1. Maktabgacha tarbiya muassasasining tuzilmasi va shtatlarini tegishli boshqaruv organi va muassis O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy shtatlarga tatbiqan belgilaydi. 2. Maktabgacha tarbiya muassasasi mudiri, idoraviy bo`ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, muassislar tomonidan, xalq ta’limini boshqarish organlari bilan kelishgan holda, maxsus oliy ma’lumotga va besh yildan kam bo`lmagan pedagogik stajga еga bo`lgan shaxslardan tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |