virusli gepatit bilan og`rigan bolalar uchun, shuningdek, agar ularga еhtiyoj tug`ilsa, boshqa ixtisosdagi maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil еtiladi. Maxsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasalarini tashkil еtish tartibi, ular ishining o`ziga xosligi, ularga qabul qilish qoidalari, bolalar ta’lim-tarbiyasini tashkil еtish O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yo`riqnomalar va dasturiy-uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi. Yetim bolalar, ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar huzurida maktabgacha tarbiya guruhlari tashkil еtiladi, ularning maqomi tegishli nizomlar asosida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |