborot almashinuvi tezlashganligi bois bolalarning jismoniy va aqliy rivoji tezlashadi. Keyingi yillarda ijtimoiy va ijtimoiy - gigienik sharoitning yaxshilanishi kasalliklarning kamayishiga, sog’lom hayot tarzini tashkil qilishga imkoniyat yaratib , o’z o’rnida akseleratsiyaga olib kelishi mumkin. Ba’zi bir adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda kosmik nurlarning ta’sirida tegishli mutatsiyalar paydo bo’lib, ular ham akseleratsiyaga sabab bo’lishi mumkin.
Akseleratsiyaning o’ziga yarasha negativ taraflari ham mavjud. Masalan: oxirgi 50 yil ichida yangi tug’ulgan chaqaloqlar vaznining 1 – 1,5 kg ga ko’payishi o’z novbatida bolalarda semirishga moyillikni kuchaytirmoqda. Semizlik va ko’pchilik kasalliklarga, ko’pincha yurak – qon tomirlar kasalliklari – gepirtoniya, ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi va boshqalarga olib kelishi mumkin.

Download 34,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish