1-laboratoriya topshiriqi
laboratoriya mashg’uloti savollari
1.Informatika darslarida nazorat qilish nima uchun kerak?
2.An’anaviy va noan’anaviy nazorat turlari nima bilan farq qiladi?
3.Og‘izaki so‘rovda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Yozma ishdachi?
4.Testning qanday turlarini bilasiz, faoliyatingizda qaysilaridan foydalangansiz?
5.Qaysi kompyuter dasturlaridan foydalanib testlarni tuza olasiz, algoritmini yoritib bering!
6.Baholashda qanday zamonaviy metodlardan foydalanish mumkin?
7.Informatika darsligiga asosan biror mavzuda krossvord tuzib bering!
8.Informatika darsligiga asosan biror mavzuda viktorina savollarini tuzib bering!
Savollarga javob yozib o'qituvchiga jo'nating!
O`quvchi bilimi, malaka va mahoratini tekshirish va baholash ta‘lim jarayonining muhim tuzilishi komponentidir va butun o`quv yili davomida sistemali izchillik va ta‘limning puxtaligi printsiplariga muvofiq olib boriladi. Shu bilan bilimni tekshirish va baholash turlari mavjud.
Qanday yechilayotganiga, ya‘ni o`quvchi qanday bilimga, malaka va mahoratga, dunyo qarashi va axlokiy-estetik qarashlar holda ijodiy faoliyatiga ega ekanligiga e‘tibor qaratish muhim. Asl moxiyati yana o`quvchini o`qishga qanday munosabatda bo`lishiga, qanday shug`ullanyapti va hokazalarga bog`liq.
Bularning barchasi bilimni tekshirish va baholashning turli usullarini qo`llashning zarurligini ko`rsatadi. Informatika bo`yicha bir davrda o`quvchilar bilimini joriy nazorat qilishning turlarini klassifikatsiyasini ko`rib chiqamiz:
Og’zaki so`roq,
uy ishi,
o`quvchilarning o`quv faoliyatini kuzatish,
laboratoriya ishi nazoratining ijodiy shakli.
O`quvchilarning bilimini nazoratning qiziqarli shakllari sifatida turli informatikadan referatlar, krossvordlar, rebuslar taklif qilish mumkin.
Oraliq nazorat joriyga qaraganida ko`proq mustaqil nazorat turi. Unda o`quv dasturlarini va aniq o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini chuqur hisobga olish imkoniyati bor. Oraliq, joriy va yakuniy nazoratning turli maqsadlari ularning turli funktsiyalarida o`z aksini topadi. Oraliq nazoratning quyidagi funktsiyalari bor: o`quv faoliyatining samara darajasini (baxolash) tekshiruv, diagnostik (orqada qolish sabablarini e‘lon qilish); tashkiliy (qo`llanilayotgan metodlar samaralari); tarbiyaviymotivatsion (oraliq nazorat natijalari bilan o`quvchilarning o`zlarini o`zlari baholashni mustahkamlash.)
Oraliq nazoratning maqsadi o`quvchilarning o`quv sohasida ma‘lum bir mavzularining o`zlashtirilgaligini tekshirish. Oraliq nazorat o`qituvchi tomonidan og`zaki va yozma shaklda o`tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |