Informatika bo`yicha diktant
Informatika bo`yicha diktant o`zaro tematik bog`langan, lekin matn 4-8 iboralardan iborat. Diktantdagi gaplar aniqlik va qisqalik bilan ajralishi kerak. O`quvchi eshitayotgan vazifani bajarishi lozim. Shuning uchun uzun ibora yoki chalkashlik diktantga to`g`ri kelmaydi.
ACCESS MOBT mavzusi bo`yicha diktant savollari:
ACCESS MOBT dastlabki oilasining ilovalarini sanab bering.
ACCESS MOBT nign qaysi ob‘ekti «teskari» shakl bo`ladi?
ACCESS MOBT ning qaysi ish rejimi ob‘ekt tuzilmasini o`zgartiradi?
Qaysi tugmacha yordamida ma‘lumotlar omborini yaratish ustasi ishga tushiriladi?
Ma‘lumotlar omborini yaratish uchun qaysi buyruqni bajarish kerak?
Ma‘lumotlar omborini ochish uchun qaysi buyruqni bajarish kerak?
Ma‘lumotlar ombori qanday izlab topiladi?
Yakuniy nazorat yozma ish, og`zaki va test shaklida o`tkaziladi.
Yozma ish yakuniy nazoratning eng ko`p tarqalgan shaklidir. Bu sezilarli qisqa vaqt ichida bir vaqtda ham o`quvchi bilimini baholash, ham baholarning xolisligi imkoniyati bilan tushuntiriladi. Yana bir afzalligi: bahoning pasayishiga olib kelgan, o`quvchi yo`l qo`ygan xatolar va noaniqlar, hamda munozarali holatlarni hal qilishda asoslangan yondashish. Bu usulning mohiyati o`qituvchi bir ikki dasr o`tgach, o`quvchi bilimini tekshirish maqsadida yozma ish o`tkazadi. Yozma ishni o`tkazishda qator didaktik talabalarga e‘tibor qaratilishi kerak. Birinchidan, yozma ish faqat o`tilgan material yaxshi o`zlashtirilganligiga o`qituvchining ishonchi kamil bo`lsa o`tkaziladi. Ikkinchidan, o`quvchilarga oldindan e‘lon qilinishi kerak va tayyor vazifalar ishlab ko`rsatiladi. Uchinchidan, yozma ish ichida o`tilgan darslar mazmunini beruvchi ijodiy savollar bo`lishi kerak. To`rtinchidan, o`quvchilar mustaqil ishlab, ko`chirishga yo`l qo`ymasligi kerak. Ishni, nihoyat, o`qituvchi etibor bilan analiz qilishi kerak. Misol sifatida informatikadan qo`yidagi vazifalarni keltiramiz. 1-misol. O`quvchilarga to`ldirish uchun T-sxema tarkatiladi. Agar ular yozilgan fikrga qo`shilsalar, birinchi ustunda ― + ― aks holda uchinchi ustunda ―-― belgisini qo`yadilar. An`anaviy dars — muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. SHu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi. An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini quyidagicha rejalashtirish mumkin.
1. Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish.
2. YAngi mavzuni yoritish. YAngi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash.
3. «Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish:
4. Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz bajarishadi.
6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
7. YAkunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini jamlash.Ko`rinib turibdiki, an`anaviy dars mashg`ulotida barcha dars bosqichlari qadamba-qadam amalga oshiriladi va hech qanday g`ayrioddiylik mavjud emas. Bu o`quvchini darsga bo`lgan ishtiyoqining sustligini va dars o`tishdagi bir xillikni ta`minlaydi. SHunday bo`lsada, an`anaviy o`qitishda o`ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, an`anaviy ta`lim metodlari quyidagi afzalliklarga ega: Ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o`rganishda foydali ekanligi. Bu an`anaviy ta`limda ilmiylik tamoyilining amal qilayotganligi va o`quvchida tizimli bilimlarning hosil bo`layotganligidir.
O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari ko`rsatadilar. Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi. An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardir. O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi.
O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi. O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi. Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. YA`ni, an`anaviy ta`limda mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi. O`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |