1-Ma’ruza: “Amaliy dasturiy paketlar” faniga kirish uning maqsadi va vazifasi



Download 26,34 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2022
Hajmi26,34 Kb.
#476878
  1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-Ma’ruza: “Amaliy dasturiy paketlar” faniga kirish uning maqsadi va vazifasi.
"Amaliy dasturiy paketlat" predmeti muhandislar, tizimlarni avtomatlashtirish va boshqarishni modellashtirish, loyihalashda foydalaniladigan amaliy dasturlarni ishlash prinsiplari va nazariyasini o’rganishda asosiy tayyorgarlikni ta’minlaydi. Bu talabalarni ixtisoslashtirilgan mutaxassisliklarini rivojlantirishga, boshqarish nazariyasini, avtomatlashtirish elementlari va qurilmalarni o’rganish, optimal (maqbul) va moslashuvchan tizimlarni o’rganishga tayyorlaydi.
Talabalar fanni o’qish jarayonida quyidagi natijalarni bilish talab etiladi:
- amaliy axborot tizimlarini yaratish tamoyillarini bilish;
- har xil ma’lumotlarni qayta ishlash uchun zamonaviy dasturiy vositalardan foydala olishi;
- ichki qurilgan dasturlash tillari yordamida amaliy masalalarni yechish jarayonini avtomatlashtira olishi;
- amaliy dasturiy ta’minot bozorining bugungi holati va yo’nalishlari haqida tushunchalarga ega bo’lishi.
2. Amaliy dasturlar klassifikatsiyasi. ADPni rivojlanishining asosiy bosqichlari, hozirgi holati.
Amaliy dasturlarni tasniflash xususiyatlarini ko’rib chiqishdan oldin biz aniq va izchil tasniflash modelini yaratishga yordam beradigan bir necha asosiy tushunchalar va ta’riflarni qaraymiz.
Dasturiy ta’minot (DT) – aniqlangan muayyan masalarni yechishga mo’ljallangan va EHM tashuvchilarida saqlanatotgan, dasturlar va ma’lumotlar majmuidir.
Dastur – hisoblash mashinaning boshqarish qurilmasida bajarishga mo’ljallangan va ba’zi masalalarning hal qilishni algoritmini ifodalovchi rasmiylashtirilgan ko’rsatmalar ketma-ketligidir.
Amaliy dasturiy ta’minot – oxirgi foydalanuvchiga yo’naltirilgan va foydalanuvchi masalalarini yechishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot.
Amaliy DT quyidagilardan iborat:
- foydalanuvchilarning turli masalalarini yechish uchun mo’ljallangan alohida amaliy dasturlar va amaliy dasturlar paketlari;
- ushbu paketlarga asoslangan avtomatlashtirilgan tizimlar.
Dasturiy ta’minotni klassifikatsiyalash
U yoki bu dastur yo’naltirilgan ATining tavsiflash darajasida ishlatilayotgan mezonlar sifatida belgilanishiga ko’ra dasturiy ta’minot klassifikatsiyalanadi. Shunga mos ravishda, dasturiy ta’minot quyidagi sinflarga ajraladi:
Tizimli dasturiy ta’minot – umumiy boshqarish masalalarini hal qiladi va tizimni butun ishlay olishini ta’minlaydi. Bu sinfga operatsion tizimlar, yuklash menedjerlari, qurilma drayverlari, dasturiy kodeklari, utilitlar va va ma’lumotlarni himoyalashning dasturiy vositalarini o’z ichiga oladi;
Instrumental dasturiy ta’minot – ishlab chiqarish vositalarini (translyatorlar, otladchiklar, integral muhitlar, turli xil SDKlar va h.k.) va ma’'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini (MBBT) o’z ichiga oladi;
Amaliy dasturiy ta’minot – oxirgi foydalanuvchilar masalalarini hal qilish uchun mo’ljallangan. Amaliy DT, keyinchalik klassifikatsiyalash imkoniyati doirasida, eng keng dasturlar sinfi hisoblanadi, masalan, predmet soha bo’yicha. Bunday holda, guruhlashtiruvchi xususiyat, dastur tomonidan hal qilingan masalalar sinfi hisoblanadi.
Integratsiya darajasiga qarab, ko’plab amaliy dasturiy vositalar quyidagi shaklda tasniflanadi:
- alohida amaliy dasturlar;
- amaliy dasturlar kutubxonalari;
- amaliy dasturiy paketlar;
- integrallashgan dasturiy tizimlar.
Alohida amaliy dasturlar, qoida bo’yicha, ba’zi bir yuqori darajali dasturlash tilida (Paskal, BASIC, va boshqalar) yoziladi va muayyan amaliy masalalarni hal qilish uchun mo’ljallangan.
Kutubxona o’zida, har biri ba’zi amaliy masalarni yechadigan yoki aniqlangan yordamchi vazifalarni bajaradigan (xotirani boshqarish, tashqi qurilmalar bilan almashish va hokazo) alohida dasturlar to’plamini tavsiflaydi. Shartli ravishda ularni umumiy maqsadlarga mo’ljallangan kutubxonalarga va maxsus kutubxonalarga bo’lish mumkin.
Amaliy dasturlar paketi (ADP) – bu muayyan sinf masalalarini yechishga yo’naltirilgan o’zaro munosabatdagi dasturlar kompleksidir.
Integrallashgan dasturiy tizimlar – bu elementlari turli dasturiy paketlar va kutubxonalar hisoblanadigan dasturlar kompleksidir.
Amaliy dasturlar paketi tushunchasi
Shunday qilib, ADP – bu muayyan predmet soxasida aniqlangan masalalar sinfini yechish uchun o’zaro bog’liq bo’lgan dasturlar kompleksidir. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning hozirgi bosqichida aynan ADP dasturiy ta’minotning eng mashhur turi hisoblanadi. Bu ADP ning yuqorida aytib o’tilgan xususiyatlariga bog’liq. Ularni batafsil ko’rib chiqamiz:
- masalalar sinfini yechishga yo’naltirilgan. Asosiy xususiyatlardan biri ADP-ni alohida masalaga emas, balki muayyan predmet soxasidagi, jumladan maxsus ba’zi masalalar sinflariga yo’naltirilganligi hisoblanadi.
- til vositalarining mavjudligi. ADP ning yana bir o’ziga xos xususiyati, uning tarkibida, paket yechayotgan masalalar sonini kengaytirish yoki paketni maxsus ehtiyojlarga moslashtirish imkonini beradigan maxsuslashtirilgan dasturlash vositalarining mavjudligi hisoblanadi. Qo’llab-quvvatlanadigan tillar dastlabki masalalarni rasmiylashtirish, yechim algoritmini va boshlang’ich ma’lumotlarni tavsiflash, tashqi ma’lumotlar manbalariga murojaatni tashkil qilish, dasturiy modullarni ishlab chiqish, predmet soha modullarini tavsiflash, muloqot tartibida yechish jarayonlarni boshqarish va boshqa maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin.
- paket komponentlari bilan ishlashning bir xilligi. ADP ning yana bir xususiyati komponentlar bilan birlashtirilgan ishni ta’minlaydigan maxsus tizim vositalarining mavjudligidir. Ularning soniga ixtisoslashgan ma’lumotlar banklari, axborotni ta’minlash vositalari, operatsion tizim bilan paketlarni o’zaro almashish vositalari, odatdagi foydalanuvchi interfeysi va boshqalar kiradi.
Rivojlanishning asosiy bosqichlari, zamonaviy holatlariga umumiy nuqtai nazar.
Zamonaviy paket maxsus tizim va til vositalari qo’shilgan murakkab dasturiy tizimlar hisoblanadi. Hisoblash ADPning qisqacha rivojlanish tarixiga nisbatan paketlarni 4 ta asosiy avlodga (sinf) ajratish mumkin. Ushbu sinflarning har biri ADP tarkibiga kirgan – kirish tillarini, predmet va tizimli ta’minot kabi komponentlarning aniq xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Birinchi avlod. Birinchi avlod ADPlarida kirish dasturlash tillari sifatida universal dasturlash tillari (Fortran, Algol-60 va hokazo) yoki operatsion tizimlarga mos vazifalarni boshqarish tillari ishlatilgan. Kirish tillarining muammoli yo’naltirilganligi identifikatorlarda mos keladigan mnemonika tufayli erishildi. Bunday tilda topshiriqlarni tuzish amalyotda algoritmik tillarda yozilgan dasturlardan farq qilmagan.
Ikkinchi avlod. Ikkinchi avlod ADP ni ishlab chiqish allaqachon universal dasturlash tillariga asoslangan maxsuslashtirilgan kirish tillarini tadbiq etish bilan amalga oshirildi. Bunday tillarni muammoga yo’naltirish nafaqat muayyan mnemonikalarni qo’llash orqali erishilgan, balki muammoni shakllantirishni soddalashtiradigan va undan sezgir bo’lgan tegishli til tuzilmalari yordamida erishildi. Bunday tilning translyatori o’zida algoritmik tilga mos keladigan translyatordagi preprotsessor (ko’pincha mikroprotsessor) ni tavsiflaydi.
Uchinchi avlod. ADPni rivojlantirishning uchinchi bosqichi dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilarga mo’ljallangan mustaqil kirish tillarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bunday ADPlarda asosiy e’tibor oddiylik va qulaylikni ta’minlaydigan tizim komponentlariga bo’ladi. Bunga asosan kirish tillarining ixtisoslashuvi va hisob-kitoblarni avtomatlashtirilgan rejalashtirish uchun paketlar to’plamiga kiritilishi tufayli erishiladi.
To’rtinchi avlod. To’rtinchi bosqich, interaktiv rejimda ishlaydigan ADPni yaratish bilan tavsiflanadi. EHM bilan muloqotning asosiy ustunligi – bu masalani qo’yish, uni yechish va olingan natijalarni tahlil qilish jarayonida foydalanuvchi bilan faol teskari aloqaning mavjudligi hisoblanadi.
Bugungi kunda katta e’tibor «intellektual ADP»ni yaratish muammosiga qaratilmoqda. Bunday paket oxirgi foydalanuvchiga o’zining masalasini, uning yechim algoritmini ko’rsatmasdan turib, terminlar orqali shakllantirishga imkon beradi. Yechim sintezi va butun dasturni yig’ish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Yechimning bunday usuli ko’pincha kontseptual dasturlash deb ataladi, ularning xarakteristikalari masalani qo’yish bosqichida EHMdan foydalanib predmet sohasidagi terminlarda dasturlash, masalani yechish dasturlarini avtomatik sintezi va bilimlar bazasida masalani yechish haqida bilimlarni to’plash hisoblanadi.

Download 26,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish