1. Ma'dan nima? “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Download 29,09 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi29,09 Kb.
#890651
  1   2
Bog'liq
Ma\'dan


Ma'dandan foydalanish yóllari, Ózbekiston Respublikasining ma'dan haqidagi qonuni.
Reja:
1.Ma'dan nima?
2.“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida.
3.Ma’dan qatlamlarini, ulardan foydalanishning so'nggi bosqichida, yer osti tanlab eritmaga o'tkazish bilan qazish usuli.

1.Ma'dan nima?


Ma’dan-mineral — yer qobig’ining tarkibiga kiradigan va noorganik tabiatli moddadir. Gohida neft, ko’mir va ohakni ham ma’dan deb yuritishadi, lekin aslida qadim zamonlarda yerda o’sgan o’t-o’lanlar va yashagan hayvonlar qoldiqlaridan kelib chihqanligi tufayli ularni ma’danlar deb bo’lmaydi. Ma’danlarni odatda: metall va metallmaslar deb ikki guruhga bo’lishadi. Metall ma’danlar guruhiga qizil temirtosh (temir), mis rudasi, boksitlar (alyuminiy) kiradi. Metalmas ma’danlar toifasiga esa kvars (chaqmoqtosh), asbest, kaltsitlar mansubdir. Ma’danlar kristallar ko’rinishida ham uchraydi. Ma’danlar bilan tog’ga xos jinslar oson chalkashtiriladi, biroq ularning o’rtasida jiddiy tafovut bor. Ma’danlar tarkibi o’ziga xos tuzilishga ega. Ularning kimyoviy tarkibida qayerda qazib olinishiga qaramay barqaror umumiylik mavjud. Ma’danlar yer kurrasining qayeridan topilgan bo’lmasin, o’sha-o’sha rangdorlik, jism qattiqligi (mustahkamligi) va boshqa mushtarak xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tog’ jinslari har xil ma’danlardan tashkil topgan bo’ladi. Masalan, granit, kvars, dala shpati, slyuda va boshqa ma’danlardan tarkib topgan bo’ladi. Biroq bir joydan topilgan ma’dan boshqa yerning ma’danidan ma’danlarning turlicha hajmlarda birikuvidan vujudga kelganligi bilan farqlanadi. Ma’danlar har xil joylardan olinadi. Ularni tog’ jinslaridan, qumlardan topish mumkin. Ular har xil ichki tuzilishli bo’ladi. Ko’pgina ma’danlar kristall tusini oladi yoki “magma” deb atalgan qaynoq massaning qotishmaga aylanishidan paydo bo’ladi. Olmoslar, solyudalar va dala shpatlari — bular magmalardan hosil bo’lgan ma’danlar. Ba’zi ma’danlar o’zining go’zalligi va kamyobligi tufayli o’ta qimmatbaholidir. Ularni “Nodir ma’danlar” deb atashadi. Olmoslar, granitlar, topazlar (qimmatbaho yaltiroq tosh) va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Boshqa ma’danlar yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa kvars ko’pchilikka ma’lum va mashhurdir. Kvarsning 200 dan ortiq turi mavjud bo’lib, ular yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydi.
Maʼdan (arab.; koʻpligi maodin) — 1) oʻrta asr Sharq mualliflari, jumladan, Beruniy, Ibn Sino va boshqa asarlarida kon, metall, ruda, mineral va umuman yer osti foydali qazilma boyliklari maʼnosida qoʻllanilgan; 2) har bir narsaning asli joyi.

