Komandaning bajarilishi
Siz shellga buyruq berganingizda u odatda komandani bajarish uchun bola jarayonga bo'linadi. Bola jarayon komandani bajarayotganda ona jarayon sleep rejimida bo'ladi. Jarayon sleep rejimida bo'lganida, u hech qancha kompyuter vaqtini sarflamaydi, lekin harakatsiz bo'lib, ishga tushirilishni kutib turadi. Bola jarayon buyruqni bajarib bo'lgandan so'ng, u ona jarayonga komandani muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bajarilganligi to'g'risida o'zining chiqish holati orqali xabar beradi va keyin yo'qoladi. Ona jarayon uyg'onadi(ishga tushadi) va boshqa buyruqlarni berib turadi.
Siz jarayonni orqa fonda komandaning oxiriga ampersand (&) belgisini qo'yish orqali ishga tushirganingizda, shell bola jarayonni sleep rejimiga tushirmay va bola jarayon tugallanishini kutmay uni jarayonlarga bo'ladi. Shell komandasini bajarayotgan ona jarayon bola jarayon ish raqami va PID raqami haqida hisobot berib, boshqa buyruqlarni berib turadi. Bola jarayon ona jarayondan mustaqil ravishda orqa fonda ishlaydi.
Shunday bo'lsa ham shell siz bergan komandalarni ko'pini ishga tushirish uchun jarayonni bo'linadi, ba'zi komandalar esa shellning ichiga o'rnatiladi. Shell o'rnatilgan komandalar (builtin)ni ishga tushirish uchun jarayonni bo'lishi shart emas.
Login shelli yoki shellostisi kabi berilgan jarayon ichida siz o'zgaruvchilarni ko'rsatishingiz, initsalizatsiya qilishingiz, o'qishingiz va almashtirishingiz mumkin. Lekin (no yMOjrcaHHio) boshlang'ich holatda o'zgaruvchi jarayon uchun lokal hisoblanadi. Jarayon bola jarayonga bo'linganda, ona jarayon bolaga o'zgaruvchining qiymatini bermaydi. Siz bola jarayonlar uchun o'zgaruvchi qiymatiga ruxsatni (global) export builtin lar orqali berasiz.
Tarix (history) mexanizmi
Tarix mexanizmi, C Shelldan moslashtirilgan xususiyatlar, yaqinda chaqirilgan komandalar qatori ro'yxati(shuningdek events deb nomlanadi)ni saqlaydi va ro'yxatdagi ixtiyoriy event(hodisa)ni qayta bajarilishini qo'llab-quvvatlaydi. Bu mexanizm sizga oldin foydalanilgan komandalar variantlarini ishlatish va ulardagi argumentlarni qayta ishlatish imkonini beradi. Siz ilgari foydalangan seansda yoki bundan oldingisida foydalanilgan qiyin komandalar va argumentlaringizdan nusxa olishingiz va bir-biridan farqlanuvchi komandalar seriyasini yordamchi usullar bilan kiritishingiz mumkin. Shuningdek, tarix ro'yxati siz qilgan ishlarni yozib qo'yish uchun xizmat qiladi. Bu siz xato qilib qo'yganingizda va nima qilganingizga yoki qachon komandalar seriyasini o'z ichiga olgan jarayonni qayd etib bormoqchi bo'lganingizga ishonchingiz komil bo'lmaganida yordam berishi mumkin.
Builtin tarixi tarix ro'yxatini ko'rsatadi. Agar ko'rsatmasa, ba'zi o'zgaruvchilarni o'rnatishingiz kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |