1 Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi



Download 22,43 Kb.
bet2/2
Sana19.12.2022
Hajmi22,43 Kb.
#890956
1   2
Bog'liq
oraliq javob

1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. 
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
2 Didaktika va metodikaning maqsadi: ta’lim berish, o'qitish, o'rgatishni amalga oshirishdir. Didaktika «nimani?» va «nima uchun?» o‘qitish kerak degan savollar bilan shug'ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog‘liq holda «qay tarzda, qanday?» va «nimalar yordamida o'qitish?» lozim masalalari bilan shug‘u)lanadi. Didakti­kaning an’anaviy «qanday o'qitish kerak?» degan savoli bizni o'qitish metodlari kategoriyasiga olib keladi. Metodlarsiz qo'yilgan maqsadlarga erishib bo'lmaydi. U qo'yilgan maqsad bilan natijani bog'laydi.
«Metod» atamasi yunoncha «methodos — tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya, ta’limot» so'zidan kelib chiqqan bo'lib — tadqiqot yo'li, liaqiqalga ifililisli, bilisli, liarakaf qilish yo'llari, kutilayotgan natija^a erishish usuli ma’nosini anglatadi. Metod deganda voqyelik- ni amaliy yoki nazariy o'zlashlirish usullari tushuniladi. Faoliyat­ning lurli jabhalarini o'rganishni qamrab olgani holda ilmiy bilish va uning usullari metodikaning asosiy yo'nalishidir. Unda ta’lim va larbiya berish usullari asosiy o'rinda turadi. Metod — o'qituvchi bi­lan o'quvchi-talabalarning ta’lim-tarbiyadan qo'yilgan maqsadga erishishga qaratilgan tartibga solingan, tizimlashtirilgan faoliyatdir.
Metod nihoyatda serqirra bo'lib, juda ko'p komponentlarni jamlaydi. Uning qirralariga: ta’lim-tarbiyaning maqsadi; o'qituvchi tanlagan maqsadga yetish usullari; o'qituvchi bilan o'quvchi- talabalarning hamkorlik qilish yo'llari; ta’lim maqsadini aniq o'quv materiali mazmunida ifodalash; ta’lim-tarbiya jarayonining (qonun, qonuniyatlar, prinsiplar) mantig'i; axborotlar manbasi; o'qituvchining mahorati; ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining faolligi; o'qitish vositalari va usullari tizimi va boshqalarni yozish mumkin. Murakkabligi uchun ham metodni yagona ma’noga ega tarzda ifodalash qiyin. Shu bois metodning mazmun-mohiyatini, sifatlarini soddalashtirilgan variantdagi ta’riflarda berishga to'g'ri keladi.
O'qitish metodlarining serqirraligi, murakkab tuzilishga ega ekanligi unga turli jihatdan yondashuvlarda o'z ifodasin1 topadi. P. Podlasiyning fikricha, metod-jarayonning o'zagi, rejalashtirilgan maqsadni yakuniy natija bilan bog‘lovchi bo‘g‘in. Uning «Maqsad — mazmun — metodlar — shakllar - o‘qitish vositalari» tizimidagi roli hal qiluvchidir1. Pedagogik amaliyotda, an'anaga muvofiq, o‘quv - tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo'llanilayotgan, tartibga solingan faoliyat usuli metod deb tu­shuniladi. Bunda o‘qituvchining o‘qitish faoliyati usullari bilan o'quvchining o'qish faoliyatining usullari bir-biriga bog'liqligi ta’kidlanadi.
0‘qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o'qitishning maqsadi, o‘zlashtirish usuli^ o‘quv jarayoni qatnashchilari (o'qituvchi-; o‘quvchi, talaba)ning o‘zaro munosabati. Ta'lim metodlari bir tomondan, obyektiv xarakterga ega bo'lib, qaysi pedagog qollashidan qat’i nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan bog‘liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda maqsadlarning doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining mazmuni, shaklini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, subyektiv xarakterga ega bo'lib, u pedagog shaxsi, o'quvchi-talabalarning o'ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanadi, Metodlarning obyektiv hamda subyektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir. Metodlarning obyektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to'liq subyektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo'lgan, tola obyektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Haqiqat, odatda, barcha fikrlarning o‘rtasida tug ‘Uadi. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo'lgan obyektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko'p holatlarda esa eng yaxshi bo'lgan amaliyot yo'llari tavsiya etiladi. Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta’riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining shakllariga xos bo'lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta’lim oluvchilarning o'ziga xosligi va aniq sharoitga bog'liq. Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo'lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo'yilgan maqsadga ко' ra eri- shilgan natijada o'z aksini topadi. Metodlarning obyektiv jihatini didaktik prinsip nuqtayi nazaridan talqin etish, uning nazariyasini
3 idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takror tiklash qobiliyatida namoyon boʻladi.
Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Forobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.
Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (qarang Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira kulami, axborotlarning uzoq vaqt va mustaxkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chikish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq muddatli Xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli Xotirada axborotlar bir necha dakiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (mas, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli Xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Kisqa muddatli Xotira astasekin uzoq muddatli Xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi Xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼl-atvori va sh.k. bilan uzviy bogʻliq.
Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional Xotira (histuygʻuni esda tutish), obraz Xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz*mantiq Xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan hodda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz*mantiq Xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz Xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy Xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz Xotirada bunday maksad boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz*oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy Xotira ixtiyorsiz Xotiradan samaraliroq.
Fanda Xotira bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. „Normal“ unutishni psixik kasalliklardagi Xotira buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda Xotira susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga boʻlmagan voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya), Bunday soxta Xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari, ogʻir zaharlanishlar oqibati (mas, alkogolizmda uchraydigan psixoz) va sh.k. kiradi. Xotira buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga eʼtiborni qaratish kerak.
Download 22,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish