Nonushta solib qo'yiladigan sumkacha. Nonushta solib qo'yiladigan sumkacha ham ustamali ustuncha usulida to'qiladi. Buyumning jimjimador bo'lishi uchun har bir ustuncha orasiga ikkita havo halqasi to'qiladi. Sumkachani iris yoki qog'oz ipdan to'qish mumkin. sutajdan to'qilgan sumkacha ancha pishiq, lekin qo'polroq bo'ladi. Nonushta uchun sumkacha to'qish 12—15 sm li zanjirdan boshlanadi. Bu zanjir atrofiga oralariga ikkitadan havo halqasi to'qilgan ustamali ustunchalar to'qiladi. Burilish joyida asosning bitta halqasiga oralarida ikkitadan havo halqasi bo'lgan ustamali 4 ta ustuncha to'qiladi. Ikkinchi qatorlarda keying har bir qatorning ustunchalari o'zidan oldingi qatorning ustun-chasiga kiritib to'qiladi. Sumkachaning oxirgi qatori tutash ustunchalar bilan to'qiladi. Dastasini bir qatorda 3—4 ustamali ustunchalar bilan to'qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |