IX. MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINI BUTLASH 1. Maktabgacha tarbiya muassasasining bolalar kontingenti xalq ta’limi organlari va boshqa muassislar tomonidan butlanadi. 2. Xalq ta’limi organlariga maktabgacha tarbiya muassasasi balansida bo`lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning roziligi bilan bolalar o`rinlarining bir qismini ota-onasi ushbu korxonada ishlamaydigan, ammo maktabgacha tarbiya muassasasi joylashgan hududda yashovchi bolalar bilan to`ldirish huquqi beriladi. Bunda bola tarbiyasi uchun haq ota-onadan davlat tomonidan belgilangan normativlarga muvofiq miqdorlarda olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |