Rostlash stendi yordamida elektrovoz to’g’irlagich qurilmasidagi diodlarni tekshirish ketma ketligi: 1.1 Rostlash stendini o’rganishdan avval stend joylashgan sex muhandisi tomonidan talabalarni texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilib o’tiladi va talabalarning har biriga maxsus kaskalar bilan ta’minlanadi.
2.1 Texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishganimizdan so’ng muhandis tomonidan stend yo’riqnomasi bilan tanishiladi. Bunda stendning asosiy qismlari, stendning dasturi va foydalanish ketma ketligi tanishtiriladi.
To’g’irlagich qurilmasini stend orqali tekshirishdan maqsad nosoz diodlarni aniqlash. Bizga ma’lumki to’g’rlagich qurilmada 4 ta 100 dioddan tashkil topgan to’girlagich qurilmasi bor. Real holatda to’g’rlagich qurilmaga qancha kuchlanish berilsa stend yordamida ham shuncha kuchlanish berish (minimal kuchlanish qiymatidan maksimal kuchlanish qiymatigacha) imkoni mavjud. Budan shunday xulosa qilish mumkinki stendning nosozlikni aniqlash darajasi juda yuqoridir.
3.1 Stendning maxsus joyiga 100 dioddan tashkil topgan bitta to’g’irlagich qurilmasi kran yordamida qo’yiladi va kabellari ulanadi. Maxsus har bir yelkadagi tokni o’lchaydigan datchik (klesh 13-rasm.) har bir yelkaga o’rnatiladi.
Stend yordamida bir vaqtning o’zida ikkita to’g’irlagich qurilmasini tekshirish mumkin. Odatda har bir 100 tadan tashkil topgan 1ta to’girlagich qurilmasi alohida tekshiriladi.
13 rasm Tok o’lchaydigan datchik (klesh)
4.1 Stendni tarmoqqa ulanadi. Stend ishga tushganidan so’ng , dasturni ustiga sichqoncha yordamida ikki marotaba bosiladi (14-rasmdagi oyna ochiladi).
14-rasm To’g’irlagich qurilmasini tekshirish stendini ishga tushgandagi oynasi.
Bu oynadan (14 rasmdan ) (Испытание на уравнительный ток типа BЛ-60) tanlanadi.So’nra (15 rasm) dagi tekshirish oynasi ochiladi.
15-rasm To’g’irlagich qurilmasini tekshirish oynasi.
Bu oyna ochilgunga qadar tok o’lchaydigan datchiklarni va to’g’irlagich qurilmalarining shinalarini to’g’ri ulashimiz shart.So’ngra kuchlanishni ko’tarib beruvchi tugmani bosib to’g’rilagichga berilayotgan kuchlanishni ko’tarib 1000 A dan yuqori tok beriladi.Bir necha daqiqa kutilib , to’g’irlagichdagi diodlardan o’tayotgan tok kuzatiladi.Agarda yelkalardagi diodlar nosoz yoki kerakli darajadagi tokni o’tkazmasa stenddagi STOP tugmasi bosiladi.Bu holatlarda stend orqali diodlardan tashkil topgan yelkalarda tok o’tkazish darajasi foizlarda umumiy holda juda kichik ko’rsatkichni ko’rsatadi.(16-rasm)
16-rasm To’g’irlagich qurilmalarini tekshrishdan olingan natija
Bu natijadan ko’rinib turibdiki 1 chi to’g’irlagich qurilmaning oldingi qismidagi diodlar 81 foiz (100 foizdan) darajada o’tkazmoqda.Orqa qismidagi diodlar esa 71 foizni tashkil qilmoqda. Natijadan shuni bilish mumkinki 1chi to’g’irlagich qurilmadagi 7 yelkadagi diodlarni tekshirish shart. Oldingi qismi 50 foiz va orqa qismi yelka bo’yicha 20 foiz tok o’tkazmoqda.Bu esa 7 chi yelkadagi diodlar nosoz holda ekanligidan xabar beradi.Diodlarni yangi emasligini hisobga olgan holda ko’rsatkichlar umumiy holda ham yelka bo’yicha (tok o’lchaydigan datchik ko’rsatkichi) ham 80 foizdan yuqori bo’lishi kerak.Yelka bo’yicha nosozlik aniqlanganidan so’ng bu diodlar hammasi tekshiriladi , nosozlari tezda almashtiriladi.Bu hammasi stendni elektr energiyadan uzilgan holda bajariladi.Nosoz diodlar almashtirilgandan so’ng , stend yordamida to’g’irlagich yana bir bor tekshiriladi. Stend natijalari umumiy holda 80 foizdan yuqori bo’lsa to’g’irlagichni elektr harakat tarkibi uchun foydalansa bo’ladi.
Nazorat savollari
1.EHTdagi to’g’rlagich qurilmasining vazifasi ?
2.To’g’irlagich qurilmasini tekshirish ketma ketligi ?
3. Tok o’lchaydigan datchik vazifasi?