Bilet – 18
1. Ma’naviy boshqaruv, pedagogic jarayonlarni boshqarish
Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni rejalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich – tahliliy. Mazkur bosqichda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonining mavjud holati tahlil etiladi; rejani amalga oshirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi. Bu rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanib, Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining samaradorligini rejalashtirish jarayonining qanchalik to‘g‘ri bashorat qilin-ganligiga bog‘liq. Maktabgacha ta’lim muassasalari avvalgi yildagi faoliyatini tahlil etish chuqur va haqqoniy amalga oshirilishi zarur.
2-bosqich – maqsadli. U o‘z ichiga ijtimoiy buyurtma bilan bog‘liqlikda rejalashtirilgan bosqichdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy maqsad va vazifalarini belgilash, natijalarni tahlil etish, rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarishga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablarni aniqlash; maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati turli ish rejalarining mazmunan bir-biriga mosligi; rejada belgilangan ishlarning pedagogik jamoa imkoniyatlari va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliya-tining moliyaviy-iqtisodiy holatiga muvofiqligi kabilarni qamrab oladi.
3-bosqich – mazmunli: davlat hujjatlari va qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq o‘quv-tarbiya jarayoniga yo‘nalganlikni ajratib ko‘rsatish; maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarish ketma-ketligini aniqlash.
4-bosqich – normativli. Mazkur bosqichda ajratilgan yo‘nalishlar uchun mas’ul kadrlar taqsimlanadi, qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun vositalar ajratib olinadi, ishni amalga oshirish muddatlari belgilanadi.
5-bosqich – nazorat: reja bo‘limlarining bajarilishi yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat turlari va mazmunini aniqlash.
Rejalashtirish boshqarishga bevosita rahbarlik qilish yoki uni amalga oshirish yo‘lidir. Boshqarishda belgilangan maqsad, tadbirlarni hayotga tadbiq etish uchun rejalashtirish kerak. So‘ng uni ijrochilar xukmiga havola qilish lozim. Rejalashtirish qaror qabul qilish va ijrosini nazorat qilishdir. Rejalashtirishning mohiyati shundaki, unda boshqarishning maqsad va vazifalari aniqlanadi, har bir tadbirni bajarish muddati, mas’ul shaxs, uning ijrosini tekshirish va nazorat usuli aniqlanadi.
Rejalashtirish boshqarish modelini, fikriy nusxasini ishlab chiqish demakdir. Rejalashtirish pedagoglar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish maqsadini va bunga erishish vosita, yo‘llarini belgilashdir. Bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablar ketma-ketligi, bajarish muddati, shakli belgilanadi. Rejalashtirish boshqarish lozim bo‘lgan sohalarni ma’lum ketma-ketlik, chizmali, grafik yoki model tariqasida amalga oshirishi mumkin. Rejalashtirishda boshqarish bilan bog‘liq harakatlar o‘zaro muvofiqlashtirilib, yuqori natijaga erishishni tashkil etish mumkin. Bu esa o‘z navbatida jarayonga ishtirok etuvchilardan harakat va munosabatlarni ongli va qat’iy tashkil etishni talab qiladi. Shu asosda yagona maqsadga erishish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |