Bolalar nutqini o'stirish fani
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi katta bolalar bilan ularning turli janrlardagi (mualliflik ertaklari, she'rlar misolida) adabiy asarlarni qabul qilish va tushunishlariga oid mashg‘ulotlarni kuzatish hamda tahlil qilish
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
2. Bolalarni badiy adabiyot bilan tanishtirishga qo’yilgan davlat talablari.
3. Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
4. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Tayanch tushunchalar:janr, ertak, mualliflik ertaklari, she’r, adabiy asar
Har bir til o‘zining asosiy qismlariga ega – bu lug‘at boyligi (leksika), tovush tizimi (fonetika) va grammatik to‘z ilishi (grammatika)dir.
Lug‘at boyligi (leksika) go‘yo o‘zida bizning atrof-olam haqida, bir odamning psixik xayoti haqidagi turli xil bilimlarimizni saqlaydi. So‘zdagi asosiy narsa – uning mazmuni va semantik tarkibidir. Leksika tilning qurilish materiali, uning mazmun tomoni hisoblanadi. Til qanchalik rivojlangan bo‘lsa, uning lug‘at tarkibi ham shunchalik boy bo‘ladi. Har bir tildagi ko‘p sonli so‘zlar ichidan tilning asosiy lug‘at jamg‘armasini tashqil qiladigan asosiy o‘zak so‘zlarning muayyan guruhini ajratish mumkin. Tilning lug‘at jamg‘armasi – bu leksikaning juda barqaror, asrlardan buyon yashab kelayotgan qismi bo‘lib, u barcha yoki deyarli barcha yangi so‘zlar va so‘z birikmalarining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tovush tizimi leksika va grammatika bilan o‘z viy bog‘liqdir. Jaranglayotgan nutq yordamida inson boshqa kishilar bilan muloqotda bo‘ladi hamda o‘z fikrlari va xis-tuyg‘ularini ifoda qiladi. Bir til fonetikasi odatda, boshqa til fonetikasiga o‘xshash emas, ya’ni jaranglayotgan nutq go‘yo bir tilni boshqasidan o‘z oqlashtiradi. Bir til doirasida talaffuz me’yorlari yagona bo‘ladi (shevalar adabiy tildan katta bo‘lib, ular undan farq qiladilar).
Tilning grammatik qurilishi gapda so‘zlar va so‘z birikmalarini o‘zgartirishga oid qonunlar hamda qoidalarning umumiyligi hisoblanadi. Grammatika yordamida gapdagi so‘zlar joylashtiriladi va bir-birlari bilan qo‘shiladilar. So‘zlar faqat gaplar orqaligina muloqot vositasiga aylanadilar. Gapdan tashqarida har qanday so‘z, xox u ona tilidagi, xox chet tilidagi so‘z bo‘lsin, muayyan ma’noga ega bo‘lmaydi. SHuning uchun tilni o‘rganishda uning grammatik to‘z ilishini o‘zlashtirish ulkan ahamiyat kasb etadi. Bolalarga ta’lim berishda orfoepiya, grammatika va leksikaning zamonaviy me’yorlarini hisobga olish zarur.
Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida quriladi. Uning «til inson faoliyatining barcha sohalarida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo‘lib hisoblanadi. SHu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan qurollantirishga qaratilgandir.
Tilning asosini ona tilining leksikasi, tovush tizimi va grammatik to‘z ilishi tashqil qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining nutqni rivojlantirishga doir dasturi lingvistikada erishilgan yutuqlar asosida ishlab chiqildi va u bolalar lug‘atini boyitish, ona tilining fonetik jihatlarini, grammatik qurilishini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bolalarning turli nutqiy qobiliyatlarini shakllantirishda ularga o‘zlarining ona tili bo‘lmish o‘zbek tili o‘qitiladi, ya’ni ular o‘zbek leksikasi, o‘zbek tilining o‘ziga xos fonetikasi va o‘zbek tili grammatikasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadilar.
Bolalarga ona tilini o‘qitishda professional maxoratga ega bo‘lish uchun pedagog nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi, ushbu rivojlanishning ilmiy usullarini o‘zlashtirishi hamda bolaning nutqini o‘zlashtirish qonuniyatlarini bilishi shart.
Til xayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Hammaga yaxshi ma’lumki, tilni o‘rganuvchi maxsus fan mavjud bo‘lib, uning nomi – lingvistikadir. Ushbu fan jadal rivojlanayotgani va shak-shubxasiz bu borada sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramasdan Hozirgi paytda shu ravshanki, biz insoniy xususiyatlarning eng «insoniysi» bo‘lgan va usiz insonning jamiyat a’zosi sifatida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagan til haqida juda kam bilar ekanmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |