4- mavzu: Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari. Ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi. Lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatidan tavsiflanishi. 2 soat.
Reja:
1. Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari.
3. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar.
4. So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari.
5. Ijtimoiy-dialektal jihatdan o`zbek tili leksikasi
Tayanch so’z va iboralar: Leksikologiya,etimologiya, leksikografiya, So‘zning leksik va grammatik ma’nolari, Metafora , metonimiya, sinekdoxa.
Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot
Leksikologiya1 o‘zbek tili kursining lug‘at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan bo‘limidir.
Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. Bu so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi.
Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi. Tilning lug‘at tarkibini ichki tomondan o‘rganadigan sohasi semasiologiya2 deb yuritiladi. Unda so‘z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o‘rganiladi. Har qanday so‘z tilda paydo bo‘lishi bilan o‘zining shakli va ma’nosiga ega bo‘ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodaslaydi. So‘zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so‘z hamda turg‘un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya3 deb yuritiladi. U tilning lug‘at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‘zlarning va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning ma’noli qismlarini izohslaydi. Demak, etimologiya so‘zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya4 deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‘zlarni yozma ravishda to‘plashdir. Leksikografiya so‘z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo‘yicha to‘plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug‘at kitoblari shaklida nashr etadi.
Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. Fonetika nutq tovushlarini o‘rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan so‘zni, grammatika o‘z qonun-qoidalari asosida so‘zlarni o‘zaro bog‘slaydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorslaydi. Demak, tovush bo‘lmasa, so‘z bo‘lmaydi, so‘z bo‘lmasa grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumki, so‘zlovchi tilning lug‘at tarkibidan maqsadiga muvofiq tarzda foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan o‘zaro bog‘liq ekanini bildiradi.
Lug‘at tarkibi shu tilda so‘zlashuvchi xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi bilan bog‘liq. Shuning uchun leksikologiya tarix, arxeologiya, adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |