1. Maktabgacha ta’lim taraqqiyotida boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlari
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Koraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shaxar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shaxar) Xalq ta’limit egishli bo’limlari maktabgachata’limni boshqarishning vakolatli organlari xisoblanadilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shaxar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shaxar) Xalq ta’limi tegishli bo’limlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlarva Toshkent shaxarxokimliklari, tuman (shaxar) xokimliklariga ikki tomonlama bo’ysunadilar.
Maktabgacha tarbiya muassasalarini boshqarish xalq deputatlari Kengashi qoshidagi xalq Kengashining vazifasiga kiradi.
Viloyat, shaxar, rayon xalq ta’limi boshqarmasi kengashi a’zolari turli xildagi maktabgacha tarbiya muassasalari tarmog’ini rivojlanishini ta’minlaydi. U bolalarbogchasining moddiy texnika bazasini mustaxkamlash, yangi muassasalarni kurish, mablag bilan ta’minlash, kadrlar tanlash ishlariga ko’mak beradi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni yo’lga quyadi, metodik materiallar bilan ta’minlaydi, idoralar, jamoat tashkilotlari xamda shaxsiy tashabbuslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Alohida olingan maktabgacha tarbiya muassasasining ishidagi kollegional, demokratiya usullariga yordam berish va qullash, uning mustaqilligini oshirish maqsadida maktabgacha tarbiya muassasining jamoatchilik asosida ish olib boradi va kengashida kuriladi.
Kengash xomiylik qiluvchi muassasalarning eng faol va manfaatdor bo’lgan ishchilardan, ota-onalar jamoatchiligidan, maktab vakillaridan, maktabgacha tarbiya xodimlaridan, meditsina xizmatchilaridan, maxalla qo’mitasidan vakillar iborat buladi. Maktabgacha tarbiya mudirasini tegishli rayon xalq ta’limi idorasi tomonidan tayinlanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarini mablag bilan ta’minlovchi asosiy manba – davlat mablag’i bo’lmogi kerak.
Xalq ta’limi bo’limi – bu maktab, maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari, maktab internatlar va litsey – kollejlarga raxbarlik qiluvchi yuqori organ bulib xisoblanadi.
Xalq ta’limi bo’limi quyidagi qismlariga bo’linadi.
Maktabgacha tarbiya.
Maktab va maktabdan tashqariishlar.
Litsey, kollejlar.
Xalq ta’limi bo’limi maktabgacha tarbiya qismida 1 ta inspektor – nazoratchi va 1 ta metodist – uslubchi lavozimi ish yuritadi. Bu bo’limning ish faoliyati bevosita shu tegishli xalq ta’limi bo’limiish rejasi bilan bog’langan bo’lib, 5 yilga istiqbol rejasi va xar yili uchun ish rejasi tuziladi.
Xalq ta’limi vazirligi quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Maktabgacha tarbiya
Maktab va maktabdan tashqari ishlar.
Maxsus axamiyatga molik bulgan muassasalar.
Kollej va litseylar xar bir yo’nalishning vaziri, vazir o’rinbosari, boshqarmasi va bo’linmalari, mavjud. Maktabgacha tarbiya bosh boshqarmasi uz faoliyatida mamlakatimizda maktabgacha tarbiya ravnaqi uning rivojiga raxbarlik qiladi va uni ishini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |