Davlat xizmatlari agentligi tizimiga ishga qabul qilish boʻyicha tanlovda ishtirok etadigan nomzodga beriladigan savollar roʻyxati
1. LAVOZIM KASB FAOLIYATIGA BOGʻLIQ QONUNCHILIK SOHASI. 1.1. FHDYO sohasiga oid savollar 1. Nikoh tuzish tartibi qanday?
2. Nikoh yoshini kamaytirish tartibi haqida aytib bering?
3. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar?
4. Er va xotinning familiya tanlash huquqi haqida aytib bering?
5. Nikoh shartnomasi tuzish tartibi?
6. Nikohdan ajratish tartibi haqida aytib bering?
7. Qaysi holatlarda nikoh haqiqiy emas deb topiladi?
8. Nikohda boʻlmagan ota-onadan tugʻilgan bolaga otalik belgilash tartibini aytib bering?
9. Bolaning ismi va familiyasini oʻzgartirish tartibi qanday?
10. Qaysi holatlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin?
11. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga toʻlaydigan aliment miqdori haqida aytib bering?
12. Aliment toʻlashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik choralari haqida aytib bering?
13. Farzandlikka olishi mumkin boʻlmagan shaxslar haqida aytib bering?
14. Kimlar farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega?
15. Qaysi holatlarda ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish mumkin?
16. Qachon farzandlikka olish vujudga keladi?
17. Qaysi holatlarda vasiylik va homiylik tayinlanadi?
18. Patronat tushunchasini aytib bering?
19. Tutingan ota-ona tushunchasiga taʼrif bering?
20. Kar, soqov yoki kar-soqov shaxs savodsiz boʻlgan taqdirda hamda koʻzi ojiz va koʻr shaxslarga nisbatan dalolatnoma yozuvini qayd etish tartibi.
21. Pochta orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma soʻralgan arizalarni ijro qilish tartibi?
22. Tugʻilishni qayd etish tartibi va muddatlari haqida aytib bering?
23. Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar bilan nikohni qayd etish tartibini aytib bering.
24. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi qanday?
25. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etish tartibi qanday?
26. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish oqibatlari?
27. Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish tartibi qanday?
28. Qaysi holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilinishi mumkin?
29. FHDYO organlari xodimlari kimlarga nisbatan dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga haqli emas?
30. 16 yoshdan oshgan, tugʻilishi qayd etilmagan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish tartibini aytib bering?
31. Tugʻruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaning tugʻilganligini qayd etish tartibi qanday?
32. Otalikni belgilash tartibi qanday?
33. Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDYO organiga qanaqa hujjatlar taqdim etiladi?
34. Takroriy guvohnomalar va boshqa maʼlumotlar berish tartibi qanday?
35. Alfavit daftarlarini yuritish tartibini ayting.
36. Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelganda qay tartibda nikoh tiklanadi?
37. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish uchun asoslar?
38. Vafot etgan shaxsning tugʻilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qoʻshimchalar qay tartibda kiritiladi?
39. Shaxs nikohga kirish paytida qabul qilgan familiyasini nikohgacha boʻlgan familiyasiga oʻzgartirsa, qaysi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritiladi?
40. Yolgʻiz onadan tugʻilgan bolaning tugʻilishini qayd etish tartibini ayting.
41. Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma olish uchun kimlar murojaat qilishi mumkin?
42. “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi haqida aytib bering.
43. Voyaga yetmagan farzandlari boʻlmagan er-xotinlarni ularning oʻzaro roziligiga koʻra nikohdan ajratishni qayd etish tartibi.
44. Tugʻilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvida ariza beruvchining tugʻilgan yilini koʻrsatish tartibini ayting.
45. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda kimlar davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi?
46. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasini tuzish va yigʻmajildlarni shakllantirish tartibi.
47. Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish tartibi.
48. MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning va Oʻzbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etish tartibi qanday?
49. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarni aytib bering?
50. 2010-yil 15-sentyabrdan boshlab qonuniy kuchga sud qarorlariga asosan nikohdan ajratishni qayd etish qaysi FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi?
51. Vafot etgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini topshirish va yoʻq qilish tartibini ayting.
52. Sudning 1998-yil 1-sentyabrgacha qonuniy kuchga kirgan qarorlari boʻyicha nikohdan ajratishni qayd etish qaysi FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi?
53. Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirganlik sababli dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritish haqida xabarnoma kelib tushgandan soʻng FHDYO organining harakatini aytib bering.
54. Dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibini ayting.
55. Jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (1993-yil 22-yanvar, Minsk shahri) asosan qanday huquqiy yordam koʻrsatiladi.
56. Er va xotinning umumiy mulkiga nimalar kiradi?
57. Nikohning tugatilish asoslariga nimalar kiradi?
58. Nikoh shartnomasi tushunchasiga taʼrif bering?
59. Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari tarkibiga nimalar kiradi?
60. Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish tartibini tushuntirib bering.
61. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qanday normalar belgilangan?
62. FHDYO organlarida qanday turdagi fuqarolik holatlari dalolatnomalari qayd etiladi.
63. Uzrli sabab deb topilgan qaysi hollarda va kim tomonidan nikoh yoshi koʻpi bilan bir yilga kamaytirilishi mumkin?
64. Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda ulushlarni aniqlash tartibi haqida aytib bering.
65. Shaxsning yaqin qarindoshlari deganda nimani tushunasiz?