2.“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi


Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir asosiy talablar «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning IV bo‘lim, 35- moddasida aniq ko‘rsatilgan. Yer qa’ridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga doir asosiy talablar:
– yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish to‘la-to‘kis bo‘lishini va undan kompleks foydalanilishini ta’minlash;
– Foydali komponentlarning o‘zboshimchalik bilan kavlab olinishiga va ular joylashgan maydonlarda imorat qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– Foydali komponentlar zaxiralarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshirish;
– Foydali komponentlar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini o‘tkazish;
– yer qa’ridan asosiy Foydali komponent va u bilan birga joylashgan Foydali komponentlar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari mumkin qadar to‘liq chiqarib olinishini ta’minlash;
– Foydali komponent konlarini suv bosishdan, suv chiqib ketib to‘lib qolishdan, yong‘indan hamda Foydali komponentlar sifatini va konlarning sanoat ko‘lamidagi ahamiyatini pasaytiruvchi yoki ularni ishga solishni murakkablashtiruvchi boshqa omillardan muhofaza qilish;
– yer qa’rida konservatsiya qilib qo‘yiladigan Foydali komponentlar zaxiralarining, yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borishda kon qazilmalari, quduqlar va yer osti inshootlarining saqlani- shini ta’minlash;
– uglevodorodlar va ularni qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlashda, chiqindilarni saqlash va ko‘mishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda yer qa’ri ifloslanishining oldini olish;
– Foydali komponentlarni kavlab oluvchi korxonalarni va Foydali komponentlarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishni belgilangan tartibda o‘tkazishdan iborat.
Shunisi e’tiborliki, yer osti boyliklaridan foydalanish va mineral xom ashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni bajarish loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim.
Davlat ekologiya ekspertizasida talab qilinmaydigan ishlar ro‘yxati Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayotiy talab va ehtiyojlar shuni taqozo qilmoqdaki, Foydali komponentlar joylashgan maydonlarda va unga yaqin joylarda imorat qurish holatlari sodir bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan qonunchilikda mazkur maydonlarda imorat qurish bilan bog‘liq shartlar amaldagi yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunda o‘z aksini topgan.
Jumladan, aholi punktlari, sanoat obyektlari va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun uchastkalar tanlashda bo‘lg‘usi imorat quriladigan uchastkaning yer qa’rida Foydali komponentlar yo‘qligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining xulosasi kerak.
Alohida hollarda sanoat ko‘lamida o‘zlashtirishga topshirilmagan Foydali komponent konlari (keng tarqalgan Foydali komponentlarning konlari bundan mustasno) joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek bunday konlar joylashgan yerlarda Foydali komponentlarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga, konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishuvga muvofiq, yer qa’ridan Foydali komponentlarni chiqarib olish imkoniyatlari ta’minlanishi hisobga olingan holda, yo‘l qo‘yiladi.
Foydali qazilmalar joylashgan (keng tarqalganlaridan tashqari) maydonlarda imorat qurishga va bunday joylarda qazilma qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga alohida hollarda, konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda va yer qa’ridan Foydali komponentlarni qazib olish imkoniyatlari ta’minlangan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Keng tarqalgan Foydali komponentlar joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek bunday joylarda Foydali komponent qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organ- larining xulosasi bo‘lgan taqdirda hokimiyat mahalliy organlarining
ruxsati bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Qurilish obyektlari imorat qurish va rejasi tasdiqlangan loyihalarida nazarda tutilgan chegaralardagi maydonlarda olib borilganda bunday xulosa talab qilinmaydi.
Shuningdek, qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini qidirishni ularni yer osti usulida ishlatish bilan qo‘shib olib borishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi («Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 38-moddasi).
Foydali komponentlarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foyda- lanish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali komponentlarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlaridan foydalanishda chiqindilar va oqova suvlar zararsizlantirilishi yoki belgilangan chegara doirasidan chetga chiqmasligi ta’minlanishi, shuningdek ularning kon qazishmalariga, yer yuzasiga, atmosfera havosiga va suv obyektlariga kirib borishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak («Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 39-moddasi.)
Yer osti boyliklaridan foydalanishda noyob ochiq geologik jinslar va mineralogik hosilalar, meteoritlar, palenontologik, arxeologik hamda fan va madaniyat uchun ahamiyatga molik boshqa obyektlar topilib qolgan hol- larda yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tegishli uchastkadagi ishlarni to‘xtatib, bu haqda manfaatdor davlat organlariga xabar qilishlari shart.
Alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga molik yer osti boyliklari uchastkalarini davlat qo‘riqxonalari yoxud tabiat yoki madaniyat yodgor- liklariga mo‘ljallab ajratib olish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston geologiya-qidiruv xodimlari respublikamiz ravnaqi yo‘lida yoqilgi-energetika, qurilish industriyasi bazalarini mustahkamlash, qim- matbaho metallar va boshqa foydali xom ashyo qazib oluvchi yirik sanoat kompleksi rayonlarida qazilma boyliklar zaxiralarini aniqlashni ko‘paytirish, suv ta’minotidagi bir qator yirik muammolarni hal qilish yo‘lida izlanishlari lozim. Chunki, bu masalaga mamlakatimizda alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1991-yilda «O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risi»da alohida farmon qabul qildi. Bizningcha, bu tarmoqqa yangicha huquqiy maqom berilishi, geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda barqarorlikka erishishni, eng muhimi esa respublika ehtiyojlarini hisobga olgan holda ekologik talablar asosida geologiya tarmog‘ining yuksalishini ta’minlaydi.
Xullas, yer osti boyliklari va Foydali komponentlardan quyidagi shartlar bilan foydalanilsa: qazib olishda ana shu boyliklar va qazilma- resurslardan kompleks va oqilona foydalanish ta’minlansa, shuningdek atrof-muhit, yer osti boyliklari ifloslanishining oldi olinsa; Foydali komponentlarni kovlab olish chog‘ida holati o‘zgargan yerlar rekultivatsiya qilinsa; qayta tiklanadigan Foydali komponentlardan tabiiy qayta tiklanishiga erishiladigan darajadagina foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilishda davlat boshqaruvi katta ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13- dekabrda qabul qilingan «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi1 qonunida ham ushbu masalaga alohida e’tibor berilgan.
Jumladan, mazkur qonunning 7-moddasiga asosan: «Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mi- tasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-mai- shiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi».
Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni huquqiy muho- faza qilish ustidan davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasining asosiy diqqat e’tiborida turadi hamda qonunga asosan bir qator vakolatlarga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunga binoan Vazirlar Mahkamasining quyidagi vakolatlari mavjud:
– yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;
– mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qa’rini muhofaza qilish davlat dasturlarini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
– yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish va yer qa’ri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash;
– foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tashkil qilish;
– Foydali komponentlar zaxiralarini tasdiqlash hamda Foydali komponentlar zaxiralari davlat balansi, Foydali komponent konlari, Foydali komponent belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri yuritilishi tartibini belgilash;
– keng tarqalgan Foydali komponentlar ro‘yxatini tasdiqlash;
– yer qa’rini geologik jihatdan o‘rgangan, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil qilish;
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish (8-modda).
Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish- da barcha organlar qatori mahalliy davlat hokimiyati organlarining ham alohida o‘rni mavjud. Shu munosabat bilan amaldagi «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunchilikda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi bir qator vakolatlarining ko‘rsatilishi katta ahamiyatga egadir. Mazkur qonunning 9-moddasiga asosan, konchilik munosabatlari sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vako- latlari jumlasiga:
– tegishli hududda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qa’rini muhofaza qilish davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish hamda ularning bajarili- shi ustidan nazoratni amalga oshirish;
– keng tarqalgan Foydali komponentlar kavlab olinayotganda yer qa’ridan foydalanish shartlarini kelishib olish;
– yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
«Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi» tushunchasini to‘liq tasavvur etish uchun yer osti boyliklaridan foydalanish turlari haqida tegishli tushunchaga ega bo‘lish lozim.
Demak, yer osti boyliklaridan foydalanish turlarini to‘g‘ri turkumlash yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish hamda ularni huquqiy ekologik muhofaza qilishni amalga oshirish uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Yer osti boyliklaridan foydalanishni turkumlashning asosi bo‘lib, ularni tabiat obyekti sifatidagi roli hisoblanadi.
«Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasida yer qa’ridan foydalanishning quyidagi turlari aniq ko‘rsatilgan:
– geologik jihatdan o‘rganish;
– Foydali komponentlarni kavlab olish;
– texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
– Foydali komponentlarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash;
– alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;
– nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash.
O‘zbekiston Respublikasining «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonuniga asosan yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar, ya’ni subyektlar yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar.
Mazkur yer osti boyliklaridan foydalanuvchi subyektlarga yer osti boyliklaridan foydalanish cheklanmagan yoki cheklangan muddatga berilishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yer osti boyliklari umummilliy boylik bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining mutlaq mulki hisoblanadi.

Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida.


Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi 2018-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda;
98-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

  1. 2-moddaning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin muhofaza etiladigan geologik ob’yektlar – ilmiy va oʻquv poligonlari, geologik buyurtma qoʻriqхonalar, tabiat yodgorliklari, gʻorlar hamda ilmiy, tariхiy, madaniy, estetik va oʻzga ahamiyatga molik boshqa yer osti boʻshliqlari”;

  2. 25-moddada: nomidagi “Davlat byudjeti” degan soʻzlardan keyin “va geologiya-qidiruv ishlari Dasturlari doirasida korхonalarning oʻz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;birinchi qismi va ikkinchi qismi birinchi хatboshidagi “Davlat byudjeti”degan soʻzlardan keyin “va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan qonunchilikda belgilangan tar kelishilgan geologiya-qidiruv ishlari Dasturlari doirasida korхonalarning oʻz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

3. 26-moddada:oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaхslar oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishda aniqlangan foydali qazilmalar zaхiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil davomida mutlaq huquqqa ega. Mutlaq huquq berish muddati oʻtgandan soʻng ularda oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziyani ochiq kim oshdi savdolarida olish imtiyozli huquqi saqlanadi”;


Download 29,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish