Shippak. Bino ichida jismoniy tarbiya mashqlari vaqtida kiyish uchun qulaygina shippak to'qib olish mumkin.Uni istalgan rangdagi har qanday oddiy ipdan to'qish mumkin. Ish boshlashdan oldin oyoqni o'lchab olish kerak. Oyoqni bir varaq qog'ozga qo'yib chetidan qalam yuritib chiqiladi. Qalam izidan qog'ozni qirqib oyoqning andozasini olamiz. Shippak to'qish vaqtida tumshug'ining enini va butun bo'yini ana shu andozaga qarab mo'ljallaymiz.
To'qishni 6 ta havo halqasidan to'qilgan zanjirdan boshlaymiz. Zanjirning uchlarini biriktirib, berk halqa hosil qilamiz. Bu halqa atrofida ustamasiz 10 ta ustuncha to'qiymiz, bunda ilgakni halqaning o'rtasiga kiritib to'qiymiz,keyin bu yo'g'on halqa atrofmi to'qiymiz va har bir qatorga 3—4 tadan ustun qo'shib boramiz. Shippakni juda keng yoki tor qilib qo'ymaslik uchun bajarayotgan ishimizni vaqti-vaqti bilan andozaga solishtirib ko'ramiz. Shippak tumshug'ining eni andoza eniga yetmaguncha to'qishni davom ettiraverish kerak. So'ngra halqa qo'shmasdan 7-8 qator (yoki andozaga muvofiq ko'proq) to'qiymiz. Shippakning tumshug'i tashqi tomondan xal-tachaga o'xshaydi. Shippakning tumshug'ini to'qib bo'lgach, yon tomonlari va tagini to'qishga kirishamiz. Bu quyidagicha bajariladi: shippakning tumshug'i xaltachaning qismini to'qib bo'lib halqani aylantiramiz va teskari tomonga ustun to'qiymiz. Andozaga qarab shippakning yon tomonlari va tagini to'qiymiz. To'qilgan shippakning hamma o'lchamlari andozadagiga mos kelsa, uni ikkiga buklaymizda, tovonini biriktiramiz. Shunday qilib, shippak tayyor bo'ladi. Ipni uzmasdan turib, ustamasiz ustuncha usuli bilan
Mehnat topshiriqlari har bir bolaning yoshiga to'g'ri kelishi, bajarish muddatining to'g'ri taqsimlanishi, mehnat qilayotganda qomatni to'g'ri tutishga e'tiborni qaratish.
Dasturda ko'rsatilganidek, bolalarga beriladigan mehnat tarbiyasi bolani o'rab turgan muhit asosida tashkil etilishi muhim ahamiyatga egadir. Bu o'rinda milliy kashtachilik, miskarlik o'ymakorlik va shu kabi xalq hunarmandchiligi va turli kasblar bilan tanishtirish.
Ma'lumki, mehnat tarbiyasi ayrim hollarda mujassam mashg'ulotlar tarzida yoki kundalik hayot jarayonida amalga oshirilib boriladi. Mujassam mashg'ulotlar bolalarning mehnat tarbiyasi yuzasidan olgan bilim va malakalariga, hayotiy tajribaliriga asoslangan holda tashkil etiladi va o'tkaziladi. Mashg'ulotlarni rejalashtirish va uni olib borishda ta'limning eng muhim vazifalaridan bo'lgan aqliy faollik, mustaqil flkr yuritish, tashabbuskorlik, egallangan bilim va hosil qilingan malakalardan bolalar o'z ishlari jarayonida samarali foydalana olishlari lozimligi tarbiyachining doimo diqqat e'tiborida bo'lishi lozim. Agar bolalar tarbiyachining ko'rsatmalarini tushunmasdan hissiyotsiz, mexanik ravishda bajarishga odatlanib qolsalar, u holda bunday ta'lim-tarbiya bolaning o'sishiga har tomonlama salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bolalarning o'ylashlari, eslariga tushirishlari, taqqoslashlari jonli hissiy nutqlari orqali o'z kuzatishlari haqida hikoya qilib berishlari juda muhimdir.
Tarbiyachilar bolalarning turli topshiriqlarni bajarish, shuningdek, o'yinlar uchun qo'lbola o'yinchoqlar, kichkintoylarga, katta yoshlilarga sovg'alar tayyorlash jarayonida mehnatga malaka va ko'nikmalarini mustaqil qo'llashga intilishlarini rag'batlantirishlari lozim. Bu maqsadda asbob-uskunalar va materiallar bolalar ixtiyoriga beriladi.
Modellashtirish - badiiy ijodiyotning eng aniq shaklidir. Bola yaratgan narsasini nafaqat ko’radi, qo’liga oladi, paypaslaydi, kerak bo’lsa o’zgartiradi. Modellashtirishning asosiy asbobi qaychi, qalam, mo’yqalam emas balki qo’ldir, to’g’rirog’i ikki qo’lidir, shu sababli mahorat darajasi o’z qo’llarning egalik darajasiga bog’liq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, modellashtirish texnikasi oddiy, sodda va o’zini rivojlantirish uchun eng qulay vosita deb hisoblash mumkin. Modellashtirish, ya’ni loy ishi mashg’ulotlari, bola rivojlanishida kompleks ta’sir etadi:
SHakl, hajm, plastik, rangni idrok etish hissiyotini, sensor sezuvchanligini rivojlantiradi;
- mayda qo’l motorikasini, fazoviy taffakurni va tasavvurni rivojlantiradi;
- ikkala qo’l ishini sinxronlashtiradi;
- ishni rejalashtirish, amalga oshirish, natijani bashoratlash va unga erishish, kerak bo’lsa o’zgartirish kiritish ishlarida ko’nikma, malakalari shakllanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |